Мушак тўҚимаси каримов Мухаммадали Абдухоликович
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
МУШАК ТЎҚИМАСИ
Single unit
(bir motoneyronli), bu tipdagi muskullarda motor birlik – neyron bitta bo‘ladi, ya’ni ko‘plab silliq muskul hujayralari bitta motoneyron tolasi orqali innervatsiya qilinadi. Bunda bir hujayrada hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish – depolyarizatsiya uning atrofidagi hujayralarga neksus (gap junction) lar orqali tarqaladi. • 2. Multi unit (ko‘p motoneyronli) tipdagi silliq muskullarda esa ko‘plab nerv tolalari har bir hujayrani alohida-alohida innervatsiya qiladi va silliq muskul hujayralari bir-biri bilan neksuslar orqali bog‘lanmagan bo‘ladi. • B. Ushbu jadvalda silliq muskul tiplari o‘rtasidagi farqlar hamda ularning qaysi organlarda joylashganligi berilgan: SILLIQ MUSKUL QISQARISH MEXANIZMI • A. Silliq muskullar qanday qisqaradi? Silliq muskullarda qisqarish nisbatan uzoqroq davom etadi, ya’ni sekin qisqarib, sekin bo‘shashadi. Hujayralar ularga yaqin vegetativ nervlardan ajralib chiqadigan neyrotransmitterlar (masalan, atsetilxolin yoki norepinefrin) hisobiga qo‘zg‘aladi va depolyarizatsiyalanadi. Silliq muskul hujayralari qondagi karbonat angidrid konsentratsiyasi va arterialardagi cho‘zilish kabi mahalliy omillar tufayli ham qisqarishi va bo‘shashishi mumkin. Bu barcha stimullarning umumiy tomoni shundaki, muskul qisqarishi uchun skelet va yurak muskullaridagi kabi hujayra ichidagi kalsiy miqdori ko‘payishi kerak. • B. Sarkolemma, ya’ni muskul hujayrasi membranasi depolyarizatsiyalanishida birinchi navbatda ligand tipda ishlaydigan natriy kanallari aktivlanadi va Na+ ionlari hujayra tashqarisidan hujayra ichiga kiradi, bu esa ichkarida musbat ionlar ortishiga – depolyarizatsiyaga sabab bo‘ladi. Depolyarizatsiya natijasida, voltaj darvozali kalsiy kanallari ochiladi, hujayra tashqarisidagi Ca2+ ionlari hujayra ichiga kiradi, hamda sarkoplazmatik retikulumda joylashgan retseptorga kelib birikadi, bu orqali sarkoplazmatik retikulum ichidagi mavjud Ca2+ ionlarisarkoplazmaga chiqariladi. Bu jarayon kalsiyga bog‘liq kalsiyning ajralishi (Calcium induced Calcium release) deb ataladi. • C. Sarkoplazmada Ca2+ ionlari miqdori ortganidan so‘ng, kalmodulin oqsili kalsiyni o‘ziga biriktiradi (bu 1:4 nisbatda bo‘ladi, ya’ni 1 ta kalmodulin 4 ta kalsiyni biriktiradi) va kalsiy- kalmodulin kompleksi hosil bo‘ladi. Bu kompleks MLCK (myosin light chain kinase – miozin yengil zanjiri kinazasi) fermentiga birikib uni aktivlaydi, ushbu ferment o‘z nomidan ma’lumki, miozinning yengil zanjirini fosforillash vazifasini bajaradi. Aktivlangan ferment ATF dan foydalanib, bitta fosfat qoldig‘ini miozinning yengil zanjiriga, ya’ni “bo‘yni”ga biriktiradi va miozin boshchasi faollashib, aktinlarni o‘ziga tortadi, natijada, qisqarish sodir bo‘ladi. • D. Silliq muskul tanamizda asosiy funksiyalarni bajarganligi sababli, ularning sinxron bo‘shashishi qisqarish kabi muhimdir. • Silliq muskulning bo‘shashishi ma’lum faktorlar, masalan, azot II-oksidi (NO) hisobiga yuzaga keladi. • Bunda endotelial hujayralarda hosil bo‘lgan NO diffuz yo‘l bilan silliq muskul hujayrasi ichiga o‘tadi hamda Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling