Murzin Ibragim Xusainovich jasorati haqida


Download 16.39 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi16.39 Kb.
#1194647
Bog'liq
МАҚОЛААГА ТАҚРИЗ


Chirchiq oliy tank qoʼmondonlik muhandisligi bilim yurti oʼqituvchisi --------------------------------------ning “Murzin Ibragim Xusainovich jasorati haqida” nomli ilmiy maqolasiga
TАQRIZ
Ikkinchi jahon urushi tugaganiga 76 yil bo‘ldi. Ammo yana o‘nlab yillar, hatto asrlar o‘tmasin 40 davlatning hududidagi harbiy harakatlarga 110 million kishi safarbar etilgan, 70 million kishi qurbon bo‘lgan bu dahshatli qirg‘inbarotlikni aslo unutib bo‘lmaydi.Vatandoshlarimiz ham bu urushda o‘z ona yurtining ozodligi, tinch-omon kunlar uchun jang maydonlarida mislsiz qahramonlik ko‘rsatishgan, front orqasida ham ularning yetti yoshdan yetmish yoshigachalari kecha-yu kunduz tinim bilmay fidokorona mehnat qilgan. Shu bilan birga el-yurtimiz mudhish urush yillarida o‘zining eng yuksak insonparvarlik fazilatlarini namoyon etib, evakuatsiya qilingan turli millatga mansub 1,5 million kishini, shu jumladan 250 ming yetim bolalarni o‘z bag‘riga olib, “O‘zbekiston – bag‘ri keng diyor” ekanini amalda yana bir bor isbotlagan.
Muallif ushbu maqolada ikkinchi jahon urushida bemisl qahramonlik ko’rsatgan, Vatan himoyasi uchun jonini fido qilgan Murzin Ibragim Xusainovichning jasorati va qahramonliklari tarixiy adabiyotlar hamda arxiv manbalari asosida yoritilgan. Maqola xorijiy va mahalliy adabiyotlar, arxiv va internet ma’lumotlari asosida chuqur tahlil etilgan.
Muallif maqolada so’z yuritilgan tarixiy shaxsning jasoratlari haqida ma’lumot beribgina qolmasdan, uning bugungi va kelajak avlod ongida vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati haqida asosli fikrlar bildirgan.
Umuman olganda maqola mavzusi dolzarb, ma’lumotlar ilmiy asoslangan, nashr uchun tavsiya qilaman.


ЧДПИ профессори,
педагогика фанлари доктори Ш.Қ.Мардонов

Чирчиқ олий танк қўмондонлик муҳандислиги билим юрти ўқитувчиси --------------------------------------нинг “---------” номли илмий мақоласига
ТАҚРИЗ
Bevosita Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va g‘oyasi bilan O‘zbekiston xalqining jang maydonlaridagi, urush ortidagi qahramonligi va fidokorona mehnatini, tarixiy xizmatlarini mamlakatimiz va jahon jamoatchiligiga yetkazish va abadiylashtirish, yosh avlodimizni ota-bobolarimiz jasoratiga munosib bo‘lgan, bugungi tinch, osoyishta hayotni asrab-avaylash va yanada mustahkamlashga qodir, jonajon Vatanimizga sadoqatli insonlar etib tarbiyalash maqsadida poytaxtimizda muhtasham "G‘alaba bog‘i" yodgorlik majmuasi bunyod etildi.O‘zbek xalqining o‘g‘lonlari ham Ikkinchi jahon urushi frontlarida mardlik va qahramonlik ko‘rsatdilar. Stalingrad shahri himoyasida ko‘rsatilgan jasorat uchun 2,738 nafar o‘zbek askariga harbiy orden va medallar topshirilgan. Dnepr jangidagi qahramonliklari uchun 45 nafar o‘zbek askari Sovet Ittifoqi qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. Dushman tomonidan vaqtincha bosib olingan hududlarda o‘zbeklar partizan otryadlarida jang qilgan.
Muallif ushbu maqolada ikkinchi jahon urushida bemisl qahramonlik ko’rsatgan, Vatan himoyasi uchun jonini fido qilgan Murzin Ibragim Xusainovichning jasorati va qahramonliklari tarixiy adabiyotlar hamda arxiv manbalari asosida yoritilgan. Maqola xorijiy va mahalliy adabiyotlar, arxiv va internet ma’lumotlari asosida chuqur tahlil etilgan.
Muallif maqolada so’z yuritilgan tarixiy shaxsning jasoratlari haqida ma’lumot beribgina qolmasdan, uning bugungi va kelajak avlod ongida vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati haqida asosli fikrlar bildirgan.
Umuman olganda maqola mavzusi dolzarb, ma’lumotlar ilmiy asoslangan, nashr uchun tavsiya qilaman.
ЧДПИ профессори,
педагогика фанлари доктори Ш.Қ.Мардонов
Download 16.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling