Musiqa asarlar tahlili


Oddiy va murakkab uch qismli shakl va uning kompozitor ijod namunalarida qo‘llanilishi


Download 409.08 Kb.
bet3/4
Sana18.02.2023
Hajmi409.08 Kb.
#1212924
1   2   3   4
Bog'liq
Nurxonov Kamoliddin TAHLIL

4.Oddiy va murakkab uch qismli shakl va uning kompozitor ijod namunalarida qo‘llanilishi
Oddiy uch qismli shakl deb birinchi qism, o‘rtaliq va reprizadan iborat
simmetrik shaklga aytiladi. Birinchi qism ikki jumladan iborat bir tonalli yoki modulyatsiyalovchi davriyadir. Uchta jumladan iborat davriyalar ham uchraydi (Betxoven. Sonata op 2 №1, Menuet). Shaklning o'rta qismi (o'rtaliq) chekka qismlariga qarama-qarshi qo‘yiladi. O‘rtaliq davriya yoki rivojlov xarakteridagi tuzilmalar qatorini hosil qiladi. Uchinchi qism - repriza, birinchi qismning aynan yoki o'zgartirilgan takroridan iborat. Oddiy uch qismli shakl qismlarga bo‘laklangan yoki qismlari qo‘shilib ketgan bo'lishi mumkin. Qismlarga bo'laklangan shaklda, odatda, birinchi qism, keyin esa o'rtaliq va repriza birgalikda takrorlanadi. Qismlar aniq takrorlanganda repriza belgisi qo‘yiladi. Aniq takrorni harfiy ko'rinishda quyidagicha ifodalash mumkin : ||:A:|| + ||:B + A:||6
O‘rtaliq qism. Oddiy uch qismli shakl o'rtalig'ining quyidagi turlarini farqlash mumkin.
1. Rivojlantiruvchi toifadagi o‘rtaliq qismi. Mazkur qism noturg un
xarakterga ega bo‘lib, birinchi qism mavzusini rivojlantiradi. Rivojlantiruvchi
o‘rtaliqli uch qismli shakl bir mavzuli deb yuritiladi. Shaklning bu ko‘rinishining harfiy ifodasi quyidagicha: A + A]+A. 2. OT taliq qismda birinchi qism mavzuining rivojlovi : bcflaklash, parchalash, ta'kidlash, garmonik rivojlantirish kabi usullar yordamida ishlov beriladi

(P.Chaykovskiy. «Yi 1 fasllari», «Troykada» Allegro moderato). Harfiy

Ifodasi

quyidagicha:

A + R + A.

3. Kontrastlovchi toifadagi, yangi musiqiv materialga tuzilgan ortaliq
(L.Betxoven. Sonata № 7 III q.). Harfiy ifodasi quyidagicha: A + В + A.
Kontrastlovchi o'rtaliqli uch qismli shakl ikki mavzuli deb yuritiladi.
4. Ortaliq mavzusi aniq ifodalanniagan otishdan iborat bolishi mumkin (L .B etxoven.Sonata№ 18, III q.). Harfiy ifodasi quyidagicha:
A + otish + A.
O‘rtaliq qismdagi garinonik rivojlanish xususida. Oddiy uch qismli shakl o'rtalig‘ida garmonik rivojlanish oddiy va murakkab bolishi mumkin. O‘rtaliqdagi garmonik rivojlanish turi, eng aw alo , uning mavzu xarakteri bilan bo g ‘liq.
O‘rtaliq qismda yangi mavzuning mavjudligi (A + В + A) uzoq tonallikka
(birinchi qismning asosiy tonaliigiga nisbatan) ketish uchun ko'proq asos beradi.
Oddiy uch qismli shakl qismlari o ‘rtasidagi tonallik nisbatlarning uchta turini farqlash kerak:
1) O‘rtaliqda yangi tonallikka o ‘tilmaydi va uning davomida asosiy tonallik tonika tovushidan uzoqlashiladi;
2) O‘rtaliqda parallel yoki boshqa yaqin tonallikka qisqa muddatli ogkishma
hosil qilinadi. Bunday holat, odatda, o ‘rtaliqda birinchi davriyaning mavzuiy unsurlaridan foydalanilganda yuzaga keladi;
3) o‘rtaliqning aval boshidan yangi, ba’zan asosiysiga nisbatan uzoq tonallik
paydo bo‘ladi. Asosiy tonallika qaytish yo reprizani bevosita tayyorlaydigan taktlarda, yoki butun o‘rtaliq davomida asta-sekin modulyatsion harakat bilan
amalga oshiriladi. Hajman katta boMmagan o ^aliqlarda tonalliklar qiyosi beriladi (Shopenning № 24 mazurkasi. C-dur). Anchagina davomli kechadigan o’rtaliqda, odatda, qator oraliq tonalliklar orqali reprizaga asta-sekin o'tiladi.
Xajmdan qat'iy nazar, ayrini namunlarda o ’rta qism reprizaning aniq his qilinadigan tayyorgarligi bilan yakunlanadi. Reprizani tayyorlash uchun qo’llanadigan keng tarqalgan usul - o'rtaliqni asosiy tonallik dominantasida organ punkti bilan yakunlash. O‘rtaliqdan reprizaga o'tishda ba’zan mavzuiy va tonal reprizalar mos
kelmasligi kuzatiladi. Masalan, Mendelson .\i> 6 «So'zsiz qo'shiq» da tonal repriza
tematik reprizadan 8 takt oldin keladi.
Har bir asarning o’ziga xos uslub va janri, badiiy obraz jihati, mazmun mohiyati va o’zining dramaturgiyasi bilan ajralib turadi. Musiqiy asarlarni ijro etishda albatta ijrochidan musiqiy estetik did, kuchli texnik mahorat va albatta musiqiy his muhim rol o’ynaydi. Tabiiyki, kompozitor tomonidan o’ylangan musiqiy g’oyani muxlislarga yetkazishda ijrochi ma’lum darajada bilim va ko’nikmaga ega bo’lishi darkor. Ushbu asarlarni ijro etayotganda, har taraflama pioninachilarning texnik mahorati ya’ni barmoqlarning tez va shiddatli harakatlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatib, kerakli bo’lgan texnik manbaga yo’naltirib uni rivojlantiradi. Shuni aytishimiz mumkinki, O’zbekiston kompozitorlarining fortepiano ijodiy asarlaridan tamomila farqlanadi. Hozirgi paytda ijrochilarimiz yangi fortepiano uchun yozilgan milliy innovatsion asarlarni kutishmoqda, ba’zan pianinochilarimiz ma’lum bir xalqaro ko’rik-tanlovlarda ishtirok etsa, albatta, tanlovning shartida, ishtirokchi istiqomat qiluvchi davlat kompozitorining asarlarini ijro etishi darkor bu esa ayni muddao. Asar tahliliga qisqacha e’tibor bersak, maqsadga muvofiq bo’ladi
Ushbu asar buyuk jahon kompozitori D.Shostakovich motivi asosida yaratilgan. Berilgan musiqaviy matoni harfiy tizimda ko’rib chiqsak D harfi (re) tovushni, eS (mi bemol) tovushni, C (do) tovushni, H (si) tovushni beradi bularni umumiy yig’sak DeSCh D. Shostakovich bo’ladi. Ushbu tushunchani mualliflik belgi, motiv, o’zining tonlar kombinatsiyasining monogrammasidir desak mubolag’a bo’lmaydi.
Demak, ushbu ilmiy tadqiqotimizda kompozitor tamonidan qo’llaniladigan o’ziga xos kombinatsiya va texnikalar albatda xar bir ijodkor ijrochini qo’llab quvatllaydi sababi keltirilgan nota matnida juda shidatli dramatik urush g’oyasini ko’rish xis etish mumkin.7

Demak, аsar III qismli murakkab shaklda bo’lib, I qism o’tkir drammatik holatlarni o’zida mujassam etib, kuchli dinamik, dissonans akkordlarni keskin qo’llanilishi, garmoniyaning izchilligi, fakturaning keng diapozonda qo’llanilishi, baslarning o’zaro kurashishi yaxlit bir revolyutsiyani o’zida singdiradi.
Asarning badiiy mazmun mohiyati shiddatli urush kuchli janglar bilan tasvirlangan. II qism, I qismga nisbatan sezilarli darajada kuchli kontrastni sodir etib, undagi mavzu lirik chekinishga qarab harakatlanadi. Undagi mavzu milliy va zamonaviy ohanglar bilan qovushilgan va ularni to’lqinlanish bezaklari mumtoz kolorit baxsh etadi. Pyesani ijro etishda ovoz talqinlariga erishish uchun qator o’ziga xos uslubga qattiq rioya qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Asarning o’rta qismida musiqiy uslub yaqqol muxlislar va musiqashinavandalar tamonidan sezilib turadi unda ishlatiladigan impressianizim musiqiy davr oqimi musiqaviy va fantastik falsafiy psixolagik qirralar yorqin juda mazmunli ishlatilgan ritm va metrning o’zgarishi garmoniyalarning g’arb va sharq bilan uzviy bo’g’langan holda bir biri bilan to’qnashishini ko’ris h mumkin.
Chunki barmoqlarning to’g’ri ishlatilishi, kaft harakatini kerakli nuqtaga yo’naltirishi, cholg’uning pedali yordamida kuchli dinamizatsiya va avj nuqtasi, qolaversa, musiqaviy urg’uga katta e’tibor bermoq kerak bo’ladi. Kuyning rivojlanishi keskin kurashlar dinamik avj nuqtasida keladigan, ulkan va dahshatli «Maestoso» III qismga tegishlidir kompozitsion nuqtai nazarda g’oyani chuqur yoritishda kuyda mag’rurlik va ruhiy buyuklik kashf etilgan.
XULOSA
Har qanday jamiyatning istiqboli uning ta`lim – tarbiya maqomiga, yangicha ta`lim tizimi tarkibi va mohiyatiga, teran ma`rifiy madaniyatiga bog`liq. Zotan, ta`limma`rifati darajasigina jamiyatning, davlat va millatning kelajagini ta`minlaydigan, dunyo uzra nufuzini belgilaydigan yagona omil hisoblanadi. O`z maqomi va mundarijasi bilan u muqobili yo`q qadriyatdir.
O`zbekiston istiqlolining dastlabki kunlaridanoq ana shu haqiqatni o`z mustaqil taraqqiyot yo`lining istiqboli deb bildi. Jamiyat hayotining barcha jabhalaridagi amalga oshiriladigan tub o`zgarishlarning negizi milliy, ma`rifiy an`analarimizning zaminini yanada mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg`unlashtirish orqali dunyoning zamonaviy ilg`or o`qitish usullari bilan boyitishga asosiy urg`u berildi. Bu esa o`z navbatida ta`lim tizimining moddiy texnika va axborot bazasini mustahkamlash, o`quv – tarbiya jarayonini yuqori sifatli o`quv adabiyotlari va ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlanishini taqozo etadi. Shu sababli ham pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonida ularning kasb mahoratini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida shakllantirish bugungi kunning muhim talabi sifatida qo`yilmoqda.
Musiqa asarining tuzilishi musiqiy shakl deb yuritiladi. Musiqa vaqt o ‘lchovli san'at bo’lib, ma’lum bir vaqt davomida yoritiladi, o'zlashtiriladi. Makonga (fazoga) oid san’at turlaridan farqli o‘laroq, musiqiy yaxlitlik asarni oxirigacha eshitib bo‘lgach, uni idrok etish jarayonida tug'iladi. Har qanday musiqiy asar mazmuni shaklni belgilaydi. Musiqiy shakl ma'lum belgilar - sezuralar bilan birbiridan ajratilgan qismlardan tashkil topadi. Sezuraning asosiy belgilari: pauza (sukut), uzun notalarda to'xtash, kuy-ritmik figuralarning takrorlanishi, jumladan, sekvensiyali takrorlanish, sur’at, registr almashinishi, yangi mavzuning paydo bo'lishi, aval bayon qilingan mavzuning takrorlanishi hisoblanadi. Musiqiy shaklni hosil qilishda musiqa ifoda vositalari: kuy, garmoniya va ritm katta ahamiyat kasb etadi.


Download 409.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling