Murtazayeva sadoqat
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari
Qaratuvchi aniqlovchi: Ko„k yuzini yulduzlar band etdi. (J.Abdullaxonov)
Cho„l qovuni pishay-pishay deb turibdi. (S.Ahmad) Sifatlovchi: Shu payt elektr qo„ng„iroq asta jiringladi. (H.G‗ul.) Izohlovchi: Daryodan o„tilgan kun general Pogodin harbiy Kengashga chaqirildi. (I.Rahim)‖ 1 1 Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o'zbek tili. - Toshkent. - 2007. - B. 264-377. 32 Ko‗rinib turibdiki darslik mualliflari belgisiz qo‗llangan boshqa kelishikdagi so‗zlarni ham bosh kelishigi deb qarayaptilar. Biroq maktab, litsey darsliklarida belgili-belgisiz qo‗llanishga bosh kelishik sifatida qaralmasligining guvohi bo‗lamiz. Kelishiklar sinonimiyasi va belgisiz qo‗llanish holatlariga doir muammolar o‗z yechimini topmasa, nafaqat gap bo‗laklari, balki so‗z birikmasi turlarini belgilashda ham muammolar mavjudligi aniqlashadi. Kelishik shakllarini qabul qilishiga ko‗ra ismlarning gapdagi vazifasi aniqlanadi. Har bir turkumga qo‗shilar ekan kelishik shakllari o‗ziga xos holatda umumiy grammatik ma‘nosini parchalashini kuzatamiz. Masalan, ot kesim (Otam – ishchi), undalma (Siz baxtlisiz, Olimjon aka), atov gap (Ko‗m-ko‗k dala) vazifasida kelganda, uni bosh kelishikda deyish to‗g‗ri emas. Aytilganidek, bunda kelishik umumiy grammatik ma‘nosiga xos vazifa yuzaga chiqmagan. Kelishik kategoriyasi fe‘lda egalik kategoriyasi bilan dialektik yaxlitlikda voqelanadi. Yа‘ni kelishik kategoriyasi ko‗rsatkichini qabul qiluvchi fe‘lda undan oldin egalik affiksi bo‗lishi shart: o‗qiganimni, o‗qiganimdan, o‗qiganimga, borishimga, borishimda kabi. Kelishik kategoriyasi fe‘lning asosan tuslanmagan shaklida yuzaga chiqadi. Kelishik kategoriyasidagi fe‘l bir qarashda tuslangan fe‘ldek tasavvur uyg‗otadi. Masalan, Barcha ayb mening borganligimda. Bunda egalik qo‗shimchasi qaralmish fe‘lni qaratuvchiga bog‗lamoqda, ega emas. Gapning egasi ayb so‗zi bo‗lib, kesimda shaxs-son kategoriyasining III shaxs, birlik shakli mavjud. Egalik kategoriyasining shakli esa I shaxs birlik. Kelishik kategoriyasidagi fe‘l gapning barcha bo‗lagi vazifasida kela oladi: ega: Mening borganim – sening borganing; hol: Achchig„i chiqqanidan yig„ladi; to‗ldiruvchi; Borganidan uyaldi; aniqlovchi: Borishining siri nimada? kesim: Hamma gap ishlamaganida. Kelishik kategoriyasidagi fe‘l matndan kelib chiqib: a) «harakatning obyektlashishi»; b) «payt»; v) «sabab»; g) «evaz» kabi ma‘noni anglatadi: a) Salimning borganini aytmoq, o‗quvchining o‗qiganini so‗ramoq; b) kelganida gapirdi, yurganida o‗ylamoq; v) achchig‗i chiqqanidan yig‗ladi, quvonganidan 33 gapirolmay qoldi, gapirganiga uyaldi; g) ishlamaganiga gap eshitdi; bormaganiga afsuslandi. Bu sirani birikuvchi so‗zdan anglashilgan voqelikning munosabatiga qarab ancha davom ettirish mumkin. Kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma‘nosidagi «oldingi so‗zni keyingi so‗zga bog‗lash» kategorial ma‘no fe‘l turkumida «oldingi fe‘lni keyingi so‗zga bog‗lash» tarzida xususiylashadi. Kelishik kategoriyasi sifatda egalik kategoriyasi bilan birga qo‗llanadi. Bosh kelishikdagi sifat ega vazifasida keladi: 1. Ukamning kichigi - o„qituvchi. 2. Darvoza tepasiga shoxning kattasi qo„yilgandi. Qaratqich kelishigidagi sifatda kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma‘nosi «sifatni qaratqich aniqlovchi vazifasida keyingi so‗zga bog‗lash» tarzida xususiylashadi: Inson yalqovining bahonasi ko„p. (J.Abdullaxonov) Tushum kelishigidagi sifat gapda ish-harakatni qabul qilgan predmetga obyekt tusini beradi va tushum kelishigi affiksini qabul qilgan sifat vositasiz to‗ldiruvchi vazifasida keladi. «Sifatga obyekt tusini berish va uni fe‘lga vositasiz to‗ldiruvchi sifatida bog‗lash» tushum kelishigi umumiy grammatik ma‘nosining sifat turkumidagi xususiylashuvidir: Gulning qizilini ajratdi. Chiqish kelishigi kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma‘nosini umuman «oldingi so‗zni keyingi fe‘lga o‗rin-payt holi va vositasiz to‗ldiruvchi vazifasida bog‗lash» tarzida, sifat turkumida esa «oldingi sifatni keyingi fe‘lga o‗rin-payt holi va vositasiz to‗ldiruvchi vazifasida bog‗lash» ko‗rinishida xususiylashtiradi. Chiqish kelishigidagi sifatning vazifasi: a) vositali to‗ldiruvchi: Qarzni odamning yaxshisidan so„rang. («Saodat») b) o‗rin holi: Eshigi ochiq narigi xonadan pianino ovozi eshitilmoqda edi.(P.Qodirov) v) sabab holi: Piyozning achchig„idan ko„zi qizardi.(M.Muhamedov) Jo‗nalish kelishigidagi sifat ish-harakat yo‗nalgan predmetni belgisi bilan anglatadi: og‗iriga, yaqiniga. Jo‗nalish kelishigidagi sifat gapda to‗ldiruvchi, hol kabi bo‗lak vazifasida keladi: 1. Qiz ko„zining qorasiga havaslanib boqdi. 2. Bola hovuzning to„lasiga yugurdi. 34 Ko‗rinadiki, jo‗nalish kelishigi sifat turkumida kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma‘nosini «oldingi sifatni keyingi fe‘lga vositali to‗ldiruvchi va hol vazifasida bog‗lash» tarzida xususiylashtiradi. O‗rin-payt kelishigi sifat turkumida kelishik kategoriyasini «oldingi sifatni keyingi so‗zga vositali to‗ldiruvchi va hol vazifasida bog‗lash» tarzida xususiylashtirib, ish-harakatning bajarilish o‗rni, vaqti, sharoiti, holati, sababi, maqsadi kabi tajalli ma‘noni ifodalaydi: Odamning pismig„ida gap ko„p. Kelishik kategoriyasi sonda ham egalik kategoriyasi bilan birga qo‗llanadi. Bosh kelishikdagi son ega vazifasida keladi: 1. Daftarning uchtasi menda. 2. Darvoza tepasiga shoxning ikkitasi qo„yilgandi. Qaratqich kelishigidagi sonda kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma‘nosi «sonni qaratqich aniqlovchi vazifasida keyingi so‗zga bog‗lash» tarzida xususiylashadi: Sigirning ikkitasining suti ko„p. Tushum kelishigidagi son gapda ish-harakatni qabul qilgan predmetga obyekt tusini beradi va tushum kelishigi affiksini qabul qilgan son vositasiz to‗ldiruvchi vazifasida keladi. «Songa obyekt tusini berish va uni fe‘lga vositasiz to‗ldiruvchi sifatida bog‗lash» tushum kelishigi umumiy grammatik ma‘nosining son turkumidagi xususiylashuvidir: Gulning uchtasini ajratdi. Chiqish kelishigi kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma‘nosini umuman «oldingi so‗zni keyingi fe‘lga o‗rin-payt holi va vositasiz to‗ldiruvchi vazifasida bog‗lash» tarzida, son turkumida esa «oldingi sonni keyingi fe‘lga o‗rin-payt holi va vositasiz to‗ldiruvchi vazifasida bog‗lash» ko‗rinishida xususiylashtiradi. Chiqish kelishigidagi sonning vazifasi: a) vositali to‗ldiruvchi: Qarzni odamning ikkinchisidan so„rang. b) o‗rin holi: Eshigi ochiq narigi xonaning birinchisidan pianino ovozi eshitilmoqda edi. Jo‗nalish kelishigidagi son ish-harakat yo‗nalgan predmetni belgisi bilan anglatadi: birinchisiga, uchoviga. Jo‗nalish kelishigidagi son gapda to‗ldiruvchi, hol kabi bo‗lak vazifasida keladi: 1. Qo„ziining uchoviga havaslanib boqdi. 2. Bola mashinaning birinchisiga yugurdi. 35 Ko‗rinadiki, jo‗nalish kelishigi son turkumida kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma‘nosini «oldingi sonni keyingi fe‘lga vositali to‗ldiruvchi va hol vazifasida bog‗lash» tarzida xususiylashtiradi. O‗rin-payt kelishigi son turkumida kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma‘nosini «oldingi sonni keyingi so‗zga vositali to‗ldiruvchi va hol vazifasida bog‗lash» tarzida xususiylashtirib, ish-harakatning bajarilish o‗rni, vaqti, sharoiti, holati, sababi, maqsadi kabi tajalli ma‘noni ifodalaydi: Bizning beshovimizda chora yo‗q. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling