Kun tartibini gigiyenik baholash reja


Download 281.41 Kb.
bet1/3
Sana08.06.2023
Hajmi281.41 Kb.
#1462955
  1   2   3
Bog'liq
Kun tartibini gigiyenik baholash


Kun tartibini gigiyenik baholash
REJA:
  • O’quvchilarning kun tartibi.
  • Dars gigienasi.
  • Imtihon gigienasi.



O’quvchilarning kun tartibi
Maktab o’z ishini oila bilan uzviy bog’lik holda olib boradi. Maktab va oilaning yag’ona maqsadi bolalarga ta’lim va tarbiya berishdir.
Tashqi muhitning qulay sharoiti ta’sirida bola va o’smirlar organizmi o’sib ulg’aya boradi. Kun tartibi to’g’ri tashkil etilganda bola charchamaydi, nerv tizimida shartli reflekslar vujudga keladi, bolalar imtizomli va tartibli bo’la boradi. Kun tartibiga rioya qilinmaganda esa bola to’lik dam olmasdan, toliqtib qoladi, uyqusi, ishtaxasi yomonlashadi, asabi buziladi, ish qobiliyati pasaydi.
Uy vazifalari bola yoshiga mos bo’lishi kerak. 1 sinf o’quvchilariga 45 minutlik, 2 – sinf o’quvchilariga 1 – 1,5 soatik, 3 – 4 sinflar uchun 2 – 2,5 soatlik, 5 – 11 sinf o’quvchilari uchun 3 – 3,5 soatlik uy vazifani berilishi tavsiya etiladi. O’quvchi uyda maxsus jihozlangan joyda, qaddini to’g’ri tutib, boshini qiyshaytirmasdan, tirsaklarini stol ustiga tikka holda o’tirib dars tayyorlashini kerak.
Yorug’lik, yetarli bo’lmasa ko’z muskullari tez charchaydi. Shuning uchun yorug’lik normal bo’lishi va chap tomondan tushini kerak. O’qiyotganda kitobdan ko’zgacha bo’lgan masofa 40 sm bo’lishi shart. To’xtamay uzoq yozishi o’quvchini toliqtiradi. Shuning uchun 7 – 10 yashar o’quvchi tinimsiz 10 minut 10 – 12 yoshda 15 minut, 12 – 15 yoshda 20 minut, 15 – 18 yoshda 25 – 30 minut yozishi mumkin.
Kun tartibida uyquning axamiyati katta. Oila uxlashidan 2 – 2,5 s oldin ovqatlanishi kerak. Kechki ovqatdan so’ng sof xavoda bir oz sayr qilishi, kiyimlariga qarashi lozim.
Uxlashdan avval zo’riqib aqliy mehnat talab etadigan ishlarni bajarish, xayajonli o’yinlar o’ynash, televizor ko’rish tavsiya etilmaydi.
Televizorni o’quvchilar havtada 3 – 4 marta 1 – 1,5 soatdan, yuqori Sinf o’quvchilari 4 – 5 marta 2,2 – 5 soatdan undan 2 – 2,5 m uzoqda o’tirib, qad – qomatni to’g’ri tutgan holda ko’rishlari mumkin. Yotib yoki yonboshlab televizor ko’rish mumkin emas.
Boshlangich sinf o’quvchilari soat 8 va 9 larda, yuqori sinf o’quvchilari 10 da uykuga yotishi kerak. O’rin toza bo’lishi, juda yushmoq bo’lmasligi lozim. Xona temperaturasi 18oo –2000 C___ bo’lishi , qishda fortochkani ochib ko’yish kerak.

Download 281.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling