Murtazayeva sadoqat


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/35
Sana23.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1392220
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
Bog'liq
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari

4-mashq. Matnni o‗qing, o‗rin-payt va chiqish kelishigi shakllarining semantik-
uslubiy vazifasini bayon qiling. Bu kelishik shakllari qachon ko‗makchi so‗zlar bilan 
sinonimik qator tashkil qilishini ko‗rsating. 
Mirtemirning she‘riyati adirlar, qirlar, uvalar, dalalar, bog‗larning manzaralari 
bilan to‗liq bir she‘riyat. Chunki uning tug‗ilgan joyi Тurkistondagi Qoratog‗ etaklari 
– ko‗klam toshqinlaridangina lablarini ho‗llab olguvchi soylar, qizg‗ish qirlar va 
cheksiz sayhonlar, onda-sonda bir uchraydigan muzbuloqlar toshqinlardan paydo 
bo‗lgan ko‗llar yurti... Mirtemir tabiati mana shunchalar rangdor yurtda 1910-yilning 
yoz oylarida dunyoga keldi. 
Mirtemirni olam va borliq – tabiat kitobini o‗qishga onasi o‗rgatdi. Uning 
go‗dak hislarini oliyjanob bir izga soldi. Yuragiga go‗zallikdan bahra olish tuyg‗usini 


54 
quydi. So‗zning ta‘mi, totidan zavq ola bilishdek noyob bir san‘atga qalbida 
muhabbat va qiziqish uyg‗otdi. Mirtemirning onasi so‗zga g‗oyat chechan, zukko, 
kayvoni onalardan edi. U kishi hamma so‗zlariga maqol bilan rang va ma‘no berib 
so‗zlar ekanlar. She‘riyat cho‗g‗ini o‗g‗il yuragiga solgan mehribon ona siymosi 
shoirning butun ijodida ezgulikning porloq bir ramzidek gavdalanib turadi. 
«...Hovlimizda bir tup jiyda bo‗lardi – quchoq yetmas, nuqra yaproq, bobomning 
bobosini ko‗rgan non jiyda... Onam hamisha shu jiyda tagida bir nima tikib yoki 
yamab, un qorib yo xamir kesib o‗tirgani hamon ko‗z o‗ngimda. Agar men biror 
sho‗xlik qilsam, shu jiyda tagida turib, qo‗lini yanar edi. Agar biron xush yumush 
qilsam, shu jiyda tagida olqish olar edim. (I. G„afurov) 
5-mashq. Birikmalardagi kelishik shakllarini ko‘makchilar va boshqa 
ma‗nodosh kelishik shakllari bilan almashtirib ko‘chiring. Ma‗no va vazifadagi 
farqlarni izohlang. 
Akamni gapirmoq, o‘qishdan gapirmoq, telefonda gaplashmoq, ukamga olmoq, 
kelganiga xursand, bilmaganidan uyalmoq, bolalardan beshtasi, yo‘lda adashmoq, 
shu teshikka ho‘kiz siqqaniga ishonmoq, oshdan oling, maktabga ketmoq, mehr-
muhabbatga to‘ymoq, gapingizga tushunmoq, paxtazordan o‘tmoq, yurakdan 
tabriklamoq, quvonchdan yorishmoq, mehnatda qotgan, mehnatdan charchamoq,
6-mashq. Ajratib ko‗rsatilgan so‗zlardagi jo‗nalish, o‗rin-payt va chiqish kelishigi 
qo‗shimchalarini tegishli ko‗makchilar bilan almashtirib, gaplarni ko‗chiring. 
Kelishik shakli va ko‗makchi so‗zlar sinonimiyasi orasidagi uslubiy farqlarini 
tushuntiring. 
1. Axloq-odobga bag‗ishlangan kitob. 2. Odam odamga hamisha kerak. 3. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling