Musiqa asarlar tahlili


Download 409.08 Kb.
bet2/4
Sana18.02.2023
Hajmi409.08 Kb.
#1212924
1   2   3   4
Bog'liq
Nurxonov Kamoliddin TAHLIL

3. Bayon turlari.
Qismning har bir funksiyasiga bayonning ina'lum turi. ya'ni rivojlovning
o'ziga xos davra va usullari mos keladi. Bunday musiqiy bayon turi uchta:
1. Bayonning ekspozitsion (“ko'rsatuv”) turi tonal turg‘unlik, mavzuviy va
strukturaviy birlik bilan ajralib turadi. Bayonning bu turi mavzu ekspozitsiyasiga mos keladi.
2. Bayonning o‘rtaliq turi tonal va mavzuviy noturg‘unlik. parchalash
strukturasi, ohang ishlovi, og’ishmalar va modulyatsiyalar bilan ajralib turadi.
Bayonning bu turi o'rtaliq, boglamlar, rivojlovlar uchun xos.5
3. Bayonning yakuniy turi asosiy yoki bo‘ysunuvchi tonallikda tonikaning
erishilgan mustahkamlanishini hosil qiladi. Yakuniy bayon turining belgilari
quyidagilar bolishi mumkin:
a) kadansli qo‘shimchalar, tonikani tutib turish yoki takrorlash;
b) tonika organ punqti;
v) subdominanta tomonga og‘ishmalar;
g) oldingi qismga o ‘sha tonallikdagi qo‘shimcha tuzilmalarni qo'shish;
d) fakturani yengillashtirish, ovozlar sonini qisqartirish.
Bayonning yakuniy turi reprizada. tugallanish qismida va kodada uchraydi.
Musiqa shaklida rivojlantirish tamoyillari.
Musiqiy shakl vaqt davomida yoritilib ayon bo'ladi va jarayon, ya’ni rivojlanishdan iborat bo'ladi. Musiqiy shaklninng yoritilib berilishida rivojlantirishning beshta tamoyili katta o'rin tutadi.
Birinchi tamoyil - takrorlanish. Bu bir xil kadensiyali yakun bilan aynan
takrorlanish. Cholg‘u musiqasida oddiy takrorlanish ko'pincha bir martagina
qo'llanadi (Betxoven Sonata op 31 ,№ 3, 1q).
Ikkinchi tamoyil - o ‘zgartirilgan takrorlanish, ko'pincha variantlash deb
ataladi. Bunday takrorlanish tuzilma uzunligi va kadensiyasini saqlangan holda
oddiy takrorlanishning o'rnini bosishi mumkin. Variantlangan repriza istalgano ‘zgarishlari bilan hamisha alohida qism deb hisoblanadi: a+b+a^
Uchinchi tamoyil - rivojlov. Rivojlovda mavzu qismlarining o ‘sha
balandlikda, oddiy yoki o ‘zgartirilgan, y a’ni, yangi garmoniyada, yangi tonallikda,
turli ovozlarda takrori ro‘y beradi. Avval alohida-alohida jaranglagan elementlar
endi ketm a-ket yoki bir vaqtdagi bog‘lanishda kelishi mumkin.
To‘rtinchi tamoyil - yasama kontrast. U dastlabki mavzuning yangisiga
aylantirlishini ko'zda tutadi.
Beshinchi tamoyil-chog‘ishtirma-kontrast-aval bayon qilingan
mavzuga qarama-qarshi qo‘yiladigan va, ba’zan hatto juda sezilarli tafovutga
qaramay, u bilan badiiy bir butunlik hosil qiladigan yangi mavzuni kiritish bilan
hosil qilinadi.
Qarama-qarshilik sakramalar bilan ta'kidlangan yoki izchil o‘tish bilan
yumshatilgan bo‘lishi mumkin. Qarshi qo'yilgan mavzular o'rtasida katta tafovutlar
bo‘lmasa, bu kontrast bir planli bo‘lishi mumkin. Surat o ‘zgarishi bilan kechadigan
sezilarli kontrastni turli planli kontrast deb yuritiladi.


Download 409.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling