Murtazayeva sadoqat


Nutqiy xoslanishiga ko„ra


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/35
Sana23.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1392220
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Bog'liq
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari

3. Nutqiy xoslanishiga ko„ra: a) umumxalq leksemasi – nutqning barcha 
ko‗rinishlarida ishlatila olinadigan sinonimlar: odam, kishi, inson; b) so‗zlashuv 
nutqiga xos sinonimlar yoki dialektal sinonimlar: xit, ment, tog‗a (militsioner) v) 
rasmiy nutqqa xos sinonimlar: ishdan bo‗shatildi, ozod qilindi kabi. 
Shu bilan birgalikda tilimizda matnda birining o‗rnida ikkinchisini ishlatish 
mumkin bo‗lgan shoir, adib, yozuvchi tipidagi kontekstual (shartli) sinonimlar ham 
ajratiladi.
Xullas, sinonimlarga turli tomonlardan yondashish va ularni har xil turlarga 
bo‗lib yuborish mumkin. 
Har bir tilda asrlar davomida u yoki bu sabablarga ko‗ra sinonimlarning o‗ziga 
xos qatorlari paydo bo‗lishi mumkin. Sinonim so‗zlarning bir qatorga tizilib kelishiga 
sinonimik qator deyiladi. 
Sinonimik qatordagi boshqalariga nisbatan faol ishlatiladigan, adabiy tilga xos 
bo‗lgan, uslubiy jihatdan betaraf sanalgan so‗zga dominanta, ya‘ni bosh so‗z deyiladi. 
Masalan: qaramoq, boqmoq, tikilmoq, termulmoq sinonimik qatoridagi qaramoq 
so‗zi boshqalariga nisbatan keng iste‘molda. Shu bois, u dominanta so‗z sanaladi. 
Sinonimik qatordagi dominanta (bosh) so‗zga quyidagi talablar qo‗yiladi. 


18 
1. Dominanta so‗z aniq ma‘noni ifodalashi lozim: g‗alaba, zafar, tantana, 
muzaffariyat sinonimik qatoridagi g‗alaba so‗zida aniq ma‘no mavjud. 
2. Sinonimik qatordagi dominanta so‗z dialektal xususiyatlardan holi bo‗lishi, 
adabiy - orfografik shaklda ishlatilishi darkor. Bajarmoq fe‘li o‗tamoq, do‗ndirmoq 
fe‘llariga nisbatan umumiste‘molga yaqin. 
3. Dominanta so‗zda uslubiy bo‘yoqdorlik bo‗lmasligi lozim. Noto‗g‗ri degan 
so‗zni g‗alat yoki chatoq deb ishlatsak, uslubiy baho qo‗shilgan bo‗ladi. 
Dominanta so‗z neytralligi, umumistemolda keng ishlatilishi, sheva va uslubiy 
xossalardan holi ekanligi bilan o‗zi mansub bo‗lgan qatordagi boshqa so‗zlardan 
keskin farq qiladi. 
Yordamlashmoq, ko‗maklashmoq, qarashmoq, boqishmoq, sinonimik 
qatoridagi yordamlashmoq so‗zi mana shunday xususiyatga ega. 
Dominanta so‗z har xil shaklda bo‗lishi mumkin. 
a) tub leksema ko‗rinishida: kuch, quvvat, mador, majol, darmoya; 
b) yasama leksema holatida; g‗ayratli, serharakat, tirishqoq. 
v) frazema ko‗rinishida: burni ko‗tarilib ketmoq, dimog‗i shishib ketmoq, bosar 
-tusarini bilmay qolmoq. 
Tilimizda sinonim so‗zlar bilan birgalikda dublet so‗zlar ham ishlatiladi. 
Birining o‗rnida ikkinchisini hech qanday e‘tirozsiz ishlatish mumkin bo‗lgan 
leksik birliklarga dublet so‗zlar deyiladi. Masalan: ximiya – kimyo, grajdan – fuqaro, 
sudya – hakam, besh – a‘lo kabi. 
Dublet so‗zlar tilda ma‘lum bir davr uchun xos hodisa sanaladi. Xususan, hozirgi 
ijtimoiy o‗zgarishlar natijasida bilet – chipta, prospekt – shohko‗cha, vokzal – 
shohbekat kabi ko‗rinishdagi dublet so‗zlar ko‗p ishlatilmoqda. Til takomili 
natijasida ulardan biri asta-sekin passivlashib, iste‘moldan tushib qolishi mumkin. 
Keyingi tadqiqotlarda sinonimiya hodisasiga birmuncha zamonaviy yondashish 
seziladi: ―Fonetik tarkibi har xil, ma‘nosi bir xil yoki bir-biriga yaqin bo‗lgan so‗zlar 
sinonimlar (yunoncha sinonimiya - «bir xil ma‘nodagi nom») deyiladi. Masalan: 
aylanmoq – kezmoq – sayr qilmoq; xushbo‘y – muattar – hidli kabi. 


19 
Bir umumiy (birlashtiruvchi) ma‘nosi bilan o‗zaro bog‗lanuvchi so‗zlar guruhi 
sinonimik qator deyiladi. Sinonimik qator ikki yoki undan ortiq so‗zdan tashkil 
topishi mumkin: zavq – shavq – maroq kabi. 
Sinonimik qatordagi asosiy so‗z dominanta termini bilan yuritiladi. Dominanta 
sinonimik qatordagi boshqa so‗zlarga nisbatan uslubiy jihatdan betarafligi va nutqda 
ko‗proq qo‗llanishi bilan xarakterlanadi. Masalan: chiroyli - go‗zal – xushro‘y – zebo 
– barno – sohibjamol sinonimik qatoridagi «chiroyli» so‗zi dominanta, asosiy so‗zdir. 
Sinonimlar quyidagi turlarga bo‗linadi: 
1. To‗liq sinonimlar. Ma‘no sifatiga ta‘sir qilmay, bir-birining o‗rnida ishlatila 
oluvchi sinonimlar to‗liq sinonimlar deyiladi. Masalan: tilshunoslik -lingvistika
meditsina -tibbiyot kabi. 
2. Ma‘noviy sinonimlar. Bunday sinonimlar bir-biridan nozik ma‘nosi bilan 
farq qiladi: Masalan: nam, ho‗l, shalobbo; tiqillatdi, taqillatdi, do‗qillatdi, gursillatdi; 
kuldi, jilmaydi, iljaydi, tirjaydi singari. 
3. Kontekstual sinonimlar. Nutq situatsiyasi yoki kontekstda ma‘nolari 
jihatidan bir-birining o‗rniga ishlatila oluvchi sinonimlar kontekstual sinonimlar deb 
ataladi: shoir, yozuvchi, adib kabi. 
4. Uslubiy sinonimlar. Bunday sinonimlar ma‘lum bir uslubda qo‗llanib, 
boshqa uslubda qo‗llanmasligi bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan: keldi, tashrif 
buyurdi, bahor, ko‗klam kabi.
5. Grammatik sinonimlar: aqlli – baaql. 
6. Shartli sinonimlar: Nega kerak shu chiroy, shu o‗t, shu yoniq yulduzni 
ko‗zga yashirmoq?
Sinonimlar faqat bir xil so‗z turkumi doirasida mavjud bo‗ladi. Sinonimlar 
tilda yangi so‗zlarning paydo bo‗lishi va mavjud so‗zlarning yangi ma‘noda 
qo‗llanishi tufayli vujudga keladi. 
Yangi so‗zlar so‗z o‗zlashtirish va affikslar yordamida so‗z yasash orqali hosil 
bo‗ladi. Masalan, limon, investitsiya, limonzor, buyruq, yozuvchi kabi. 


20 
Shuningdek, tilda bor bo‗lgan so‗zlar asosida yaratilgan, ya‘ni ma‘no ko‗chishi 
asosida yaratilgan so‗zlar ham bor. Masalan: vazifa – topshiriq, farq – ayirma, maosh 
– moyana – oylik kabi‖
1

―Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo‗yoq va ottenkalar bilan 
ifodalaydigan leksemalar sinonimlar deyiladi. Sinonim leksemalar orasidagi 
munosabat sinonimiya yoki sinonimik munosabat deyiladi. Aslida leksemalar o‗zaro 
sememalari asosida boshqa leksemalar bilan ma‘nodoshlik munosabatida bo‗ladi. 
Aniqrog‗i, ko‗p sememali leksemalar har bir sememasi bilan alohida-alohida 
ma‘nodoshlik qatoriga kiradi. Masalan, [bola] leksemasi «voyaga yetmagan» 
sememasi asosida [norasida], [go‗dak] leksemalari bilan, «tirik mavjudotlarning 
zurriyoti» sememasi bilan [farzand], [zurriyot], [nasl] leksemalari bilan sinonimik 
munosabatga kirishadi. Demak, sinonimiya hodisasi haqida gapirganda leksik 
(leksemik) emas, balki semantik (semematik) sinonimiya deyish to‗g‗riroq bo‗ladi. 
Sinonim leksemalar sememalaridagi atash va vazifa semalari aynan bir xil, 
bo‗lib ifoda semalari farqlanadi. Misol sifatida yuz – bet – aft-bashara – turq, 
qatoridagi leksemalarning barchasida atash semalari bir xil: «odam boshi old 
tomoni», «peshanadan iyakkacha». Ammo ifoda semalari har bir leksemada o‗ziga 
xos. Aniqrog‗i, «shaxsiy munosabat» har bir leksemada boshqa-boshqa namoyon 
bo‗lgan. U yuz leksemasida «shaxsiy betaraf munosabat» ko‗rinishda bo‗lsa, turq 
leksemasida «o‗ta kuchli shaxsiy salbiy munosabat» tarzidadir. 
Ma‘nodoshlik qatoridagi leksemalarning ifoda semalari turli-tumandir. Ulardan 
ayrimlari quyidagilar: 
1) ijobiy yoki salbiy baho yohud munosabat semalari; 
2) leksemaning qo‗llanishi davrini ko‗rsatuvchi semalar: «eskirgan», «yangi», 
«o‗ta yangi», «arxaik», «tarixiy». 
3) leksemaning qo‗llanilish doirasini ko‗rsatuvchi semalar: «shevaga xos», 
«so‗zlashuvga xos», «kitobiy», «ko‗tarinkilik» va h. 
1
Bеgаliyеv N. O‗zbеk tili. Mа‘ruzаlаr mаtni. –Sаmаrqаnd: SаmDCHTI, 2006. 72 bеt. 


21 
Ma‘nodoshlik qatoridagi leksemalarning bittasi dominanta (bosh) leksema 
bo‗ladi. Uning xususiyatlari : 
1. Dominanta leksemaning mazmuni boshqa leksemalarnikiga nisbatan 
keyinroq va kambag‗alroq bo‗ladi. Qiyoslang: chiroyli, go‗zal va suluv, Ushbu 
qatordagi chiroyli leksemasida go‗zal va suluv leksemasidaga ko‗tarinkilik bo‗yog‗i 
yo‗q. 
2. 
Dominanta 
leksemaning qo‗llanish doirasi va mikdori boshqa 
ma‘nodoshlarinikiga nisbatan keng va ko‗p bo‗ladi. 
3. Dominanta leksema belgilanmagan ifoda semasiga ega bo‗lganligi bois 
istalgan vaqtda o‗z ma‘nodoshlarini almashtira oladi. 
4. Ma‘nodoshlik qatori mansub bo‗lgan katga tizimga faqat dominanta leksema 
kiradi. Masalan, «kishi tanasi a‘zolari» lug‗aviy ma‘noviy guruhiga yuz dominanta 
leksemasi kirib, quloq, burun, lab, qosh, peshona leksemalari bilan paradigma hosil 
qiladi. Boshqa ifoda semasi belgilangan leksemalar «betaraf» bo‗lolmaganligi bois 
yuqori paradigmaga kira olmaydi va ularning betaraf vakili bu huquqqa ega bo‗la 
oladi xolos. Ma‘nodoshlik paradigmasi doimo ochiq bo‗ladi‖
1

Yuqoridagilar o‗zbek tilshunosligida sinonimiya hodisasi an‘anaviy va 
zamonaviy (sistemaviy) usullarda to‗liq o‗rganilgan degan xulosaga kelishimizga 
asos bo‗ladi.
Ishning navbatdagi bo‗limlarida kelishiklar sinonimiyasi xususida to‗xtalamiz.
1
Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o'zbek tili. - 
Toshkent. - 2007. - B. 264-377. 


22 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling