Musiqiy cholg’ular


Download 16.67 Kb.
bet3/4
Sana15.01.2023
Hajmi16.67 Kb.
#1094411
1   2   3   4
Bog'liq
туркман чолғулари (1)

Xizlavuq qurigan qovoqdan tayyorlangan. Qovoq yumaloq disk shaklida kesib olinadi (6-8 diametr) va o’rtasida ikkita teshik ochiladi. Teshiklardan 30-40 sm uzunlikda ip tortiladi.Xizlavuq quyidagicha ishlatiladi: ipning uchi o’ng va chap qo’llar bilan ushlanadi va silkitiladi. Natijada disk harakatga kelib, “xizzz, xizzz”ga o’xshash tovushlar chiqaradi. Tuzilishining soddaligiga ko’ra, ushbu moslamani qadimgi cholg’ulardan biri deyish mumkin.
Ushgulevuk yoki juljul – unchalik katta bo’lmagan damli cholg’udir. Ushbu cholg’u tog’ echkisi yoki qush shaklida loydan yasaladi. SHaklning yon tomonlaridan ikkita teshik ochiladi. O’zbek xalqida xushtak, qirg’iz xalqida ishkirik, qozoq xalqida uskirik deb nom olgan ushgulevukka o’xshash moslamalar bor.
Gopuz qadimgi musiqiy cholg’ulardan biri hisoblanadi. Hozirgi davrda gopuz ayollar cholg’usi hisoblanadi. Gopuz taqasimon shakldagi temir bo’lagidan tayyorlanadi. Ushbu shaklning o’rtasiga temir tilcha o’rnatiladi.
Gopuz repertuari murakkab bo’lmagan badiha asarlardan iborat. Gopuzda ijro qilinuvchi asarlarda taqlid elementlari mavjud (turli qushlarning ovozi, ot dupuri, inson nutqi va hokazo).
Dilli tuyduk – tilchali damli cholg’u bo’lib, u ingichka quruq qamishdan tayyorlanadi. CHolg’uning uzunligi 12-14 sm ni tashkil qiladi. CHolg’uning yuz tomonida uchta teshik ochiladi.
Sumbara vodiysida yashovchi goklan qabilalarida dilli tuyduk bo’lamon deb yuritiladi. Boshqa dilli tuyduklar bilan solishtirilganda bo’lamon nisbatan kattaroq xajmda bo’ladi va chalish uchun beshta teshik ochiladi. O’zbek xalqida ham dilli tuydukka o’xshash cholg’ular mavjud bo’lib, ular sibiziq va qo’shnay deb nomlanadi.
Dilli tuyduk garchi cho’ponlar cholg’usi bo’lsa-da, mohir ijrochi qo’lida mazkur cholg’u ijro imkoniyatlari keng, o’ziga xos qirralarga ega bo’lgan cholg’uga aylanadi. Dilli tuydukning repertuari ancha boy. Ushbu cholg’uda quvnoq, hazilomuz asarlar ham, sodda shaklli folьklor namunalari ham, baxshi qo’shiqlarining cholg’u variantlari ham ijro etiladi.

Download 16.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling