2.4. Jo„nalish kelishigining sinonimlari va sintaktik vazifalari
Jo‗nalish kelishigidagi ot ish-harakat yo‗nalgan predmetni anglatadi: maktabga,
ishga, zavodga, ukamga. Uning invariant affiksi –ga bo‗lib, nutqda turli fonetik,
poetik variantga ega bo‗ladi: kurakka, tuproqqa, buyona, qayg„a.
Jo‗nalish kelishigidagi so‗z ham qaratqich va tushum kelishiklari kabi belgisiz (-
ga affiksi tushirilgan holda) ishlatilishi juda kam bo‗lsa-da kuzatiladi. Bunday
ishlatish, masalan, o‗rin anglatuvchi sifatlarda yuz beradi: ...har safar boshini quyi
solib, iljayib, ...ko„z qiri bilan Hurinisoga qarar edi (A.Qahhor). ...xoli qolganda
shunchalik past tushadigan xotinlar toifasidan ekani ochiq ko„rinib turar edi
(A.Qahhor).
Mana bu she‘riy parchada geografik turdosh ot jo‗nalish kelishigining belgisiz
shaklida ishlatilgan: Dedi: “Tezdan qishloq chiqsin sayyora sud...” (G‗.G‗ulom).
Ko‗rinadiki, negizidan o‗rin ma‘nosi anglashilsagina, bunday so‗z jo‗nalish
kelishigining belgisiz shaklida kela oladi. Masаlan, Ertaga Toshkent ketyapman.
Bu kelishikdagi so‗z ba‘zan harakat yo‗nalgan predmetni emas, balki vosita
bo‗ladigan predmetni anglatadi. Bunday to‗ldiruvchi nimaga? so‗rog‗i bilan bir
qatorda, nima bilan? so‗rog‗iga ham javob bo‗ladi: To„tiniso buning sababiga qiziqdi.
(A.Qahhor)
Jo‗nalish kelishigi ko‗makchi bilan sinonimik munosabatga kirishadi: uyga ketdi
- uy tomon ketdi, ukasiga oldi – ukasi uchun oldi.
Jo‗nalish kelishigidagi so‗z quyidagi kelishiklar bilan o‗rin almashinishi
mumkin:
Chiqish kelishigi bilan: Dars tayyorlab kelmaganiga uyaldi – Dars tayyorlab
kelmaganidan uyaldi. Mehrdan to„ymadik – Mehrga to„ymadik. Ko„rsatishga
uyaldim – Ko„rsatishdan uyaldim. U bir so„z aytishdan (ga) cho„chir edi.
Tushum kelishigi bilan: Bu gapga tushunmadim – Bu gapni tushunmadim.
Nima dedingiz, gapingizni (ga) tushunmadim.
Do'stlaringiz bilan baham: |