Musiqa sanʼati va madaniyatining asosiy printsiplari va texnologiyalari kirish


Download 91.67 Kb.
bet9/10
Sana14.10.2023
Hajmi91.67 Kb.
#1702904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MUSIQA SANʼATI VA MADANIYATINING ASOSIY PRINTSIPLARI VA TEXNOLOGIYALARI

XULOSA


Xulosa qilib aytsak, maktab o’quvchilarida musiqa savodxonligini amalga oshirishning ahamiyati katta. Bola birinchi sinfda harflarni o’rganib, ular orqali oddiy so’zlardan boshlab kitobga qarab o’qishni o’rganishi qanchalik zarur bo’lsa, musiqadan bahramand bo’lish uchun notalarni o’rganishi ham shunchalik zarur. Ammo, ayrim maktablarda o’quvchilar 4-sinfni tugatib ham notalarni ularning shaklini bilmaydilar. Buning sababi ko’p. Asosiy sabablardan biri – boshlang’ich sinflar musiqa madaniyati darslarining mutaxassis o’qituvchiga bermasdan sinf o’qituvchilarining o’zlariga berishdadir. Maxsus musiqiy ma’lumotga ega bo’lmagan boshlang’ich sinf o’qituvchilari asosan qo’shiqlarning matnini yozdirib, yodlatib, to’g’ri kelgan ohang bilan ayttirib yuradilar. Darsliklarda berilgan mavzularni yozdirib, takrorlatib, so’rab darsni o’tkazadilar. Ayrimlari magnitafondan foydalanib to’g’ri, noto’g’ri musiqa tinglashni ham tashkil etishlari mumkin. Ammo o’quvchilarga qo’shiqni aniq yozilgan ohangi bilan o’rgatish, o’z ijrolarida kuy va qo’shiq tinglatishni bir foiz o’qituvchilar amalga oshirishi mumkin.
Musiqa savodi ya’ni nota belgilarini o’rgatishning ahvoli bundan ham yomon bo’lishi mumkin. Chnuik, aksariyat boshlang’ich sinf o’qituvchilarining o’zlari nota yozuvini bilishmaydi.
Bu masala mutaxassis musiqa o’qituvchilari darslarida ancha yaxshi bo’lishi mumkin. Lekin hamma mutaxassis musiqa o’qituvchilari ham nota savodini yaxshi biladi, xususan boshlang’ich sinf o’quvchilariga notalarni o’rgatish metodikasiga amal qiladi deb bo’lmaydi.
Biz ishimizda asosan hozirgi sharoitlarni hisobga olib, ulardan kelib chiqib, o’quv DTSlari, dasturlar va darsliklarni imkon darajasida tahlil qildik. Ayrim darsliklarda berilgan musiqa savodi materiallari to’g’ri tasniflangan. Ammo ularni o’rgatish masalalarida bir muncha qiyinchiliklar bor. Masalan, birinchi sinfda notalarni o’rganishdan oldin bu ishga etarli tayyorgarlik ko’rilishi kerak. O’quvchilar tovushlarning baland, o’rta va past bo’lishini rasmlar vositasida bilishlari kerak. Masalan ayiq katta, u karnay yoki kontrabas kabi o’ziga xos asbob chalayapti, qushcha kichik u surnay yoki skripka chalayapti kabi tushunchalar hosil qilish orqali past va baland, har bir tovushdan keyin zinapoyalar kabi keyingi undan balandroq pog’onaga chiqish singari notalarning balandga chiqishi va pastga tushishini o’rgatish mumkin.
Bolalar o’qishni bilganidan keyin, ularga she’rlar o’qish orqali notalarni qiziqib bilib olishlari, keyinchalik rebuslar orqali bo’g’in va nota chiziqlarida joylashgan nota nomini qo’shib so’z tashkil etish, hatto rebus orqali oddiy ertak o’qish ham mumkin.
Hozirgi kunda testlardan keng foydalanish orqali musiqa yozuvini ( notalarni) aniqlab olish ham nazarda tutilgan. Agar aytilgan barcha vositalardan foydalanib, bolalaoni qiziqtiruvchi o’yinlarga asoslangan metodikadan foydalanilsa, notalarning vazifalarini ochib beruvchi she’rlar va rasmlarni o’rinli qo’llasa o’quvchilar musiqa savodini tez o’rganadilar.
Maktab o’quvchilarida musiqiy savodxonlikni shakllantirish faqat nota belgilarini quruq o’rganib olish emas balki ularni ijro jarayoni bilan bog’lab o’rganishdadir. Ularni puxta o’rganishning yana bir omili oddiydan – murakkabga tamoyili asosida o’rganib borishdir.
Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizim yaratildi.Shu bilan birga, chet tillarni o‘rganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil etish shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg‘or axborot va mediatexnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga to‘liq javob bermayapti. Ta’lim asosan an’anaviy uslublarda olib borilmoqda. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz o‘rganishni tashkil qilish, shuningdek, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash yanada takomillashtirilishini taqozo etadi.Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida:respublikaning barcha hududida chet tillarni, asosan, ingliz tilini o‘rganish umumta’lim maktablarining birinchi sinflaridan o‘yin tarzidagi darslar va og‘zaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo, o‘qish va grammatikani o‘zlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanadi; Ushbu qarornining tasdiqlanishi bu biz yoshlar uchun ochib berilayotgan katta yo`l hisoblanadi.Kelajak avlod uchun esa juda kattadan katta imkoniyatlar ochib berilishidan dalolatdir.

Download 91.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling