60
–
chiqish kelishigi bilan ma‘nodosh bo‗la oladi:
Bu sumkadan sizda ham bor
ekan-da. Demak, ega faqat bosh kelishikdagi so‗z bilan emas, shartli ravishda chiqish
kelishigidagi so‗zlar ham ifodalanadi. Ammo
sumkadan bor jumlasiga nisbatan
boshqaruvli so‗z birikmasi emas, predikativ aloqa sifatida qarash o‗rinli.
2. Qaratqich kelishigi shakli:
–
chiqish kelishigi bilan ma‘nodosh bo‗la oladi. Bunda qaratqich kelishigidagi
so‗z ko‗p miqdordan oz miqdorni ajratib ifodalash, belgiga ta‘kid berish, butunning
qismini ifodalash ma‘nosida keladi:
Qizlarning eng kichigi xonadan birinchi bo„lib chiqdi – Qizlardan eng kichigi
xonadan birinchi bo„lib chiqdi.
Ko„chalardan to„rttasiga kirib chiqdik – Ko„chalarning to„rttasiga kirib chiqdik.
Bolalardan ikkitasi orqada qoldi – Bolalarning ikkitasi orqada qoldi.
3. Tushum kelishigi shakli quyidagi kelishiklar bilan o‗rin almashinishi mumkin:
Chiqish kelishigi:
Yigit choydan ichib gaplashib o„tirdi – Yigit choydan ichib
gaplashib o„tirdi.
Jo„nalish
kelishigi:
gapingizni
tushunmayapman
–
gapingizga
tushunmayapman.
Har ikki holatda ham tushum kelishigi bilan sinonim bo‗lgan so‗z vositasiz
to‗ldiruvchi bo‗lib keladi, so‗z birikmasi sifatida boshqaruvli birikma hisoblanadi.
4. Jo‗nalish kelishigidagi so‗z quyidagi kelishiklar bilan o‗rin
almashinishi
mumkin:
Chiqish kelishigi bilan:
Dars tayyorlab kelmaganiga uyaldi – Dars tayyorlab
kelmaganidan uyaldi. Mehrdan to„ymadik – Mehrga to„ymadik. Ko„rsatishga
uyaldim – Ko„rsatishdan uyaldim. U bir so„z aytishdan (ga) cho„chir edi.
Do'stlaringiz bilan baham: