Murtazayeva sadoqat


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/35
Sana23.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1392220
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari

 
5-topshiriq. Nuqtalar o‗rniga -ni, -ning qo‗shimchalaridan mosini tanlab
ularning qanday so‗z bilan sintaktik aloqaga kirishayotganligini ayting. 
Eshik… ochsam, darhaqiqat, Mirvali… o‗g‗li. 
Shular… odam qo‗li yaratgan, ularda odam qo‗li… izi bor. 
Chol chiroq… piligi… ko‗tarib qo‗ydi. 
Ko‗zim… ochsam bemor chol… xira ko‗zlari ko‗rinadi, yumsam yana titroq 
ovozi eshitiladi. 
 
6-topshiriq. Matndagi jo‗nalish kelishigida kelgan otlarni ajratib, ma‘nosi, 
qo‗shimchasi va so‗rog‗i hamda vazifasini aniqlang. O‗rniga ma‘nodoshlarini 
qo‗shyib ko‗ring.
Bolama o‗xshaydi ovozing seni. Bozordan ukamga qalam oldim. Farida opasi 
bilan shaharga ketdi. Insofga kelsin deya duo qildi. To‗tiniso buning sababiga qiziqdi. 
Suqsurlar bir oyga qolmasdan kelishdi. Jo‗raxonga o‗xshash gavdali xotin – bilim 
yurtining mudirasi – sinfga kirdi. Urushlar…Ular nega, kimga kerak?! (H.G‗.)
7-topshiriq. Chiqish kelishigidagi otlarning ma‘nosi, so‗rog‗i, vazifasini 
aniqlang. O‗rniga ma‘nodoshlarini qo‗shyib ko‗ring. 


58 
Chol kechga qolgan yakka-yolg‗iz yo‗lovchilarni daryodan shu qayiqda o‗tkazib 
qo‗yadi. Uyg‗ongan shaharning shov-shuvidan, odamlarning oyoq tovushlaridan, 
oftob tig‗idan qochib burkanib yotibman. Yigitcha o‗tirgan yer odamlardan chetroqda 
edi. Rais boshqalardan ko‗ra Baqabuloqdagi vodakachkani tiklash muvofiq va 
qulayroq ekanini tushuntirishga ko‗p ovora bo‗ldi. Otdan baland, itdan past. 
Uzumdan yeng, bog‗ini so‗ramang. O‗quvchilardan biri so‗rab qoldi. Kumush 
qishdan, zumrad bahordan, qolishmaydi kuzning ziynati. 
8-topshiriq. O‗rin-payt kelishigi ma‘nosi, qo‗shimchasi, so‗rog‗i va sintaktik 
vazifasini matndagi o‗rin-payt kelishigidagi so‗zlar vositasida tushuntirib bering. 
O‗rniga ma‘nodoshlarini qo‗shyib ko‗ring. 
Qalandarov bir oz sabr qilsa, yonida o‗tirgan shofyor…(A.Q.) Shu yerda o‗qib 
yurganida ham ko‗proq umrini maktabda, yozda lagerlarda, yoshlar orasida utkazar 
edi. (A.Q.) Bu suhbatda nima gaplar bo‗lganini Saida bilolmadi. Yo‗lchi miyig‗ida 
kulib qo‗ydi. Bir bosh uzum likopchada turgan edi. Mayxonada qancha amaldor, 
jig‗ador, tug‗dor, sardor, beklar o‗tiribdi. 
9-topshiriq. Matndagi jo‗nalish, o‗rin-payt va chiqish kelishigidagi otlarni 
aniqlab, ularning ma‘nolarini izohlang. O‗rniga ma‘nodoshlarini qo‗shyib ko‗ring. 
Botirda boqqa va bog‗bonlikka mehr bolalik vaqtidayoq uyg‗ondi. (S.N.) 
Qochoqqa shafqat yo‗q, qo‗rqoqqa – hurmat. Yaxshiga yondash, yomondan qoch. 
Aql yoshda emas, boshda. Aql aqldan quvvat oladi. Jo‗jani kuzda sanaydilar. Ilgari 
bu yerlar chakalakzor edi. Po‗lat pichoq qinsiz qolmas. To‗y. Baxt. Omonlik. Lekin 
dil tinch emas. Yo‗ldosh! Oynisa ostonada angrayib qoldi. (H.G‗.)

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling