2.3. Tushum kelishigining sinonimlari va sintaktik vazifalari
Tushum kelishigidagi ot gapda ish-harakatni qabul qilgan predmetga obyekt
tusini beradi va tushum kelishigi affiksini qabul qilgan ot vositasiz to‗ldiruvchi
vazifasida keladi. «Otga obyekt tusini berish va uni fe‘lga vositasiz to‗ldiruvchi
sifatida bog‗lash» tushum kelishigi umumiy grammatik ma‘nosining ot turkumidagi
xususiylashuvi.
Yuqorida aytilganidek, mavjud grammatikalarda tushum kelishigining ham
qaratqich kelishigi kabi belgisiz qo‗llanishiga nisbatan bosh kelishik bilan
ma‘nodoshlik sifatida qarash kuzatiladi. Biroq darslik va qo‗llanmalarda bunday
qarash yetakchilik qilmaydi. Qaratqich kelishigi kabi tushum kelishigi ham otlashgan
so‗zlar, olmoshlar, shaxs otlariga qo‗shilganda va fe‘l bilan tushum kelishigidagi so‗z
o‗rtasiga boshqa so‗z kirganda belgisiz ishlatilmaydi.
Qaratqich kelishigidan farqlanib tushum kelishigi atoqli otga qo‗shilganda
belgili ishlatiladi. Misollarni kuzatish shuni ko‗rsatadiki, bu kelishik atoqli
otlargagina emas, kishini anglatuvchi turdosh otlarga ham qo‗shilganda belgili
ishlatiladi. Agar -ni ishlatilmasa, tushum kelishigi deb emas, balki bosh kelishik deb
tushunish xavfi tug‗iladn. Masalan, Kifoyatxon oshni suzayotgan paytda idoradan
odam kelib, raisni olib ketdi (A.Qahhor) gapida to‗ldiruvchini rais shaklida belgisiz
ishlatib bo‗lmaydi.
Tushum kelishigi doim belgisiz ishlatiladigan konstruksiyalar turg‗un
bog‗lanmalar, frazeologik birliklarga to‗g‗ri keladi: ma‟no kasb etmoq, bola ko„rmoq;
muhokama yurgizmoq, quloq solmoq, yo„l bermoq kabi.
Demak, tushum kelishigi shakli quyidagi kelishiklar bilan o‗rin almashinishi
mumkin:
Chiqish kelishigi: Yigit choydan ichib gaplashib o„tirdi – Yigit choydan ichib
gaplashib o„tirdi.
Jo„nalish
kelishigi:
gapingizni
tushunmayapman
–
gapingizga
tushunmayapman.
43
Do'stlaringiz bilan baham: |