Murtazayeva sadoqat


 Bosh kelishikning sinonimlari va sintaktik vazifalari


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/35
Sana23.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1392220
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Bog'liq
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari

2.1. Bosh kelishikning sinonimlari va sintaktik vazifalari 
 
Kelishik har bir so‗z (ism) ning shakllanishida qatnashadigan grammatik shakl. 
Kelishik avvalo turkumni emas, balki sintaktik vazifani belgilaydi. Demak, bu 
jihatdan kelishik asli turkumlararo shakl. Lekin kelishik barcha turkumlarga, 
aniqrog‗i – barcha bo‗laklarga birdek xos emas. Masalan, otlarga bu grammatik 
kategoriya tabiiy ravishda mansub, ot leksemaning nutqda namoyon bo‗lishi uchun 
zaruriy formalardan biri. Otlardan tashqari, kelishik formasini, albatta, olib 
ishlatiladigan boshqa negiz turlari ham mavjud, bular ot-olmoshlar, fe‘lning harakat 
nomi, sifatdosh shakllari, jamlovchi sonning ba‘zi ko‗rinishlari. Bularni ot tabiatli 
so‗zlar deb yuritish mumkin. Uchinchi guruhni otlashgan so‗zlar tashkil qiladi. Bular 
uchun kelishik zaruriy, doimiy, birlamchi shakl emas: kelishik shakli bularga ma‘lum 
sintaktik vazifa talabi bilan qo‗shiladi. Bular sifat, sifat-olmoshlar, fe‘lning sifatdosh 
formasi va boshqalar. 
Tilshunoslar turkiy tillarda «bosh kelishikdagi so‗z gapning xohlagan bo‗lagi 
bo‗lib kela olishi»ni ta‘kidlashadi. Bosh kelishikning bu xususiyati boshqa 
kelishikning o‗rnini almashtira olishi bilan belgilanadi. Ammo bu imkoniyat 
chegaralangan. Kelishik kategoriyasi sistemasi ikki mikrosistemadan iborat:
1. Bosh kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi; 
2. Jo‗nalish kelishigi, o‗rin-payt kelishigi, chiqish kelishigi.
Bosh kelishik birinchi mikrosistemaga mansub bo‗lganligi uchun uning qaratqich 
kelishigi va tushum kelishigini almashtirishi bemalol. Jo‗nalish kelishigi, o‗rin-payt 
kelishigi va chiqish kelishigiga nisbatan bu imkoniyat nihoyatda chegaralangan. 
Masalan, ikki kundan keyin – ikki kun keyin, qishloqqa ketdi – qishloq ketdi, 
oqshomda ketdi – oqshom ketdi.
Bunda bosh kelishik hokim holat ko‗rsatkichi bo‗ladi, ikki sostavli gapning 
(predikativ sintagmaning) hokim bo‗lagini – egani shakllantirib, kesimidan 
anglashilgan harakatni bajaruvchini, belgini tashuvchini (grammatik subyektni) 
bildiradi; kesimga tuslovchi bosh kelishikdagi so‗zdan anglashiladigan shaxs-son 


37 
ma‘nosiga mos holda qo‗shiladi. Demak, egani shakllantiruvchi kelishikning vaziyati 
murakkab: (negiz+bosh kelishik) + (negiz+ tuslovchi). 
Ayrim manbalarda, jumladan, akademik litseylarning 2-kursi uchun ―Hozirgi 
o‗zbek adabiy tili‖ darsligida boshqa kelishik shakllarining belgisiz qo‗llanishiga ham 
bosh kelishik bilan ma‘nodoshlik deb qaraladi: 
―Qaratqich kelishigi va tushum kelishigi shakllari bosh kelishik shakli bilan 
almashinishi mumkin. Masalan, o„rikning guli – o„rik guli. Uzumni yedi – uzum 
yedi
1

Agar bosh kelishik shaklining ma‘nodoshligi xususida gap ketadigan bo‗lsa, 
uning faqat chiqish kelishigi bilan ma‘nodoshligi xususida to‗xtalish o‗rinli deb 
hisoblaymiz. Bunday vaqtda chiqish kelishigi shaklidagi so‗z ega vazifasida keladi.
Ega vazifasida har xil sintaktik birliklar: ko‗pincha yakka so‗z yoki birikma
qisman gapga teng konstruksiyalar keladi. Masalan, Lekin Manzuraxon baxti bor qiz 
ekan (A.Qahhor) gapida ega yakka so‗z bilan ifodalangan. Mana bu gapda ega 
birikma bilan ifodalangan: Uning mo„ljali besh-olti kilometr yurib qaytish edi, biroq 
yangi mashina, to„g„ri va ravon asfalt yo„l havasini keltirdi-yu, rayon markaziga 
tushib chiqishga qaror berdi (A.Qahhor). 
Quyidagi misolda gapga teng konstruksiyalar otlashib ega bo‗lib keldi: «Og„ziga 
kuchi yetmaganlar kulsa-kular-da, oyijon», – dedi Hulkar (P. Qodirov). Nafsi yomon 
hayitda o„lar (Maqol) kabi.
Agar shu prinsipdan kelib chiqadigan bo‗lsak, ―Menda ham bu kitobdan bor‖ 
gapidagi kitobdan so‗zini ega deb belgilasa bo‗ladi. 
Demak, ega vazifasida faqat bosh kelishikdagi so‗zlar emas, shartli ravishda 
chiqish kelishigidagi so‗zlar ham kelishi mumkin. Ammo kitobdan bor jumlasiga 
nisbatan boshqaruvli so‗z birikmasi emas, predikativ aloqa sifatida qarash o‗rinli.
1
Hozirgi o‗zbek adabiy tili. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 2-kurs talabalari uchun darslik. A.Nurmonov 
va boshq.– T.: ―ILM ZIYO‖, 2010. 277 b. 184-б 


38 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling