Murtazayeva sadoqat


 Qaratqich kelishigining sinonimlari va sintaktik vazifalari


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/35
Sana23.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1392220
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
Bog'liq
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari

2.2. Qaratqich kelishigining sinonimlari va sintaktik vazifalari 
Manbalarda qaratqich kelishigining belgili va belgisiz ko‗rinishi farqlanadi. 
Bosh kelishikning kelishik kategoriyasining boshqa shakli o‗rnini bemalol almashtira 
olishi haqidagi nazariya «belgisiz qaratqich kelishigi»ni bosh kelishik sifatida 
qarashni yuzaga keltirmoqda. Masalan, nonning uvog„i – qaratqich kelishigida, non 
uvog„i – bosh kelishikda. Bu nafaqat qaratqich, balki belgisiz tushum, o‗rin-payt, 
jo‗nalish kelishiklariga ham aloqador.
Joriy ona tili darsliklarida qaratqich kelishigining ma‘nodoshi sifatida faqat 
chiqish kelishigi shakli sanab o‗tiladi. Bu, odatda, egalik shaklining qo‗llanilishi bilan 
bog‗liq. Egalik affiksining chiqish kelishigidagi so‗z bilan bog‗lanishda ishlatilishi 
ikkilamchi holat bo‗lib, bunday konstruksiya qaratqich kelishigi qatnashadigan 
konstruksiya asosida yuzaga kelgan. Bunda asoslik vazifasini qaratqich kelishigi 
vositasida birikuvchi har qanday konstruksiya emas, balki ma‘lum semantik- 
grammatik belgi-xususiyati bor konstruksiyagina bajaradi. Bunday birikmada 
ikkinchi komponent miqdor yoki belgi anglatadigan so‗z bilan ifodalanadi, 
birikmaning birinchi komponenti esa ko‗plik formasida keladi yoki bittadan ortiq 
miqdorni anglatadigan sifatlovchi olgan bo‗ladi: sheriklaridan biri, yigitlarning 
barchasi, binolarning eng shinami, uch xonaning eng kattasi kabi. Bunda ko‗p 
predmetdan birining belgisi ta‘kidlanadi, ajratib ko‗rsatiladi. Xuddi shunday ajratib 
ko‗rsatish ma‘nosi chiqish kelishigida ham bor bo‗lib, u yerda ham kelishik ko‗plik 
formasidan keyin qo‗shiladi: U ham ilg„or mexanizatorlardan. Sizlardan uch kishi 
borsin kabi. 
Aytib o‗tilgan semantik va grammatik omillar qaratuvchili birikmada birinchi 
komponentni chiqish kelishigida ishlatish uchun sharoit yaratgan. Agar faqat 
ta‘kidlashgina emas, balki ulush ma‘nosini ham ifodalashga ehtiyoj sezilsa, 
qaratuvchili birikmaning birinchi komponenti chiqish kelishigida ishlatiladi. 
Chiqish kelishigi qatnashadigan birikmalarda ikkinchi komponentga asosan III 
shaxs egalik affiksi qo‗shiladi, chunki birinchi komponent odatda ot bilan yoki ot 


39 
hukmidagi negiz bilan ifodalanadi. I, II shaxs-son egalik affiksi birinchi komponent I, 
II shaxs kishilik olmoshi bilan ifodalansagina ishlatiladi, shunda ham bu vazifada 
ko‗plikdagi kishilik olmoshlarigina keladi: bizlardan to„rttamiz, sizlardan ba‟- 
zilaringiz kabi. 
Shu o‗rinda kelishiklarning belgili-belgisiz ishlatilishiga oydinlik kiritib olsak. 
Turdosh ot qaratqich kelishigida belgili ham, belgisiz ham ishlatiladi. Bunda 
kelishikni qaysi shaklda ishlatish avvalo qaralmishning qaysi turkum so‗zi ekaniga 
bog‗liq. Darsliklarda qaratqich kelishigi shaklining quyidagi holatlarda belgili 
ishlatilishi aytib o‗tiladi: 
1. Shaxs otlariga qo‗shilganda. 
2. Otlashgan so‗zlarga qo‗shilganda. 
3. Qaratqich va qaralmish o‗rtasiga boshqa so‗z kirganda. 
4. Olmoshlarga qo‗shilganda.
Kelishikning belgili-belgisiz ishlatilishiga o‗xshab ketadigan, asli butunlay 
boshqacha mohiyatli bir hodisa ham bor: qaratuvchi uyushib kelganda uning 
tarkibidagi har bir qism yoki faqat oxirgi qism kelishik affiksi olib keladi. Masalan: 
bog„chaning va polizning qarovsizligi – bog„cha va polizning qarovsizligi 
(A.Qahhor). Kelishik affiksi har biriga qo‗shilsa, ajratib ta‘kidlanadi, oxirgisiga 
qo‗shilsa umumlashtirib ta‘kidlanadi. Bunda ta‘kid ma‘nosini -ning affiksi ifodalaydi, 
ajratish yoki umumlashtirish ma‘nosi esa har biriga alohida yoki barchasi uchun 
oxirgisiga qo‗shish bilan bildiriladi. Кelishik affiksi oxiriga qo‗shilsa, uyushiq 
bo‗lakning kelishik formasi go‗yo qavslardan tashqariga chiqariladi: (bog‗cha va 
poliz)ning kabi. Demak, bunda uyushiq bo‗lak kelishikda yaxlitligicha shakllanadi
kelishik formasida umumlashish yuz beradi. Shunga ko‗ra bog‗cha va polizning kabi 
ishlatishda birinchi qismni qaratqich kelishigining belgisiz formasida, ikkinchi qismni 
esa kelishikning belgili formasida deb hukm chiqarish mumkin emas. Bunday 
ishlatishdagi birinchi qismni (bog‗cha) bosh kelishikda deb ham bo‗lmaydi (Unda 
uyushuvchilarning biri bosh kelishikda, ikkinchisi esa qaratqich kelishigida bo‗lib 
qoladi). Asli bunday qismning grammatik formasini belgisiz forma emas, yaxlitlovchi 


40 
forma deb atash to‗g‗ri. Yuqoridagi misolda ikki ot so‗z emas, balki ikkita turlanish 
negizi uyushib kelayotir. 
Bu tur konstruksiyada belgi predmetdan ayirib olinadi, ot formaga kiritiladi, 
so‗ng predmetga nisbat beriladi: nodonlik eriga xos, qarovsizlik hovli, bog„cha, 
polizga xos. 
Asli xotinlarning xunukligi va xotinlarning xunugi birikmalari shakllanishi, 
ma‘nosi, boshqa hodisalar bilan bog‗lanishi jihatidan o‗zaro farq qiladi. Birinchisida 
qaratuvchi obyektiv voqelikka qarab birlikda ham, ko‗plikda ham kela oladi, 
ikkinchisida esa qaratuvchi ko‗plikda kelishi shart. Birinchisi asli ega-kesim 
munosabatini qaratuvchi-qaralmish munosabatiga aylantirish yo‗li bilan shakllanadi
ikkinchisi esa sifatlovchi-sifatlanmish munosabatidagi birikma bilan bog‗lanadi: xotin 
[lar] xunuk, xotin[lar]ning xunukligi, xunuk xotin – xotinlarning xunugi kabi. 
Birinchisida ot bilan belgi oti, ikkinchisida esa ot bilan sifat bog‗lanadi. Bu 
farqlardan qat‘i nazar, ot+ belgi oti konstruksiyasi ma‘nosi va tuzilishi jihatidan ot + 
ot konstruksiyasidan farqlanib turadi. 
Qaralmish son bilan ifodalangan konstruksiyalarda qaratqich kelishigi belgili 
ishlatiladi, predmetning miqdori ajratib ta‘kidlanadi. Bunda qaratuvchi ko‗plik 
formasida bo‗ladi yoki qaralmishdagidan ortiq miqdorni aiglatadigan sifatlovchi olib 
keladi: ukalarimning ikkitasi, ikki eshikning biri, to„rt xonaning uchtasi kabi: 
Ayvonga chiqadigan ikki eshikning biridan xonatlas ko„ylak kiygan... bir xotin 
chiqdi (A.Qahhor). 
Ko‗p miqdordan oz miqdorni ajratib ifodalagani sababli bunday qurilishdagi 
qaratqich kelishigi shaklini chiqish kelishigi shakli bilan almashtirsa bo‗ladi: to„rt 
xonaning uchtasi – to„rt xonadan uchtasi kabi. Qaratuvchini qaratqich kelishigida 
emas, chiqish kelishigida ishlatish bilan qism, ulush ma‘nosi ta‘kidlanadi. Bu punktda 
tasvirlanayotgan konstruksiya sifatlovchili birikma bilan bog‗lanadi. Farq shundaki, 
sifatlovchi-sifatlanmish munosabatida ajratib ta‘kidlash bo‗lmaydi (ukalarimning ik-
kitasi – ikkita ukam kabi), predmetning umumiy miqdori ham ko‗rsatilmay qoladi 
(to‗rt xonaning uchtasi – uchta xona kabi). 


41 
Demak, qaratqich kelishigidagi so‗z ko‗p miqdordan oz miqdorni ajratib 
ifodalash, belgiga ta‘kid berish, butunning qismini ifodalash ma‘nosida kelganda 
chiqish kelishigi bilan ma‘nodosh bo‗lishi mumkin: 
Qizlarning eng kichigi xonadan birinchi bo„lib chiqdi – Qizlardan eng kichigi 
xonadan birinchi bo„lib chiqdi. 
Ko„chalardan to„rttasiga kirib chiqdik – Ko„chalarning to„rttasiga kirib chiqdik. 
Bolalardan ikkitasi orqada qoldi – Bolalarning ikkitasi orqada qoldi.
 


42 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling