Musiqa sanʼati va madaniyatining asosiy printsiplari va texnologiyalari kirish


O’quvchilarning egallashi kerak bo’lgan ko’nikma va malakalar


Download 91.67 Kb.
bet6/10
Sana14.10.2023
Hajmi91.67 Kb.
#1702904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MUSIQA SANʼATI VA MADANIYATINING ASOSIY PRINTSIPLARI VA TEXNOLOGIYALARI

O’quvchilarning egallashi kerak bo’lgan ko’nikma va malakalar

  • xalq musiqa janrlarini ohang va ifoda tasiflariga ko’ra ajrata olish;

  • bastakorlik va kompozitorlik uslubiga mansub asarlarning tuzilishi va ijro uslubidan ajrata olish;

  • mashq va qo’shiqlarni nota yozuviga qarab kuylash;

  • kichik cholg’u asboblarida chalib, musiqaga ritmik jo’r bo’lish;

  • ma’lum she’r parchalariga kuy bastalash;

  • qo’shiqni sof intonatsiyada burro talaffuz, nafis yoqimli tovush, dinamik jilolarga e’tibor berish, nafasni to’g’ri taqsimlagan holda erkin kuylash;

Mazkur dasturning asosiy mohiyati quyidagilar bilan belgilanadi; avvalo, darslarning muayyan mavzulari har bir chorak uchun belgilangan bosh mavzulardan kelib chiqadi va saboq chog’ida musiqaning muayyan mohiyatini tushunishga yordam beradi. Ikkinchidan, musiqa tinglash, qo’shiq kuylash va musiqa savodi mashg’ulotlari darsning mustaqil qismi emas, balki dars mavzusini ochib beruvchi musiqa faoliyati sifatida qabul etiladi. Uchinchidan, dars mavzusining qiziqarli bo’lishi va ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida raqs va musiqali ritmik harakatlar, chapak va bolalar cholg’u asboblari – shiqildoq, doyracha, qo’shiq va boshqalarda musiqaga jshr bo’lish hamda musiqa ijodkorligi kabi musiqa faoliyatlari qo’llaniladi. Ushbu faoliyatlar zamirida o’yin xususiyatlari mavjudligi tufayli ular o’quvchilarga katta qiziqish uyg’otadi. Mashg’ulotlarda qo’llaniladigan barcha musiqa faoliyatlari dars mavzusining ajralmas qismi va mantiqan uzviy bo’lagi sifatida amal qiladi. Va bu jihatdan “Musiqa madaniyati” predmeti kompleks (itegral-aralash) dars tipiga kiradi va unda darsning umumiy mavzusiga bo’ysunuvchi, o’zaro mantiqan bog’lanuvchi quyidagi musiqa faoliyatlariga amal qiladi; musiqa idroki (tinglash) kuylash, musiqa savodi, raqs va ritmik harakatlar, chapak va cholg’u asboblarida chalish va musiqa ijodkorligi.
Musiqa idroki dars mashg’ulotlarida etakchi faoliyat sifatida muhim rol o’ynaydi. U ikki holatda amalga oshadi. Birinchi holatda ma’lum asar tinglanib, idrok etiladi va uning badiiy tavsiflari dars mavzusiga doir oddiy musiqiypedagogik tahlil etiladi. Eshitish orqali asarni tushunish va ongli idrok etish, asarning musiqiy xususiyatlari (janri, tuzilishi, ifoda vositalari, ijrochiligi) hamda badiiy mazmuni haqida ma’lum bilimlarga ega bo’linadi. Ikkinchi holatda musiqa asarlari avval tinglanib (idrok etilib), so’ng u yoki bu faoliyati ko’proq kuylash orqali o’rganiladi. Uning badiiy mazmun xususiyatlari amaliy faoliyatda ifodalandi. Masalan, o’rganiladigan qo’shiq avval o’qituvchi ijrosida (tasma orqali ham) bir-ikki marta tinglanadi, asar xususiyati haqida suhbat qilinadi, so’ng o’rganishga kirishiladi; raqs musiqasi avval tinglanadi, kuy tavsiflari anglab olingandan so’ng, raqs harakatlari ifodasi o’rganiladi. Ko’pincha asar bir necha faoliyat uyg’unligida (tinglash, kuylash, raqs harakati va boshq.) o’rganiladi. Bunday mashg’ulot usuli asarni puxta o’rganish va ayni holda kopmleks malakalarning rivojlanishi uchun imkon yaratadi, “Musiqa madaniyati” darsida barcha faoliyatlar muayyan mavzu zamirida mantiqan o’zaro bog’lanadi, natijada mantiqan bir butunligi vujudga keladi. Musiqa savodi barcha faoliyatlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsda qaysi faoliyat mashg’uloti (tinglash, kuylash, raqs va hokazo) qo’llanilmasin, uning amaliyotida foydalanilayotgan asar o’rganiladi va uning xusuiyatlari (janri, tuzilishi, ijrochiligi va hokazo) haqida yangi tushunchalar hosil bo’ladi. Shu bois, musiqa savodi faqatgina nota savodi uslublaridan iborat bo’lib qolmay balki o’quvchilarning umumiy musiqiy bilim doirasini tarkib toptiruvchi, umumiy bilim-tushunchalar majmuasini (musiqa shakllari, janrlari, cholg’uchilar ijrochiligi, xalq, bastakorlik musiqasi, ularning farqlari, milliy musiqaning mahalliy uslublari, klassik musiqa, nota savodi va boshqalar) singdirib borishdan iborat.
Shuni alohida e’tiborga olmoq zarurki, musiqa idroki (tinglash) va musiqa savodi faoliyati o’zaro uzviy bog’lanishi bilan qolgan barcha faoliyatlar amaliyotiga etakchilik qiladi. Kuylash faoliyati o’quvchilarning musiqa – o’quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Sinfda jamoa bo’lib kuylash jarayonida o’quvchi o’z ovoz – ijrosini boshqaradi, o’rtoqlari ijrolarini eshitib kuzatadi va ular bilan birga jo’r bo’lib kuylashga intiladi.
Zotan, tinglash va kuylash o’quv materiallari ta’lim mazmunini tashkil etadi. Ularni tinglash va kuylash faoliyatlari vositasida o’rganish bilan birga, musiqali harakatlar hamda ijodkorlik faoliyatlari bilan ham har tomonlama o’zlashtirish va musiqiy tavisflarni ushbu faoliyatlar vositasida ifodalash imkoniyatlarini yaratadi.
Dasturda raqs va musiqali harakatlarga alohida o’rin berilgan. Bu faoliyatlar o’quvchilarning musiqiy qobiliyatlari, xususan ritm-usul tuyg’usi va asar badiyatini ifodalash malaklarini rivojlantirish bilan birga ularning jismoniy rivojlantirish uchun ham muhimdir. Bu, ayniqsa, boshlang’ich sinf o’quvchilari nihoyatda zarur. Darsda o’rganiladigan raqs va harakatlarboshqa dars chog’ida (jismoniy tarbiyada, tanaffuslarda) keng qo’llanishi maqsadga muvofiqdir.
Shuni ta’kidlash lozimki, o’zbek xalqi milliy raqs san’ati bilan olamga dong taratgan ammo, maktab ta’lim-tarbiyasi tarkibida raqs sabog’i deyarli yo’q darjadaligini nazarda tutsak, musiqa darslari mazmunida milliy raqs usullarini bolalarga yoshlikdan o’rgatish naqadar zarurligi ma’lum bo’ladi.
Shu bois, musiqa o’qituvchisi milliy raqs san’atimizning oddiy harakatlarini bilish (ijro eta olish) va darsda qo’llash usullarini puxta egallash davr talabidir. Chapak va cholg’u asboblarida chalish faoliyati ham raqs va musiqali harakatlar singari o’quvchilarning musiqa (o’quv qobiliyatlari) hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun foydalidir. Bu faoliyat boshlang’ich sinflarda milliy cholg’u asboblar bilan tanishish va ularning tovush tembrlarini anglab olish bilan uzviy bog’lanib amalga oshirilishi zarur. Bunda doyrcha, qayroq, qoshiq, kichyaik sopol kabi urib chalinadigan cholg’u asboblaridan foydalanib o’qituvchi ijrosi yoki magnitafon tasmasi orqali taraladigan kuylarga jo’r bo’lish malakalari rivojlantiriladi.
Musiqa ijodkorligi faoliyati bolalarda musiqiy tafakkur, izlanish va ijodkorlik malakasini o’stira borish uchun ahamiyatga egadir. Bu faoliyat o’qituvchi ijrosida doyra chertib jo’rnavozlik qilish, sinf ijrosida “dirijyorlik” qilish, kuy ohangiga mos harakatlar (xususan raqs) topish, she’r parchasiga kuy “bastalash” kabi ijodkorlik amaliyotlari bilan bajariladi. Musiqiy harakatlar, cholg’uchilik va ijodkorlik faoliyatlarni amalga oshirishda o’yin metodlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Zotan, ushbu faoliyatlar ko’proq o’yin xusuiyatlari bilan bog’liq. Dasturda tinglash va kuylash uchun asarlar talab darajasidan ortiq berilgan. Bu o’qituvchi asarlarni sinf imkoniyatlari va o’quv yilining muhim sanalariga muvofiqtarzda tanlab o’qitish imkoniyatini beradi. Ayni paytda, dastur o’qituvchiga dasturga kiritilmagan, ammo badiiy yuksak, tarbiyaviy jihatdan muhim va o’quvchilar idrok-amaliyotiga mos bo’lgan yangi asarlardan keng foydalanish huquqini ham beradi.
Unda chorak mavzulariga moslab asarlarni deyarli ikki hissa miqdorda tanlash va lozim bo’lganda dasturdan tashqari asarlardan ham foydalanish mumkin.
Nota savodi, cholg’uchilik, raqs va harakatlar, shuningdek, musiqa ijodkorligi faoliyati mazmunida tavsif etilgan asarlar ham shartli ravishda beriladi. Dars sharoitiga qarab ularni almashtirish mumkin. Bu esa darslarni rejalashtirishda va darslarga tayyorgarlik ko’rishda ijodiy yondashishni taqazo etadi. Bunda shu narsaga e’tiborni kuchaytirmoq lozimki, garchi dasturda asarlar va mashg’ulotlar mazmuni har bir faoliyat turiga doir alohida-alohida ko’rsatilgan bo’lsada, ammo darslarni rejalashtirishda va ularni o’tishda musiqa faoliyatlari dars mazmunidan kelib chiqishi va uning mohiyatini ochib berishi lozim bo’ladi. Shunday qilib, darsda musiqa faoliyatlari mantiqan birlashib, mazmunan bir butunlikni tashkil qiladi.
Dastur yakunida yil davomidagi musiqa ta’limi mazmunidan o’quvchilarning olishi zarur bo’lgan bilim va malaka, ko’nikmalarning aniq mezonlariga asoslanib ish tutishga imkon beradi.

Download 91.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling