Murtazayeva sadoqat


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/35
Sana23.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1392220
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari

 
 
 
 
 
 
 
 
 


56 
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar 
 
1-topshiriq. Gaplar tarkibidagi soddalashgan kelishik shakllarini ko‘chiring. 
Qaysi kelishik shakllari soddalashishga uchragani va qanday tarixiy qolip hosilasi 
ekanligini aniqlashtiring. 
1. Mening bolalarim bekorga o‘lib ketadiganlardanmas. (O‘.H.) 2. Kunda shu 
yerdasiz. 3. Birdan uning rangiga qon yugurdi. 4. Tezda yetib keling. 5. Shoshmang, 
birga ketamiz. 6. Sizni pastda kutaman. 7. Qo‘qqisdan qilingan hujum hammani 
esankiratib qo‘ydi. 8. Aftidan, u mendan xafa. 9. Yaqinda televizorda u haqda 
ko‘rsatuv berishdi. 10. Birdan berilgan savoldan u shoshib qoldi. 11. Birrovga o‘tib 
kelishini aytib ketdi. 12. Oldin bolani zimdan kuzatdi. 
2-topshiriq. Berilgan gaplarda qaratqich kelishigida kelgan ot so‗zlarni topib, 
ularning shakli, ma‘nosi va vazifasini tushuntirib bering. O‗rniga ma‘nodoshlarini 
qo‗shyib ko‗ring. 
Olimjonning yuragi Oyqiz yaqinlashgan sari duk-duk urar edi. (SH.R.) 
Gapirishni foydasi yo‗q. Odammi sog‗i yo‗q, demovdimmi, sanga! Har bolam 
ufurgan nafasin atri – She‘rimning eng yetuk, eng yaxshi satri. (G‗.G‗.) Mening 
yo‗qligimni sening subutsizligingdan payqashgan, chog‗i. O‗zbekistonning poytaxti – 
Toshkent. Toshkent – O‗zbekistonning poytaxti. Vatanimiz – baxtiyor avlodlar 
diyori. Qo‗shiq. San‘atning bu turini sevmaydigan, olqishlamaydigan kishi 
bormikan? 
 
3-topshiriq. Nuqtalar o‗rniga grammatik qoidaga muvofiq, -ning yoki –ni
qo‗shimchalaridan mosini quying. 
Navoiy… kelish xabari atrofdagilar… yuragida cheksiz quvonch uyg‗otdi. 
Hamma bir xabar… bir-biriga yetkazish bilan faxrlanadi. (O.) 


57 
Navoiy tabassumli ko‗zlari bilan atrofga boqib, bir qo‗li… ko‗ksiga qo‗ygan 
holda boshi… kamtar, yengil qimirlatish bilan xalq… tabrigiga samimiy javob berib 
bordi.
Bu yerda shahar… mashhur kishilari…, olimlar…, xalq vakillari… qabul qildi.
4-topshiriq. Matndagi tushum kelishigida kelgan so‗zlarni topib, ularning 
qanday so‗z bilan sintaktik aloqaga kirishayotganini aniqlang.
Go‗zal bir yigit eshikni qoqdi. Shu payt Asrorqulning kichik o‗g‗li Abror kelib 
otasini so‗radi. Ultarmalik Asrorqul Xaydar otaning qadrdon oshnasini ko‗rish 
istagida ekanligini aytdi. Qarg‗avoy, men seni yeyman. (Ertakdan) 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling