Musiqiy cholg’ular
Download 16.67 Kb.
|
туркман чолғулари (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Idiofonlarga
- Membranafonlar
2.Musiqiy cholg’ular (Qadimgi cholg’ular haqida ma’lumot) Har bir xalqning musiqa madaniyati bevosita musiqiy amaliyot bilan chambarchas bog’liq bo’ladi, bunda yetakchi o’rin musiqiy cholg’ularga beriladi. Har bir musiqa cholg’usining nomida, tuzilishida, ijrochiligida o’sha xalqning musiqiy tafakkuri o’z aksini topadi. Ma’lumotlarga ko’ra, I asrning boshlarida Turkmaniston hududida yashovchi xalqlar turli musiqa cholg’ularidan foydalanganlar. CHolg’ularning aksariyati diniy marosimlar bilan bog’liq holda amaliyotda qo’llanilgan. E.Xornbostelь va K.Zakslarning sistemalari (tizimlari) bo’yicha cholg’ular to’rt guruhga ajratilgan: idiofonlar (o’zi tovush chiqaruvchi), membranafonlar (membranali cholg’ular), xordofonlar (torli cholg’ular) va aerofonlar (damli cholg’ular). Idiofonlarga Nusay ritonlarida aks ettirilgan o’ziga xos cholg’uni misol sifatida ko’rish mumkin (Parfiya, er.av. II asr). Tadqiqotchilar bu cholg’uni timpanlarga o’xshatishgan. Mazkur cholg’u bir-biriga urib chalinuvchi yarim doira shaklidagi tovoqlar bo’lib, qo’lning katta barmog’iga mahkamlanib ijro etilgan. Tahmin qilinishicha, cholg’ularni ayollar diniy topinishlar bilan bog’liq marosimlarda raqs davomida urib chalishgan. Membranafonlar guruhiga yumaloq shakldagi doiralarni (nusay ritonlari) va ikki tomoniga urib chalinadigan, qumsoat shaklidagi barabanlar (Tuproqqal’a. Xorazm.)ni kiritish mumkin. Nusay doiralari zamonaviy dep cholg’ularini eslatadi va bu cholg’ularni ayollar ijro qilganlar. Ayrim ijrochi ayollar raqs harakatida aks ettirilgan. Madaniy yodgorliklarda aks ettirilgan musiqiy cholg’ular orasida xordofonlar guruhiga kiriuvchi cholg’ularning soni anchagina. Bu guruhga arfa, kifara va lyutnya ko’rinishidagi cholg’ular kiritiladi. Arfa qadimgi cholg’ulardan biri hisoblanadi. Uning eng birinchi tasviriy ko’rinishi eramizdan avvalgi 4-3 mingyilliklarning boshi bilan belgilanadi. Keyinchalik arfa cholg’usining bir nechta turlari topilgan edi. Turkmaniston hududidan topilgan madaniy yodgorliklarini o’rganilishidan ma’lum bo’lishicha, o’sha davrlarda mashhur bo’lgan cholg’ulardan biri lyutnyadir. Lyutnya cholg’usi aks ettirilgan ko’plab suratlar va haykalchalar topilgan. Qadimiy Turkmaniston yodgorliklari orasida aerofonlar ham bo’lib, ular faqat nusay ritonlarida uchraydi: avlos, karnaysimon cholg’u, nay shular jumlasidandir. Olimlarning fikriga ko’ra, bunday cholg’ular bayramlarda, diniy marosimlarda ijro etilgan ekan. Musiqiy cholg’ular haqida ma’lumotlarni “Qo’rqit ota” (taxminan VII-XI asrlar) eposidan ham olish mumkin. Eposda gopuz, surnay, boru, nog’ora kabi cholg’ular haqida qiziqarli ma’lumotlar bor. Eposning mazmunidan bosh qahramon bo’lmish Qo’rqit va ozan san’atiga dahldor bo’lgan personajlar o’z qo’shiqlarini “gopuz” jo’rligida ijro qilganlar. Gopuz cholg’usini Qo’rqit yaratgan bo’lib, u barcha ozanlarning piri hisoblangan va shu sababli gopuz cholg’usi ham muqaddas deyyilgan. “Qo’rqit ota” eposida boshqa cholg’ular haqida ham ma’lumotlar bor. Masalan, uchinchi dostonda Birek to’yga telbanamo bo’lib kelib, surnay va nag’ora chalayotgan musiqachilarni haydab yuboradi. Surnay (zurna) damli cholg’u, nag’ora esa urma cholg’u bo’lib, ular hozirgi kunlarda ham oilaviy marosimlarda va umumxalq bayramlarida qo’llaniladi. Epos davomida bir necha bor tavil va boru cholg’ulari ham eslab o’tiladi. Epos mazmunidan ma’lum bo’lishicha ushbu cholg’ular harbiy yurishlar paytida ijro etilgan. SHu bilan birgalikda tevil va boru cholg’ulari o’z eliga omon qaytgan qahramonlarni kutib olishda ham ijro qilingan. Kontekstga ko’ra, tevil urma cholg’u bo’lib, nomi o’xshash cholg’ular o’zbek va tojiklarda (tavlak), arablarda (tabl), hindlarda (tabla) ham mavjud. Boru cholg’usi damli cholg’u bo’lib, unda chaqiriq ohanglari ijro etilgan. SHunday qilib, qadimgi Turkmaniston hududida musiqa madaniyati yaxshi rivojlanganligini o’sha davrlarda qo’llanilgan cholg’ular orqali bilish mumkin. Ayrim cholg’ular bizning davrimizgacha o’zgarmagan holda ayrimlari esa ma’lum darajada o’zgargan holda yetib keldi. Download 16.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling