Murtazayeva sadoqat
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari
2-mashq. O‗qing. Тushum kelishigidagi so‗zlarni aniqlang. Тushum kelishigi
shaklining belgili va belgisiz ishlatish sabablarini ayting. Тushum va chiqish kelishigi shakllarining sinonimiyasidagi uslubiy bo‗yoqni tushuntiring. 1. Onam har gal xokandozni bo‗shatganida qop-qora chang ko‗tariladi. 2. Ukamni siltab ko‗rpachaga o‗tqazdi-yu, ikki kafti bilan yuzini to‗sgancha o‗kirib yubordi. 3. Uning bunaqangi bor ovoz bilan kulganini hech qachon eshitgan emasdim. 4. Тolda chumchuq ko‗rdim. Sherzod har safar hind kuylarini eshitganda rohat qilardi. 5. U g‗ashi kelib yuz o‗girdi-da, deraza oldiga borib, o‗y surdi. 6. U erkin muhabbat degan gapni noto‗g‗ri tushunayotgan, sevgidek tabarruk hisni oyoqosti qilayotgan odamlar to‗g‗risida yozishni ko‗pdan buyon izlar edi. (O„. Hoshimov) 7. Agar men ul allomayi davronni o‗z gulshanimda ko‗rmoq istaganimda, yetti qavat yerning ostidan bo‗lsa ham toptirib keltirar edim. 8. Abdulvafo Sariq bu og‗ir o‗ylardan charchab boshini yostiqqa qo‗ydi, qo‗ygan zahoti pinakka ketgan ekan, bir mahal allaqanday shov-shuv eshitib, ko‗zini ochdi. (O. Yoqubov) 3-mashq. Gaplarni o‗qing, qaratqich va tushum kelishigi shakllari o‗rinli qo‗llanganmi? Har bir kelishik shaklini o‗z o‗rniga qo‗yib, ko‗chiring. 1. Ma‘rifatchilar elimizga ma‘rifat urug‗ini sochishda fidoyilik ko‗rsatdilar. 53 2. Xalqparvar va insofli, diyonatli, boy-badavlat kishilarni moddiy yordamisiz ma‘rifatchilar faoliyat ko‗rsata olmas edilar. 3. Тijorat, sanoat va qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi bilan boyigan elimizni ishbilarmon kishilari o‗z davrini millionerlaridir. 4. Muayyan bir ijtimoiy guruh yoki millatni tub manfaatlarini nazariy asoslovchi va himoya qiluvchi falsafiy, siyosiy, huquqiy, diniy qarashlarni butun bir tizimiga mafkura deyiladi. 5. Xalqimiz Alloh taologa ibodat qilishni biladilar, yaxshi tilaklar tilaydilar. 6. Тushuntirishni hozirgi ilm-fan uchun, ayniqsa, tarix hamda falsafa, mafkura uchun qanchalar muhim ekanligini hayot ko‗rsatmoqda. 7. Odamlarning ma‘naviy, madaniy, siyosiy fikr maydonlariga tortish, har bir fuqaroning uni yoshidan qat‘i nazar, shu maydonni qatnashchisiga aylantirish bizni eng samarali yo‗limizdir. (I. G„afurov) 8. Makoning bo‗libdi tog‗lar orasi, Sensan go‗zallikni asli, sarasi. Mayus yuragingda ishqning yarasi, Sen ham oshiqmisan yoki ohujon. (A. Oriрov) Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling