Murtazayeva sadoqat


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/35
Sana23.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1392220
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
Bog'liq
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari

O„rin-payt kelishigi
 
ko‗rsatkichi -da. O‗rin-payt kelishigi kelishik kategoriyasi 
umumiy grammatik ma‘nosini «oldinggi so‗zni keyingi so‗zga hol va to‗ldiruvchi 
vazifasida bog‗lash» tarzida xususiylashtiradi. O‗rin-payt kelishigi va jo‗nalish 
kelishigi «yo‗nalganlik» va «o‗rinlashganlik» yondosh ma‘nosi bilan farqlanadi. 
O‗rin-payt kelishigi ish-harakatning bajarilish o‗rni, payti, holati, vositasi, 
maqsadi kabi ma‘nolarni ifodalaydi: Uyda (o„rin) hech kim yo„q edi. Qishloqqa 
tongda (payt) jo„nadik. U kuyingan holda (holat) gapirardi. Paxtani mashinada 
(vosita) terdik. Biz o„qish niyatida (maqsad) kelganmiz.
O‗rin-payt kelishigi gapda: 
a) vositali to‗ldiruvchi: Botirda bog„bonlikka mehr bolalikda uyg„ondi. 
(N.Safarov) 
b) o‗rin holi: Katta-katta ko„chada yursin. (O‗.Umarb.) 
v) payt holi: O„sha kezda Yolqin akam otda g„o„zani kultivatsiya qilar edi. 
(P.Qodirov) 
g) tarz holi: Qiz horg„in, parishon holda uyga qaytdi.(Oyb.) 
d) maqsad holi: Biz yangi maktab binosi qurilishi masalasida keldik
(J.Abdullaxonov) 
y) kesim: Olimjonning ikki ko„zi ko„m-ko„k g„o„zada. (Sh.R.). Katta izzatda, 
kichik xizmatda. Bunda ham sintaktik qisqaruv yuz bergan.


28 
O‗rin-payt kelishigi gap bo‗lagiga xoslanganda anglashiladigan ma‘no u 
birikayotgan so‗zning lug‗aviy xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, ko‗cha so‗zida 
o‗rin ma‘nosi bor, shuning uchun ko‗chada so‗zshakli gapda o‗rin holi vazifasida, 
o‗sha kez birikuvidan payt anglashiladi, shu boisdan bu birikma o‗rin-payt kelishigida
payt holi bo‗lib kelgan. Demak, o‗rin-payt kelishigi mohiyatining voqelanishida 
tajalli ma‘noning roli behad katta.
Chiqish kelishigi yagona ko‗rsatkichga ega: -dan. Bu qo‗shimcha ko‗rsatish 
olmoshiga qo‗shilganda bir n tovushi orttiriladi: u+dan-undan, shu+dan-shundan
Aytilganidek, bosh kelishik bilan chiqish kelishigining o‗rin almashishi nihoyatda 
cheklangan: nondan yeng - non yeng, choydan iching - choy iching kabi. Chiqish 
kelishigidagi so‗z gap tarkibida hol, to‗ldiruvchi, ega, kesim vazifasida keladi.
Chiqish kelishigi ish-harakatning chiqish nuqtasini hamda vosita, payt, sabab, 
qiyoslash, butunning bir qismi ma‘nolarini bildiradi: U ichkaridan (harakatning 
chiqish nuqtasi) yugurib chiqdi. Bu xabarni radiodan (vosita), eshitdik. Biz 
bolalikdan (payt) yaqin do„stmiz. Uyalganidan (sabab) qizarib ketdi. Siz avvalgidan 
(qiyoslash) ancha bardamsiz. U choydan (bu tunning bir qismi) ho„pladi. 
Mumtoz adabiyotda chiqish kelishigining -din, -tin shakllari ham uchraydi:
Insonni til ayladi judo hayvondin, 
Bilki, guhari sharifroq yo„q ondin. (A.Navoiy) 
Chiqish kelishigi kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma‘nosini umuman 
«oldingi so‗zni keyingi fe‘lga o‗rin-payt holi va vositasiz to‗ldiruvchi vazifasida 
bog‗lash» tarzida, ot turkumida esa «oldingi otni keyingi fe‘lga o‗rin-payt holi va 
vositasiz to‗ldiruvchi vazifasida bog‗lash» ko‗rinishida xususiylashtiradi. 
Ot turkumida chiqish kelishigi ko‗makchi bilan kelishi mumkin: taomdan keyin, 
ishdan so‗ng.
Chiqish kelishigidagi otning vazifasi:
a) vositali to‗ldiruvchi: Gulnorning o„zidan so„rab ko„rarmiz? («Saodat»)
b) o‗rin holi: Eshigi ochiq narigi xonadan pianino ovozi eshitilmoqda edi
(P.Qodirov) 
v) sabab holi: Yulduz taajjubidan o„zini bosolmadi.(M.Muhamedov) 


29 
g) payt holi: Ikkalasi yoshlikdan birga o‗sishgan. (M.Qoriyev) 
d) ko‗makchi bilan birga ajratilgan bo‗lak vazifasi: Qamishkapaliklar odamlarni 
nomlari bilan atashdan ko„ra, xususiyati bilan ta‟riflaydilar. (A.Qah.) 
Chiqish kelishigi o‗z vazifasini yo‗qotishi mumkin: birdan, to‗satdan, 
qo‗qqisdan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


30 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling