Musiqa ta’limi 5111100 Rahbar: dots. X. Botirova Bajaruvchi: Baratova Mahliyo andijon-2022 mavzu: Vokal-xor malakalarini shakllantirish orqali o‘quvchilarda kuylash malakalarini rivojlantirish reja: kirish Asosiy qism


Download 82.74 Kb.
bet2/12
Sana14.10.2023
Hajmi82.74 Kb.
#1703007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
vokal-xor-malakalarini-shakllantirish-orqali-oquvchilarda-kuylash-malakalarini-r

Kurs ishining dolzarbligi: Umumta’lim maktablarida musiqa darslarining mazmuni, unga qo‘yiladigan umumiy talablar, uning tuzilishi, o‘ziga xos xususiyatlari, uni tashkil etish shakllari, vosita va usullari yuqorida qayd etilgan olimlar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lsada, lekin musiqa ta’limi va tarbiyasi jarayoniga bugungi kun nuqtai nazaridan yondashib, uni samarali tashkil etish yo‘llarini aniqlash alohida muammo sifatida o‘rganilganicha yo‘q. Amaliyotda ham ushbu muammo, musiqa tarbiyasining boshqa ko‘plab muammolari qatori o‘zining to‘laqonli yechimini topmagan bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.
Kurs ishining maqsadi: Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Qarorida “umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o‘rgatiladi hamda bu haqda ularning ta'lim to‘g‘risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi1”. Olib borilayotgan islohatlar shuni ko‘rsatib turibdiki, o‘zbek milliy musiqa san'atining kelajagi porloqdir.
Prezidentimiz tomonidan 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste'dodlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi. Milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o‘rgatiladi hamda bu haqda ularning ta'lim to‘g‘risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi. Mazkur qarorga 1-ilovadagi ro‘yxatda keltirilgan milliy cholg‘ulardan kamida bittasida, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo‘lish musiqa fani o‘qituvchilari uchun majburiy hisoblanadi. Mazkur qaror ijrosi kelajakda ulkan natijalar beradi deb umid qilamiz. Barcha san’at ahli mutahassislari va biz talaba yoshlar kelajakda Prezidentimiz Qarorlarini sidqidildan bajarishni o’z oldimizga maqsad qilib olganmiz.
Kurs ishimning maqsadi vokal-xor malakalarini rivojlantirish orqali bo‘lajak o’quvchilarning estetik va badiiy didini tarbiyalash, professional uslubda kuylash malakalarini shakllantirishdan iboratdir.

Download 82.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling