Murtazayeva sadoqat
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.6. Chiqish kelishigining sinonimlari va sintaktik vazifalari
Tushum kelishigi bilan: dalani kezdi – dalada kezdi;
Jo„nalish kelishigi bilan: yig‗ilishga qatnashdi – yig‗ilishda qatnashdi; Chiqish kelishigi bilan: radiodan gapirdi – radioda gapirdi. 46 2.6. Chiqish kelishigining sinonimlari va sintaktik vazifalari Kelishik shakllari ichida chiqish kelishigi barcha kelishik shakllari o‗rnida ishlatilishi bilan xarakterlanadi. Ega va kesim vazifasida kelganda chiqish kelishigi mohiyati voqelanmagandek tuyuladi. Misol: Munirada shu kitobdan bor. Hijolati vazifani bajarmaganidan. E‘tibor qilinsa, bunda lisoniy qisqaruv mavjud: Munirada shu kitobdan (bir nechtasi) bor. Hijolati vazifani bajarmaganidan(dir). Birinchi gapda aslida bir nechtasi so‗zshakli ega, ikkinchi gapda -dir (turur) kesim bo‗lgan. Chiqish kelishigi tushum kelishigi bilan ham o‗rin almashishi mumkin. Bunda semantikada farq seziladi: nondan yeng-nonni yeng, choydan iching-choyni iching. Chiqish kelishigining qaratqich kelishigi bilan o‗rin almashishida ham shunday hol kuzatiladi: o„quvchidan biri – o„quvchining biri. Ma‘nosi kuchsizlanishi va gap qisqarishi natijasida kesim vazifasida tuslovchi olishi mumkin: Qishloqdanmisiz? Qisqaruv hodisasi chiqish kelishigidagi so„zning ega bo„lib kelishini ham ta‟minlaydi: Bu kitobdan menda ham bor. Hamma illat otamda. (A.Qahhor) Qalandarov hamon o„sha kayfiyatdami yoki keyinchalik o„ylab, fe‟lidan tushdimi? (A.Qahhor) ―Ko‗pning qismi‖ ma‘nosi anglashilganda boshqaruvchi fe‘l o‗timli bo‗lsa, chiqish kelishigi o‗rniga tushum kelishigini ishlatish bilan harakatning predmetga to‗la o‗tishi anglashiladi: Qani, somsadan olinglar (A.Qahhor) – Somsani olinglar. ...keyin qulupnaydan bir hovuch olib, og„ziga soldi (A.Qahhor) Bir hovuch qulupnayni olib... kabi. Boshqaruvchisi sifat bo‗ladi: ...bir tomonga silliq qilib taralgan sochi oyog„idagi amirkon tuflisidan ham qoraroq va ko„proq yaltiroq edi. (A.Qahhor) Kifoyatxon bu kishidan uch-to„rt yosh kattaroq. (A.Qahhor) Chiqish kelishigidagi so‗z qaratuvchi-qaralmish munosabatidagi birinchi komponent sifatida qatnashadi, shunga ko‗ra qaratqich kelishigi bilan ma‘no munosabati hosil etadi va gapda qaratuvchi holatida keladi. Qaratuvchi qaratqich kelishigida kelsa ta‘kid, chiqish kelishigida kelsa, ulush, qism ifodalanadi. Bunday 47 konstruksiyada chiqish kelishigi formasi ko‗plik formasidan keyin qo‗shiladi, konstruksiyaning ikkinchi qismi esa odatda miqdor bildiruvchi so‗z bilan ifodalanadi: Nosirov qizil papkadagi qog„ozlardan bir-ikkitasini ko„zdan kechirdi (A.Qahhor). Kunlardan bir kuni markaziy gazetalardan biri «Bo„ston» haqida o„z muxbirining kattagina bir ocherkini bosib chiqardi. (A.Qahhor) Chiqish kelishigining quyidagicha ishlatilishi alohida vaziyat talab etadi: Kechqurun pravleniye a‟zolaridan uch-to„rt kishini chaqirib... (A.Qahhor) Bulardan shaddod bir kampir Babarning qiyig„ini yechib oldi. (A.Qahhor) Bunday qurilishda boshqaruvchi kishi oti bilan (turdosh ot /yoki atoqli ot bilan) ifodalanadi. Chiqish kelishigida esa ko‗pincha turdosh ot, qisman ko‗rsatish olmoshi keladi; bunday so‗z kelishikkacha ko‗plik shaklini olgan bo‗ladi. Qaratuvchi holatidagi so‗z ham chiqish kelishigi shaklidan oldin ko‗plik shaklini olgan bo‗ladi. Demak, bu ikki konstruksiyaning birinchi komponenti grammatik jihatdan bir xil shakllanadi. Asli chiqish kelishigining vaziyati farqli: gazetalardan biri birikmasida chiqish kelishigi qaratqich kelishigi o‗rniga keladi, shu sababli chiqish kelishigi formasini qaratqich kelishigi formasi bilan almashtirish mumkin (gazetalardan biri – gazetalarning biri); o„qituvchilardan Tojixon kabi birikmalarda bunday xususiyat va imkoniyat yo‗q. Bu ikki qurilma orasidagi farq ikkinchi komponentda yaqqol ko‗rinadi: a) birinchi konstruksiyada bu komponent belgi ma‘nosini anglatuvchi so‗z bilan (ko‗pincha son bilan, qisman miqdor ravishi, sifat bilan) ifodalanadi; ikkinchi konstruksiyada esa kishini anglatuvchi turdosh yoki atoqli ot bilan ifodalanadi; b) birinchi konstruksiyada bunday komponent egalik affiksini oladi, ikkinchi konstruksiyada esa bunday affiks qatnashmaydi. Ko‗rinadiki, birinchi qurilma qaratuvchi-qaralmish munosabatiga juda o‗xshaydi. Ikkinchi birikuvda esa birinchi qismni qaratuvchi deb ham, to‗ldiruvchi deb ham bo‗lmaydi. Sezilib turibdiki, ikkinchi qurilmaning ot qismi orasida miqdor ma‘nosini anglatuvchi yoki ko‗rsatish bildiruvchi so‗z bilan ifodalangan sifatlovchi keladi: guruh a‘zolaridan uch-to‗rt kishi, qishloq faollaridan shu Qalandarov kabi. Demak, 48 bunday konstruksiyada ham chiqish kelishigi ko‗pning qismi ma‘nosi bilan qatnashadi. Chiqish kelishigi qaratqich kelishigidagi so‗z bilan ma‘nodosh bo‗lganda qaratqich aniqlovchi: Gapdan gap chiqib, bulardan biri Karimaning otasi qamoq muddatini bitirib kelganini aytdi (A.Qahhor) Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling