Murtazayeva sadoqat
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari
3 KIRISH Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda ona tili ta‘limi oldiga mantiqiy, ijodiy, tanqidiy fikrlay oladigan, o‗z fikrini tilimizning boy imkoniyatlaridan o‗rinli foydalangan holda yozma va og‗zaki shaklda mustaqil, erkin, shu bilan birga to‗g‗ri bayon qila oladigan ijodiy tafakkur sohiblarini tarbiyalash vazifasi qo‗yilmoqda. Barkamol avlod tarbiyasida milliy madaniyat, adabiyot, milliy tilning o‗rni muhimdir. Prezidentimiz I.A.Karimov milliy ma‘naviyatimiz ko‗zgusi bo‗lgan ona tilimiz xususida to‗xtalar ekanlar «…o‗zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o‗zlikni, Vatan tuyg‗usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz» 1 , deya ta‘kidlagan edilar. Keyingi yillarda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida ro‗y bergan o‗zgarishlar davlatning ramziy belgilaridan biri, aloqa-aralashuvning muhim vositasi, ijtimoiy-ruhiy hodisa bo‗lgan ana shu til va uning tadqiqi bilan shug‗ullanuvchi tilshunoslik taraqqiyotida ham yangi davrni boshlab berdi. Bu boshqa fanlar qatori o‗zbek tilshunosligida ham yangi-yangi qarashlar, fikrlarning rivojlanishiga turtki bo‗ldi. Shunday qarashlardan biri sinonimiya hodisasining grammatik birliklarga ham aloqadorligi masalasidir. Sinonimiya hodisasi faqat leksik birliklarda emas, so‗z yasovchi va grammatik shakl yasovchi qo‗shimchalarda ham kuzatiladi. Ularga nisbatan mavjud darslik va qo‗llanmalarda affiks sinonimlar, morfologik sinonimlar, grammatik sinonimlar, qo‗shimchalar ma‘nodoshligi terminlari ishlatiladi. Malakaviy ish mavzusi sintaktik shakl yasovchilardan bo‗lgan kelishik shakllari sinonimiyasi va uning so‗z birikmasi turlari hamda gap bo‗laklarini ajratishga ta‘siri masalalari o‗rganishga bag‗ishlanganligi bilan dolzarbdir. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling