Musiqiy cholg’ular


Zamonaviy musiqiy cholg’ular


Download 16.67 Kb.
bet2/4
Sana15.01.2023
Hajmi16.67 Kb.
#1094411
1   2   3   4
Bog'liq
туркман чолғулари (1)

Zamonaviy musiqiy cholg’ular
Musiqiy cholg’ular evolyutsiyasi turkman xalqi shakllanishi jarayoni bilan parallel ravishda kechdi. Yana bir bor ta’kidlash joizki, Turkmaniston hududida mavjud bo’lgan cholg’ular asosan diniy marosimlarda qo’llanilgan. SHu cholg’ularning faqat kichik qismigina o’zining dastlabki funktsiyalarini saqlab qolgan. CHolg’ularning aksariyat qismi esa kasbiy darajadagi musiqachilar, ayollar, bolalar cholg’ulari sifatida “yashash”ni davom ettirmoqda. Zamonaviy turkman cholg’ularini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:
1.Afsun-jodu marosimlari bilan bog’liq bo’lgan musiqiy cholg’ular;
2.Marosimlar bilan bog’liq bo’lmagan musiqiy cholg’ular.
Marosimlar bilan bog’liq cholg’ular guruhiga dep (membranafon), shaldiroq, jang va duvme (idiofon) kabi cholg’ular kirgan.
Dep yoki deprek (tepmoq, urmoq, taqillatmoq) – urma cholg’u bo’lib, doyraga o’xshashlik tomonlari bor. Dep nusay ritonlarida aks ettirilgan urma cholg’ularning avlodi deyish mumkin. Yaqin davrlargacha mazkur cholg’u turkman ayollari tomonidan jo’rsoz sifatida qo’llanilgan.
SHaldiroq - tovush chiqaruvchi tayoq bo’lib, uni devona va darveshlar “ins-jins”larni haydash maqsadida qo’llaganlar. Tayoqqa ilingan qo’ng’iroqchalar yoki temir tangachalar tovush chiqaruvchi manba vazifasini bajargan.
Jang – xajman uncha katta bo’lmagan qo’ng’iroqcha bo’lib, “haydovchi” vazifasini bajaradi. Qo’ng’iroqcha karvonning boshida yoki oxirida ketayotgan tuyaning bo’yniga osib qo’yilgan. Nisbatan kichikroq qo’ng’iroqcha qo’y yoki echkilarning bo’yniga ham taqib qo’yilgan.
Duvme – ayollar va bolalarning kiyimiga, belanchakka taqib qo’yiladigan qo’ng’iroqchalardir. Qo’ng’iroqchilar mayin tovush chiqarib turgan va tumor vazifasini bajargan. Hozirgi davrda duvme-qo’ng’iroqchalarning vazifalari o’zgargan. Ayollar ularni milliy liboslarning bezagi sifatida qo’llaydilar. Bolalar kiyimiga taqilgan qo’ng’iroqchalar tovushi bolaning qaerda o’ynayotganidan darak berib turadi. Belanchakka taqilgan duvme esa bolani ovutish vazifasini bajaradi.

Download 16.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling