Murtazayeva sadoqat
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jo„nalish kelishigi bilan
Bosh kelishik bilan: Bu kitobdan menda ham bor – Bu kitob menda ham bor.
9 Qaratqich kelishigi bilan: Qizlarning to‗rttasi biz tomonga burildi – Qizlardan to‗rttasi biz tomonga burildi. Tushum kelishigi bilan: U stol ustidagi choyni ho‗plab, gapida davom etdi – U stol ustidagi choydan ho‗plab, gapida davom etdi. Jo„nalish kelishigi bilan: Shu teshikka ho‗kiz sig‗ishiga kim ham ishonardi – Shu teshikdan ho‗kiz sig‗ishiga kim ham ishonardi. O„rin-payt kelishigi bilan: U yo‗lida adashdi – U yo‗lidan adashdi. Mana shunday holatlarda gap bo‗laklari va so‗z birikmasi turlarini ajratish muammoli bo‗lib qoladi. Malakaviy ishning asosiy maqsadi mavjud darslik va qo‗llanmalarda ushbu hodisaga munosabatlarni aniqlash va mavzuga doir qarashlarni o‗rganib, bir tizimga yig‗ib, muammoni ilmiy asoslashdan iborat. 10 1.1. O„zbek tilida kelishiklarning o„rganilish tarixi O‗zbek tilida kelishiklar sinonimiyasi xususida bahs yuritish, avvalo, kelishik umumiy grammatik ma‘nosiga oydinlik kiritishni talab etadi. Hozirgi o‗zbek adabiy tilida kelishik kategoriyasi ―ismlarni boshqa so‗zlar bilan sintaktik munosabatga kiritish‖ umumiy grammatik ma‘nosini anglatishi bilan xarakterlanadi. Kelishik shakllarining umumiy, xususiy va oraliq grammatik ma‘nolari haqida to‗xtalishdan oldin ularning o‗rganish tarixini ko‗rib o‗tamiz. O‗zbek tilshunosligida kelishik shaklining o‗rganilish tarixi tilshunos A.G‗ulomov tadqiqotidan boshlandi. 1 Olim o‗zbek tilidagi kelishikni ajratib, asosiy ma‘noviy va sintaktik xususiyatini aniqladi – kelishik sistemasini tikladi. Akademik A.N.Kononovning avval ―Грамматика узбекского языка» va so‗ngra «Грамматика современного узбекского литературного языка» asarida bu sistemaning formal tavsifi berildi. Keyinchalik I.Ziyoyeva, T.Inoyatov, A.Yo‗ldoshev, G.Ro‗ziyev, A.Ma‘rufov, R.Rasulov, Sh.Rahmatullayev kabi olimlar kelishik kategoriyasining har bir shaklini formal tadqiq usuli asosida atroflicha tadqiq qildilar. 2 Ularning tadqiqotlarida kelishikning nutqiy ma‘nosi va sintaktik xususiyati yoritildi. An‘anaviy tilshunoslikda kelishiklar haqida gapirilar ekan, o‗z davrida, ayni paytda bugungi kunda ham ilmiy qimmatini yo‗qotmagan asosiy qo‗llanmalaridan bo‗lgan Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiyev, I.Rasulov, X.Doniyorovlarning ―Hozirgi o‗zbek adabiy tili‖ darsligida unga quyidagicha ta‘rif beriladi: ―Otning boshqa so‗zlar bilan sintaktik munosabatini ko‗rsatuvchi ma‘nolar va bu ma‘nolarni ifodalovchi formalar sistemasi kelishik kategoriyasi deyiladi. Kelishik kategoriyasi olti grammatik ma‘no yoki olti kelishikni birlashtiradi: bosh kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, chiqish kelishigi, jo‗nalish kelishigi, o‗rin kelishigi. 1 Ғуломов А. Ўзбек тилида келишиклар / Труды Узбекского филиала АН СССР. Сер. 2. Кн. 2. – Т., 1941. 2 Расулов Р. Ўзбек тилида бош келишик ва унинг грамматик функциялари. Андижан, 1956; Расулов Р. Чиқиш келишиги. Андижан, 1957; Маъруфов А. Ўзбек адабий тилидаги икки келишик формаси ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти масалалари, 1958, – № 1; Зиёева И. Келишик аффиксларининг функционал алмашинувларига доир; Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек тили келишигини таснифлаш ҳақида. Ташкент, 1969; Йўлдошев А., Рўзиев Г. Ўзбек тилидаги жўналиш ва ўрин-пайтлари келишигига доир. Т., 1970; Иноятов Т. Бош келишикнинг вазифалари. Т., 1971; 11 Kelishiklar ifoda qiladigan munosabatlarning umumlashgan ma‘nolari so‗zlar paradigmasida emas, so‗z birikmasida shakllanadi, ya‘ni bunday ma‘nolar sintagmatik xarakterda bo‗ladi. Otlarning kelishik formalari bilan o‗zgarishi turlanish, kelishik affiksining o‗zi esa turlovchi deyiladi‖ 1 . Boshqa darslik va qo‗llmanmalarda ham kelishik shakli haqida so‗z borar ekan: ―Hozirgi o‗zbek adabiy tilida otning boshqa ma‘nolari va bu ma‘nolarni ifodalovchi formalar sistemasi kelishik kategoriyasi deyiladi. Kelishik kategoriyasi olti grammatik ma‘no yoki olti kelishikni birlashtiradi: bosh kelishik, qaratqich kelishik, tushum kelishigi, chiqish kelishigi, jo‗nalish kelishigi, o‗rin-payt kelishigi 2 ‖ jumlasi keltiriladi. Istiqlol yillarida H.Ne‘matov, Sh.Shahobiddinova, Z.Qodirovlarning ishlarida kelishik kategoriyasining umumiy – lisoniy grammatik ma‘nosi tiklandi. 3 Kelishik shakllarining sistemaviy tadqiqi Z.Qodirovning ―O‗zbek tilida grammatik kategoriyalarni sistem tahlil qilish (kelishik kategoriyasi)‖ mavzusidagi nomzodlik ishida batafsil ochib berildi 4 . Umumiy va xususiy grammatik ma‘no grammatik shaklda o‗ziga xos tarzda namoyon bo‗ladi. Har bir grammatik kategoriyaning ma‘nosi uning shaklining ma‘nosiga nisbatan umumiy ma‘no. Masalan, barcha kelishik shakli uchun umumiy bo‗lgan «oldingi mustaqil so‗zni keyingi mustaqil so‗zga bog‗lash» ma‘nosi kelishik kategoriyasining umumiy grammatik ma‘nosi hisoblanadi. Bu kategorial umumiylik alohida shaklning ma‘nosiga nisbatan belgilanadi. 1 Шоабдураҳмонов Ш., Асқарова М., Ҳожиев А., Расулов И., Дониёров Х. Ҳозирги ўзбек адабий тили. 1- қ. - Тошкент: Ўқитувчи, 1980. - 448 б. 2 М.Ражабов. «Ҳозирги ўзбек адабий тили» (―Морфемика‖, ―Сўз ясалиши‖, ―Морфонология‖, ―Морфология‖) фанидан замонавий педагогик технологиялар асосида тайёрланган ўқув-услубий қўлланма. Гулистон, 2008, ГулДУ босмахонаси, 232 бет. 3 Неъматов Ҳ. -га ва -дан келишик қўшимчасининг функционал алмашинига доир; Неъматов Ҳ. Чегара келишиги // Ўзбек тили ва адабиёти, 1971, – № 4; Қодиров З.М. Ўзбек тили грамматик категориясини систем таҳлил этиш (Келишик категорияси): филол.фан.номз. ...дисс. автореф.; Нурмонов А., Шаҳобиддинова Ш., Искандарова Ш., Набиева Д. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. Морфология. – Б. 75–100. 4 Qodirov Z. O‗zbek tilida grammatik kategoriyalarni sistem tahlil qilish (kelishik kategoriyasi): Filol. fan. nom. ... dis. avtoref. - Samarqand. 1993. - 21 b. 12 Boshqacha aytganda, kelishik kategoriyasining yuqorida aytilgan umumiy grammatik ma‘nosi uning tarkibiga kiruvchi 6 ta kelishik shaklining ma‘nosidan sintezlanadi, ya‘ni keltirib chiqariladi. Har bir kelishik shaklining ma‘nosi undan quyidagi ma‘noga nisbatan umumiy grammatik ma‘no hisoblanadi. Masalan, qaratqich kelishigining umumiy grammatik ma‘nosi oldingi ism turkumiga kiruvchi so‗zni keyingi ism turkumiga kiruvchi so‗zga bog‗lash. Kelishik shakllarining umumiy mohiyati quyidagi jadvalda aks etadi: Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling