Murtazayeva sadoqat
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari
56 Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar 1-topshiriq. Gaplar tarkibidagi soddalashgan kelishik shakllarini ko‘chiring. Qaysi kelishik shakllari soddalashishga uchragani va qanday tarixiy qolip hosilasi ekanligini aniqlashtiring. 1. Mening bolalarim bekorga o‘lib ketadiganlardanmas. (O‘.H.) 2. Kunda shu yerdasiz. 3. Birdan uning rangiga qon yugurdi. 4. Tezda yetib keling. 5. Shoshmang, birga ketamiz. 6. Sizni pastda kutaman. 7. Qo‘qqisdan qilingan hujum hammani esankiratib qo‘ydi. 8. Aftidan, u mendan xafa. 9. Yaqinda televizorda u haqda ko‘rsatuv berishdi. 10. Birdan berilgan savoldan u shoshib qoldi. 11. Birrovga o‘tib kelishini aytib ketdi. 12. Oldin bolani zimdan kuzatdi. 2-topshiriq. Berilgan gaplarda qaratqich kelishigida kelgan ot so‗zlarni topib, ularning shakli, ma‘nosi va vazifasini tushuntirib bering. O‗rniga ma‘nodoshlarini qo‗shyib ko‗ring. Olimjonning yuragi Oyqiz yaqinlashgan sari duk-duk urar edi. (SH.R.) Gapirishni foydasi yo‗q. Odammi sog‗i yo‗q, demovdimmi, sanga! Har bolam ufurgan nafasin atri – She‘rimning eng yetuk, eng yaxshi satri. (G‗.G‗.) Mening yo‗qligimni sening subutsizligingdan payqashgan, chog‗i. O‗zbekistonning poytaxti – Toshkent. Toshkent – O‗zbekistonning poytaxti. Vatanimiz – baxtiyor avlodlar diyori. Qo‗shiq. San‘atning bu turini sevmaydigan, olqishlamaydigan kishi bormikan? 3-topshiriq. Nuqtalar o‗rniga grammatik qoidaga muvofiq, -ning yoki –ni qo‗shimchalaridan mosini quying. Navoiy… kelish xabari atrofdagilar… yuragida cheksiz quvonch uyg‗otdi. Hamma bir xabar… bir-biriga yetkazish bilan faxrlanadi. (O.) 57 Navoiy tabassumli ko‗zlari bilan atrofga boqib, bir qo‗li… ko‗ksiga qo‗ygan holda boshi… kamtar, yengil qimirlatish bilan xalq… tabrigiga samimiy javob berib bordi. Bu yerda shahar… mashhur kishilari…, olimlar…, xalq vakillari… qabul qildi. 4-topshiriq. Matndagi tushum kelishigida kelgan so‗zlarni topib, ularning qanday so‗z bilan sintaktik aloqaga kirishayotganini aniqlang. Go‗zal bir yigit eshikni qoqdi. Shu payt Asrorqulning kichik o‗g‗li Abror kelib otasini so‗radi. Ultarmalik Asrorqul Xaydar otaning qadrdon oshnasini ko‗rish istagida ekanligini aytdi. Qarg‗avoy, men seni yeyman. (Ertakdan) Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling