Musiqiy cholg’ular
Download 16.67 Kb.
|
туркман чолғулари (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar
Gargi tuyduk ham qadimgi cholg’ulardan biridir. Bu cholg’u ham damli guruhga kiritiladi. Gargi tuyduk gargi qamishdan tayyorlanadi. CHolg’uning yuz tomonida oltita teshigi bo’ladi, qarama-qarshi tomonida bitta “shayton teshik”ochiladi. Gargi tuydukning diapazoni seksta intervaliga teng. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra dastlabki gargi tuyduklar uzunroq, tovushi ham pastroq bo’lgan. Gargi tuyduk ham yakkaxon tarzda, ham ansamblь tarkibida qo’llaniladi.
Dutor O’rta Osiyo hududida keng tarqalgan cholg’ulardan biridir. Jumladan Turkmanistonda ham mazkur cholg’u sevib ijro etiladi. Dutor cholg’usi haqida ma’lumotlar turli afsonalarda, o’rta asrlar olimlarining risolalarida, mumtoz she’riyat namunalarida mavjud. Birinchi navbatda dutor turkman baxshilarining cholg’usi hisoblanadi. Baxshilar ijrosi davomida dutor jo’rsoz vazifasini o’taydi. Dutor cholg’usi ham yakka tarzda, ham ansamblь tarkibida qo’llaniladi. Dutor cholg’usi repertuariga dutor uchun yaratilgan alohida asarlar bilan bir qatorda baxshi qo’shiqlarining cholg’u variantlari ham kiritiladi. G’ijjak turkman xalq kasbiy musiqachilarining cholg’usidir. G’ijjak torli-kamonli cholg’ular guruhiga kiritiladi. Xalq musiqachilarining ma’lumotlariga ko’ra, g’ijjak cholg’usi turkmanlarda XIX asrdan qo’llanila boshlagan. G’ijjak baxshilarga jo’rnavoz cholg’u sifatida ham, ansamblь tarkibida ham qo’llanilgan. G’ijjak repertuariga maxsus shu cholg’u uchun ijod qilingan asarlar, baxshilar ijro etuvchi mashhur qo’shiqlarning cholg’u variantlari kiritilgan. Xulosa qilib aytish mumkinki, uzoq evolyutsiya bosib o’tgan cholg’ularning ayrimlari yo’qolib ketgan, ayrimlari esa hozirgi kunlarimizgacha qo’llanilib kelinmoqda. Bizning davrimizgacha yetib kelgan cholg’ulardan dutor, g’ijjak, gargi tuyduk kabilar turkman xalqining madaniy hayotida alohida o’ringa ega. Tayanch so’zlar: Turkman xalq musiqa ijodi, qadimiy milliy cholg’ular, zamonaviy cholg’ular. Download 16.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling