Murtazayeva sadoqat


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/35
Sana23.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1392220
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari

 
 
 
 
 


59 
XULOSA 
Ishdan quyidagicha umumiy xulosalarga kelindi
Ma‘nodoshlik (sinonimiya) o‗zbek tilida atroflicha o‗rganilgan hodisalardan 
hisoblanadi. Bu borada, ayniqsa, A.Hojiyev, Sh.Rahmatullayev, A.G‗ulomov kabi 
olimlarning xizmatlari katta. Sinonimiya hatto Alisher Navoiyning ham nazariga 
tutgan hodisalardan. Navoiy turkiy tilning ifoda imkoniyatlari haqida gapirar ekan, 
bir ma‘noni darajalanishiga yoki holatiga qarab turib bir nechta so‗z orqali berish 
mumkinligini, fors (tojik) tilida esa bunday imkoniyatning yo‗qligini aytib o‗tadi. Bu 
sinonimiya hodisasini o‗rganishning o‗zbek tilshunosligida uzoq tarixga egaligini 
ko‗rsatadi. 
Sinonimiya hodisasi faqat leksik birliklarda emas, so‗z yasovchi va grammatik 
shakl yasovchi qo‗shimchalarda ham kuzatiladi. Ularga nisbatan mavjud darslik va 
qo‗llanmalarda affiks sinonimlar, morfologik sinonimlar, grammatik sinonimlar, 
qo‗shimchalar ma‘nodoshligi terminlari ishlatiladi. Malakaviy ishda sintaktik shakl 
yasovchilardan bo‗lgan kelishik shakllari sinonimiyasi va uning so‗z birikmasi turlari 
hamda gap bo‗laklarini ajratishga ta‘siri masalalari o‗rganildi.
Ma‘lumki, ismlarning gapda qanday bo‗lak vazifasida kelishini kelishik shakllari 
belgilab beradi. Kelishik kategoriyasining umumiy grammatik ma‘nosi ―o‗zi 
qo‗shilgan so‗zni keyingi so‗zga tobelantirib bog‗lash va gapdagi sintaktik vazifasini 
belgilash‖ deb belgilanadi. Haqiqatdan ham, kelishik shakllarining sintaktik shakl 
yasovchilik tabiati uning shu vazifalarida ko‗rinadi. Biroq sinonimiya hodisasining 
kelishiklarda yuzaga chiqishi gap bo‗laklari va so‗z birikmasi turlarini ajratishda bir 
muncha muammolarni keltirib chiqaradi.
Sinonimlik deyarli barcha kelishik shakllarida o‗zaro boshqa kelishik shakli 
bilan, shuningdek, ko‗makchilar bilan almashina olishda namoyon bo‗ladi. Ayniqsa, 
chiqish kelishigi shakli barcha kelishiklar o‗rnida qo‗llanilishi, hatto ko‗plab 
ko‗makchilar bilan o‗rin almasha olishi mumkin. Malakaviy ishda ushbu hodisalar 
atroflicha o‗rganildi va quyidagi xulosalarga kelindi: 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling