7
–
bosh kelishik bilan ma‘nodosh bo‗lganda ega vazifasida keladi.
Bunday
bog‗lanish so‗z birikmasi emas, ega va kesim birikuvini yuzaga keltiradi:
Munirada
shu kitobdan (bir nechtasi) bor.
Tadqiqotning predmeti va obyekti. Tadqiqotning obekti o‗zbek tilida kelishik
shakllari bo‗lib, predmeti kelishiklar shakllarining ma‘nodoshlik xususiyatiga
egaligidir.
Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. BMIdagi materiallardan o‗rta
maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji va oliy o‗quv
yurtlari uchun yaratilgan
dastur va darsliklardagi mavzuga aloqador fikrlarni qiyosiy o‗rganib bir tizimga
yig‗ishda, chalkashliklarni bartaraf etishda keng foydalanish mumkin.
Undan oliy
ta‗lim tizimida o‘zbek filologiyasi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga «Hozirgi
o‘zbek adabiy tili» fanining morfologiya va sintaksis bo‗limini o‘qitishda, «O‘zbek
tili o‘qitish metodikasi» fanini o‘qitishda keng foydalanish mumkin;
Shuningdek,
o‘zbek filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha ta‗lim olayotgan magistr va aspirantlar,
tadqiqotchilar, maktab, litsey, kollej o‘qituvchilari ham ishdan unumli foydalanishlari
mumkin.
Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. Ishning umumiy hajmi 64 bet (12 868 so‗z)
bo‘lib, u ishning umumiy tavsifi, kirish, 2 bob, xulosa,
ilova va adabiyotlar
ro‘yxatidan iborat.