Мушак тўҚимаси каримов Мухаммадали Абдухоликович
aktin va boshqa bog‘langan oqsil
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
МУШАК ТЎҚИМАСИ
aktin
va boshqa bog‘langan oqsil lardan ( troponin , tropomiozin ) iborat bo‘ladi. • 2. Yo‘g‘on filamentlar miozin nomli protein lardan tashkil topganligi uchun miozin filamentlari deb nomlanadi. Miozin filamentlarining aktin va ATF bog‘lovchi boshchasi va uzun dumchasi mavjud bo‘ladi. • 3. Elastik filamentlar titin nomli katta hajmli protein lardan tuzilgan bo‘lib, ularning vazifasi miozin filamentlarini bir joyda mustahkam tutib turishdan iborat bo‘ladi. • D. Filamentlar o‘zaro muvofiqlikda joylashib, birgalikda miofibrilning funksional birligini hosil qiladi, ular sarkomer deb nomlanadi. • Bir sarkomerning uzunligi 3 μmga yetib, ular bir miofibrilning boshidan oxirigacha ketma- ket va tartib bilan joylashib uni to‘ldirib turadi. • E. Sarkomer tarkibida yo‘gon filamentlar (miozin) ning parallel joylashuvi skelet muskulida to‘q rangda ko‘rinib, ko‘ndalang targ‘il qiyofa beradi. Ingichka filamentlar miofibrilda ikki sarkomer o‘rtasida joylashgan Z chiziq hududida ko‘p miqdorda topiladi va muskulda och rangdagi oraliqlarni ifodalaydi. (Batafsil quyidagi rasmda). • F. Z chiziqda boshqa oqsillar ham uchraydi, masalan, desmin. Bu oqsil hujayraning strukturaviy va mexanik yaxlitligini saqlashga yordam beruvchi oqsildir. U miofibrilda sarkomerni, sarkolemma va boshqa hujayra ichi tuzilmalari bilan bog‘lab turadi. SKELET MUSKUL QISQARISH MEXANIZMI • A. Miozin filamentining boshchalari aktin miofilamentlari bilan ko‘ndalang ko‘prik (cross-bridge) larni hosil qiladi. Bu hodisa dengizda eshkak eshishga o‘xshash ko‘rinishda amalga oshadi. Muskul tolasi bo‘shashgan holatda bo‘lganida, miozin boshchasida ADF va unga bog‘langan fosfat qoldig‘i mavjud bo‘ladi. • B. Qachonki muskul hujayrasini innervatsiya qiluvchi neyron orqali nerv impulsi kelganda, muskul hujayrasi membranasidagi kalsiy kanallari ochiladi va hujayra ichiga kirgan kalsiy ionlari aktin filamentidagi troponin oqsilining shakli o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Filamentdagi bu o‘zgarish troponin- tropomiozin kompleksini aktin filamentining miozin birikuvchi qismidan ajralib ketishini ta’minlaydi. Shu orqali aktin filamentida miozin filamenti boshchasi kelib birikishi uchun bo‘sh joy hosil qilinadi. • C. Miozin boshchasi endilikda, aktin miofilamentiga bog‘lanadi va bu orqali aktin-miozin kompleksi hosil qilinadi. Miozin miofilamenti boshchasi ATF molekulasidagi fosfat bog‘larning uzilishi hisobiga hosil bo‘lgan energiya orqali dastlabki aktin bilan bog‘langan chuqurchadan ajrab, keyingi chuqurcha tomon harakatlanadi. Shu orqali miozin ostidagi aktin filamentining miozin filamenti tarafga harakatlanishi amalga oshadi. • D. Aynan hujayra ichidagi kalsiy ioni miqdori saqlanib tursa, aktin chuqurchalari dan troponin- tropomiozin kompleksi ajralib chiqishda davom etadi. Bu jarayon aktin va miozin filamentlarining bir- biriga qarama-qarshi ravishda uzunligi boricha davom etadi. • E. Muskul qisqarganda, aktin miozin boshchalari orqali sarkomer markazigacha tortiladi, bu esa muskul tolasining kaltalanishiga olib keladi. Qachonki, muskul to‘liqligicha qisqarganda, miofibrillalarda ko‘rinuvchi H zonasining butunlay ko‘rinmay qolishiga sabab bo‘ladi. • F. Shuni esda tutish kerakki, aktin va miozin filamentlari uzunlik jihatdan o‘zgarishga uchramaydi, ular bir-biri orasiga kirishishi orqali miofibril tolasining qisqarishiga sabab bo‘ladi. SILLIQ MUSKUL TUZILISHI • A. Silliq muskullar sekin va turg‘un (davomiy) qisqarish xususiyatiga ega bo‘lib, avtonom nervlar va turli gormonlar ta’sirida qo‘zg‘alishga moslashgan. Bu xildagi muskullar qon tomirlar, hazm, nafas va reproduktiv tizim organlarining asosiy komponenti hisoblanadi. Tasavvur hosil qilish uchun, silliq muskul hujayralari uzunligi 20 μm dan (mayda qon tomirlarda) 500 μm gacha (homilador bachadonida) bo‘ladi. • B. Silliq muskul tolalari cho‘zilgan, duksimon hujayralardan tuzilgan bo‘lib, markazda joylashgan hujayra yadrosi ham cho‘zilgan shaklga ega. Silliq muskul hujayralarida ko‘ndalang-targ‘il muskul hujayralaridan farqli ravishda aktiv bo‘linish va regeneratsiyalanish xususiyati mavjud. • C. Silliq muskul hujayralari yuzasida kaveola (ing. caveola) deb ataluvchi ko‘plab kichik plazmolemma invaginatsiyalari mavjud bo‘lib, ular o‘zida Ca2+ ionlarining ajralishini boshqaruvchi ko‘p sonli ion kanallarini saqlaydi. Hujayralar rudimentar sarkoplazmatik retikulumga ega, ammo T-tubulalari yo‘q, chunki bunday ko‘plab neksus (gap junction) larga ega kichik, uzunchoq hujayralarda ularning vazifasi ahamiyatsiz. • D. Yurak va skelet muskullaridan farqli o‘laroq, silliq muskul hujayralari aktin va miozin filamentlaridan to‘plamli sarkomerlar hosil qilmaydi va miotubulalar ham mavjud emas. Aktin filamentlarida skelet va yurak muskullaridagi kabi kalsiyni bog‘lash uchun troponin ham mavjud emas. • E. Bundan tashqari, silliq muskul hujayralarida o‘ziga xos strukturalar – zich tanachalar (dense body) hamda adgezion pilakchalar mavjud. Bu tuzilmalar miofilamentlarga birikib sitoskeletning mustahkamligini ta’minlaydi. Zich tanachalar sarkoplazmada joylashib, bir tomondan miofilamentlar va boshqa tomondan intermediate filamentlarni o‘ziga bog‘lab turadi, ya’ni ikki xil tuzilmani o‘zaro tutashtirib turadi. Adgezion pilakchalar ham xuddi shunday vazifani bajaradi, lekin hujayra membranasiga yopishganligi bilan zich tanachalardan farq qiladi. SILLIQ MUSKUL TIPLARI • A. Odam organizmida 2 xil silliq muskul tiplari uchraydi, bular: • 1. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling