mushakli bez bo‘lib, u siydik chiqaruv kanalining yuqori (prostatik) bo‘limi atrofida joylashadi. Taraqqiyoti


Download 192.92 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi192.92 Kb.
#1382847
Bog'liq
gista


Mavzu: Prostata bezining gistofiziologiyasi
Prostata bezi (prostata) mushakli bez bo‘lib, u siydik chiqaruv kanalining yuqori (prostatik) bo‘limi atrofida joylashadi. Taraqqiyoti. Prostata bezining bezli to‘qimasi urogenital sinus murtagidan, biriktiruvchi va silliq mushak to‘qimalari mezenximadan rivojlanadi. Prostata bezi tashqi tomondan yupqa biriktiruvchi to‘qimali kapsula bilan o‘ralgan bo‘lib, mushak tutamlari biriktiruvchi to‘qima qatlamlari bilan birgalikda bezni 30-50 ta bo‘lakchalarga bo‘ladi.

Prostata bezlari ohirgi bo‘lim va siydik chiqaruv kanali (uretra)ga ochiluvchi chiqaruv naylaridan tashkil topgan.

Ularning chiqaruv naylari ko‘p qatorli prizmatik epiteliy bilan qoplangan. Bezning oxirgi bo‘limi va chiqaruv naylari atrofida siyrak tolali biriktiruvchi va silliq mushak to‘qimalaridan iborat qatlamlar joylashadi.

Urug‘ do‘mboqchasi (colliculus semi nalis) siydik chiqarish kanalining orqa devoriga o‘rnashadi. Uning yuzasi o‘zgaruvchan epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, asosini ko‘plab elastik tolalarva silliq mushak hujayralarini tutuvchi biriktiruvchi to‘qima tashkil etadi. Urug‘ do‘mboqchasida jinsiy sezginiig asosiy nuqtasi bo‘lgan nerv tolalari va nerv oxirlari ko‘plab joylashib, ularning ta’sirlanishi ereksiya na eyakulyatsiyanpng ba’zi fazalarini yuzaga keltirib chiqaradi. Urug‘ do‘mboqchasi ereksiya holatida eyakulyatning siydik pufagiga qarab oqishiga va siydik chiqishiga qarshilik ko‘rsatadi.




Urug‘ do‘mboqchasining orqasida, bo‘ylama silliq mushak tolalari orasida prostata bachadonchasi joylashadi, uning o‘lchamlari bezning tuzilishiga qarab har xil bo‘ladi. Prostata bachadonchasining ichki yuzasi o‘zgaruvchan epiteliy bilan qoplangan. Tuzilishi bo‘yicha bu organ prostata bezining bitta yo‘lini eslatadi. Prostata bachadonchasi chiqaruv teshigi bilan urug‘ do‘mboqchasining yuzasiga ochiladi. Prostata bezining sekreti ѐpishqoq bo‘lib, ishqoriy reaksiyaga ega bo‘lgan (pH-8-8,4) sut rangli suyuqlikdir. Prostata bezi sekretining tarkibiga suv, nukleoprotein, lesitin, xolin, spermin (spermaga maxsus hid berib turuvchi organik modda) va ko‘p miqdorda tuzlar, ayniqsa, kaliy tuzlari kiradi. Bundan tashqari, prostata bezida prostaglandin moddasining ishlanishi ham aniqlangan. Prostaglandinlar lipid tabiatlibiologik aktiv birikma bo‘lib, ular har xil tarzda organizmga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Prostaglandinlarning A, E , F guruhlari ma’lum. Shulardan F prostaglandinlar silliq mushaklarni qisqartirsa, Ye xillari mushaklarni bo‘shashtiradi. Prostaglandinlarning bu xususiyatidan akusherlik amaliyotida tug‘ish jarayonini boshqarishda va homilani tushirish (abort)da foydalaniladi. Prostaglandinlar yurakning qisqarish kuchi va chastotasiga ta’sir qilibgina qolmay, buyrakda renin ishlanishini va ionlar reabsorbsiyasi hamda arterialqon bosimining boshqarilishi kabi fiziologik jaraѐnlarda ishtirok etadi. Qarilikda ko‘pincha sekret quyuqlashib, prostata bezining chiqaruv yo‘llarida yumaloq yoki oval shakldagi prostatik konkresiya deb nomlanuvchi konsentrik qavatli tanacha hosil bo‘ladi. Tanacha ohak shimib olishi mumkin. Bunda ular ba’zan diametri 1 mm gacha bo‘lgan prostatik toshlarga aylanib qoladi. Prostata bezining tuzilishi ѐsh oshib borgan sari o‘zgarib boradi. Bu o‘zgarishlar organizmning shu ѐshda gormonlar bilan ta’minlanish holati bilan uzviy bog‘langan. Qariyalarda prostata bezi atsinuslari epiteliysining proliferatsiyaga uchrashi va silliq mushak tolalarining gipertrofiyasi kuzatiladi. Bunday jaraѐnning kuchayishi keksalarda uchraydigan prostata bezining adenomasiga olib keladi. Tibbiyot amaliyotida prostata bezi bilan bog‘liq asosan uchta muammo mavjud: 1) infeksion ѐki bakterial agentlar bilan bog‘liq surunkali prostatit; 2) tugunli giperplaziya ѐki prostata bezining gipertrofiyasi, periuretral shilliq hujayralarda kuzatilib, natijadi bemor siydik ajratishga qiynaladi va 3) prostata bezining havfli o‘smasi (prostata adenokarsinomasi).
Download 192.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling