Himoyaga olib chiqiladigan holatlar:
Musiqa darslarini interfaol metodlardan foydalangan holda tashkil qilishning dolzarb pedagogik muammo ekanligi;
Musiqa darslarini interfaol metodlar orqali tashkil etishning nazariy asoslari;
Musiqa darslarini interfaol metodlardan foydalangan holda tashkil etishga yo`naltirilgan pedagogik faoliyat mazmuni;
Musiqa darslarida interfaol metodlarni tadbiq etish texnologiyasi;
Musiqa darslarida interfaol metodlardan foydalanish bo`yicha tavsiya va xulosalar;
Tadqiqotning metodologik asosi:
O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida” gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Umumiy o`rta ta`limning musiqa fani bo`yicha Davlat Ta`lim Standarti va o`quv dasturi, O`zbekiston Respublikasining O`zbekistonda ta`limni yangicha asoslarda qayta qurish, takomillashtirishga oid farmonlari, qarorlar, Prezidentimiz asarlari, nutqlari, Umumiy o`rta ta`limning musiqa faniga oid darsliklari, shuningdek, pedagogika, psixologiya, estetikaga oid ilmiy – uslubiy manbaalar.
Ishning ilmiy – amaliy ahamiyati:
Musiqa darslari samaradorligini oshirishda interfaol usullardan foydalanish muammosi musiqa pedagogikasida birinchi bor tadqiq etildi.
Umumta`lim maktablarida faoliyat yuritayotgan musiqa o`qituvchilarini darslarni interfaol metodlardan foydalangan holda tashkil etish bo`yicha ilmiy – uslubiy manbaadan foydalanish imkoniyatlari yaratildi.
Musiqa darslarini interfaol usullar yordamida tashkil etish bo`yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi:
Dissertatsiya Kirish, 3 bob, 6 paragraf, Umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, umumiy hajmi sahifani tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |