Murtazayeva sadoqat


 Jo„nalish kelishigining sinonimlari va sintaktik vazifalari


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/35
Sana23.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1392220
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
Bog'liq
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari

2.4. Jo„nalish kelishigining sinonimlari va sintaktik vazifalari 
Jo‗nalish kelishigidagi ot ish-harakat yo‗nalgan predmetni anglatadi: maktabga, 
ishga, zavodga, ukamga. Uning invariant affiksi –ga bo‗lib, nutqda turli fonetik
poetik variantga ega bo‗ladi: kurakka, tuproqqa, buyona, qayg„a
Jo‗nalish kelishigidagi so‗z ham qaratqich va tushum kelishiklari kabi belgisiz (-
ga affiksi tushirilgan holda) ishlatilishi juda kam bo‗lsa-da kuzatiladi. Bunday 
ishlatish, masalan, o‗rin anglatuvchi sifatlarda yuz beradi: ...har safar boshini quyi 
solib, iljayib, ...ko„z qiri bilan Hurinisoga qarar edi (A.Qahhor). ...xoli qolganda 
shunchalik past tushadigan xotinlar toifasidan ekani ochiq ko„rinib turar edi 
(A.Qahhor). 
Mana bu she‘riy parchada geografik turdosh ot jo‗nalish kelishigining belgisiz 
shaklida ishlatilgan: Dedi: “Tezdan qishloq chiqsin sayyora sud...” (G‗.G‗ulom). 
Ko‗rinadiki, negizidan o‗rin ma‘nosi anglashilsagina, bunday so‗z jo‗nalish 
kelishigining belgisiz shaklida kela oladi. Masаlan, Ertaga Toshkent ketyapman
Bu kelishikdagi so‗z ba‘zan harakat yo‗nalgan predmetni emas, balki vosita 
bo‗ladigan predmetni anglatadi. Bunday to‗ldiruvchi nimaga? so‗rog‗i bilan bir 
qatorda, nima bilan? so‗rog‗iga ham javob bo‗ladi: To„tiniso buning sababiga qiziqdi
(A.Qahhor) 
Jo‗nalish kelishigi ko‗makchi bilan sinonimik munosabatga kirishadi: uyga ketdi 
- uy tomon ketdi, ukasiga oldi – ukasi uchun oldi. 
Jo‗nalish kelishigidagi so‗z quyidagi kelishiklar bilan o‗rin almashinishi 
mumkin: 
Chiqish kelishigi bilan: Dars tayyorlab kelmaganiga uyaldi – Dars tayyorlab 
kelmaganidan uyaldi. Mehrdan to„ymadik – Mehrga to„ymadik. Ko„rsatishga 
uyaldim – Ko„rsatishdan uyaldim. U bir so„z aytishdan (ga) cho„chir edi. 
Tushum kelishigi bilan: Bu gapga tushunmadim – Bu gapni tushunmadim. 
Nima dedingiz, gapingizni (ga) tushunmadim. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling