Musiqa tinglash jarayonida asar mazmuniga eʼtibor qaratishni tarbiyalash


Download 9.22 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi9.22 Kb.
#1570222
  1   2
Bog'liq
Musiqa tinglash jarayonida asar mazmuniga eʼtibor qaratishni tarbiyalash

Musiqa tinglash jarayonida asar mazmuniga eʼtibor qaratishni tarbiyalash

  • Reja:
  • 1. Bolaning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish
  • 2. Musiqani idrok etishni tashkil etish masalasi
  • 3. Musiqa - kishilarda nozik didni tarbiyalovchi
  • 4. Musiqa - tinglovchini ham, ijrochini ham nafosatga, ma’naviy barkamollikka undovchi kuchli vosita.
  • Musiqa tarbiyasi haqida fikr yuritar ekanmiz, birinchi navbatda musiqaning bolalar tomonidan qanday qabul qilinishi, musiqaning ular tomonidan idrok etilishi bizni qiziqtirgan eng muhim masala bo`lib turadi. O`quvchi yoshlarnini badiiy-estetik tarbiyalashda, ularning ma’naviy jihatdan yetuk, barkamol inson bo`lib yetishishlarida musiqa tarbiyasining ahamiyati juda katta ekanligi hozirgi kunga kelib tobora ko`proq namoyon bo`lmoqda. Butun dunyoni o`zining dilbar milliy kuy-qo`shiqlari bilan maftun etayotgan o`zbek xalqining madaniy tarixiga bir nazar solsak, san’atsevar xalqimiz hayotida musiqa san’ati alohida muhim o`rin egallab kelayotganligining guvohi bo`lamiz.
  • Musiqa asarlarini tinglab, tahlil qilar ekanmiz, ko`rishimiz mumkinki, har-bir alohida olingan asarning shakli hamisha individual bo`lib, aynan shu asarning o`zigagina tegishli va betakrordir. Lekin ayni vaqtda shakl yaratish qoidalarining miqdori nisbatan cheklangan bo`lib, ko`pchilik asarlar tuzilishi jihatidan umumiy belgilarga egadir. Bu esa shakl turlarini yoki ularning umumiy kompozitsion sxemalarini
  • aniqlash imkonini beradi. Shakl barcha san’at asarlariga xos bo`lsada, u har-xil san’at turlarida turlicha idrok etiladi.
  • Bugungi kunda musiqa mashg`ulotlarini ilmiy metodik jihatdan har tomonlama takomillashtirib, zamon talabiga mos ravishda olib borish maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko`rsatayotgan musiqa rahbarining oldiga qo`yilgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Musiqa san’ati nafosat tarbiysuning muhim omili bo`lib, u yosh avlodning kamolotga yetishishi uchun kuchli ta’sir etuvchi jarayon hisoblanadi.
  • Bolalarmaktabda o`zlari egallagan musiqiy bilimi va malakalaridan kundalik hayotda, maktabda ertalik va kechalar o’tkazishda mustaqillik, «Mehrjon», «yangi yil», «Navro’z», onajonlar bayrami kabi bayramlarda, ekskursiya va sayrlarga chiqqanda foydalanishlari kerak. Bundan tashqari, o’rganilgan
  • qo’shiqlar uyda oila a’zolari oldida, o’rtoqlari davrasida aytilishi mumkin.
  • Musiqa madaniyati darsning har bir faoliyat turida shaqildoqlar,uchburchak, metallafon, doirachalar kabi turli bolalar musiqa asboblarida chalish, kuy va qo’shiqlarga mos raqs elementlarini bajarish, musiqa asboblarini chalinishini qo’l harakati bilan imitatsiya qilish, chapak chalish va dirijyorlik qilish kabi elementlardan keng foydalanish darslarni yanada qiziqarli va jozibali bo’lishini ta’minlaydi.
  • Maktablardagi musiqa va xor to`garaklari hamda madaniyat saroylari, madaniyat uylari va yoshlar ijodkorlik uylari kabi maktabdan tashqari tarbiyaviy-madaniy muassasalarda tashkil etilgan musiqa to`garaklari, o`quvchilar xori, orkestr, raqs va vokal ansambllarining serqirra faoliyatlari bunga misol bo`la oladi.Bu kabi musiqiy to`garak a’zolari hozirgi kunda o`z san’atlarini faqatgina Respublikamizda emas, balki turli chet davlatlarda ham namoyish etib, ko`plab olqishlarga va faxrli o`rinlarga sazovor bo`lmoqdalar.
  • Ko`p yillik kuzatishlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, hozirgi yoshlarning milliy cholg`u asboblarimizni o`rganishga bo`lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda.Ayniqsa, qashqar rubobi, doira, g`ijjak, nay, dutor kabi asboblarni o`rganishga bo`lgan qiziqish ancha yuqori desak bo`ladi.Shu sababli maktab va maktabdan tashqari cholg`u to`garaklarining bugungi maqsad va vazifalari haqida to`xtalib o`tmoqchimiz.To`garakni tashkil etishdan asosiy maqsad biror cholg`u asbobini o`rgatish orqali o`quvchilarning san’atga bo`lgan qiziqishini oshirish hamda ularga musiqiy-badiiy tarbiya berishdir
  • Musiqani idrok etishni shakllantirishda asosiy cholg`u asbobida ijro etishni o`rganish jarayoni salmoqli imkoniyatlarga boy. Musiqachi
  • asosiy cholg`u asbobida ijro etish jarayonida berilgan musiqiy asarning mohiyatini faqat eshitish orqaligina emas, balki o`z ijrosi orqali eshitib, his etish orqali idrok etadi. Bu o`rinda o`quvchi musiqani eshitish orqali, notalarni ko`rish orqali hamda ichki sezgi (yurakdan his etish) orqali idrok eta boshlaydi.
  • Musiqaiy idrok kishilarni tabiiy nafosatga, go`zallikka intilishga undaydi. Musiqani to`g`ri idrok eta olgan kishilar keng dunyoqarashga, tabiiy ichki madaniyatga ega bo`ldilar va ular
  • kishilarga hech qachon yomonlik qila olmaydilar.Mutaxassislarning fikriga ko`ra, inson hayotiy tajribasining musiqiy idrokda o`z o`rni bo`lgani kabi, musiqiy idrokning ham inson hayotida, uning dunyoqarashining, individual xarakterining shakllanishida o`z o`rni bor. Shuning uchun yoshligidan musiqa bilan shig`ullangan kishilarning xarakteri boshqalarnikidan farq qilib turadi.
  • Kelajak poydevori bo`lgan yosh avlodni har jihatdan oqil, vijdonli, madaniyatli, ma’naviyatli qilib, milliy vatanparvarlik ruhida, tarbiyalashda ularning musiqani idrok etish qobiliyatini shakllantirish va to`g`ri yo`nalishda rivojlantirishni tashkil etish masalasi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
  • Musiqiy hamda pedagogik nazariyani, tajribalarni anglamay turib, zamonaviy o'qituvchi tayyorlashdagi mavjud amaliyotni tahlil qilmay va umumlashtirmay turib, bu soha o'qituvchisining qiyofasini tasavvur qilish qiyin. Musiqa tarbiyasi san'atni idrok etish, his qilish va tushunish qobiliyatlarini rivojlantiradi, estetik va musiqiy didni o'stiradi, aqliy kamolotni, ijodiy faollikni, tafakkurni, o'quvchilardagi o'ziga xos xususiyatlarni kuchaytiradi, zarur musiqiy bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qiladi, shuningdek, bo'sh vaqt muammosini hal qilishda ham yordam beradi, deb o`ylayman.
  • Buyuk qomusiy olim, musiqiy cholg`ularning mohir ijrochisi bo`lgan Abu Nasr Forobiy o`z ijrosi bilan kishilarni quvontirish yoki qayg`uga solish, xursand qilish, hayratga solish va hatto uxlatib qo`yishning uddasidan chiqa olganligi haqidagi rivoyat va hikoyatlar bizning davrimizgacha yetib kelgan. Bu va boshqa shu kabi faktlardan musiqaning inson ongiga va tarbiyasiga, xarakterining shakllanishiga va hatto ijtimoiy ongning shakllanishiga ham qanchalik kuchli ta’sir o`tkaza olishi yaqqol ko`rinib turibdi.
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling