Musiqiy-ritimik faoliyatlarini shakllantirish uslubi mundarija kirish


Download 162.81 Kb.
bet1/12
Sana11.10.2023
Hajmi162.81 Kb.
#1697865
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Musiqiy-ritimik faoliyatlarini shakllantirish uslubi KURS ISHI


Musiqiy-ritimik faoliyatlarini shakllantirish uslubi


MUNDARIJA
KIRISH…………………………………….……………………..…….…………3
I BOB. MUSIQIY-RITIMIK FAOLIYATLARIDA MUSIQIY QOBILIYATNI O‘RNI …………………………………………………………………………….…….….6
1.1. Musiqiy-ritimik faoliyatlariga ta’rif ………………………………………..…6
1.2. Musiqiy-ritimik faoliyatlarini vazifasi ……………..…….……..…..…….....10
1.3. Musiqiy-ritimik faoliyatlarini shakllantirish ……...………………......…..…11
II - BOB. MUSIQA TINGLASH MADANIYATI SHAKLLANTIRISH USLUB VA TEXNOLOGIYALARI ……….…………………….……………18
2.1. Musiqa asarini tinglash tashkil etish texnologiyasi ….…………..……..……18
2.2. Musiqa tinglash qobiliyatlarni shakllantirish uslublari va texnologiyalari…...21
2.3. Musiqa asarida idrokni rivojlantirish texnologiya va uslubi………..……….22
XULOSA………………………………………………………………...…….…30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………….…….…31

Kirish

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida ta’lim bosqich-larining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiya-sini yaratish hamda ular asosida pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning mala-kasini oshirish mazunini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Mamlakatimizda kom-petensiyaviy yondashuvga asoslangan yangi davlat ta’lim standartlarini joriy etilishi o‘rta maktab o‘qituvchilari zimmasiga qator dolzarb vazifalarni ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda. Shu bilan birga, 2017-2018 o‘quv yilidan maktablarda o‘n yillik o‘rta ta’limning joriy etilishi ham o‘z navbatida o‘qituvchilarning malaka oshirishga bo‘lgan yangi ehtiyojlarni keltirib chiqardi. Ayni paytda vujudga kelgan shart-sharoitlar va o‘qituvchilarning yuqoridagi keltirilgan ehtiyojlari malaka oshirishning shakli, mazuni va uni amalga oshirish tizimlarini qayta ko‘rib chiqishni va bu jarayonga tegishli o‘zgartirishlarni kiritishni taqozo etmoqda.


“Musiqa o‘qitish metodikasi” musiqa madaniyati fani o‘qituvchilariga zamonaviy metodlari mazmuni va mohiyatini bilishni o‘z oldiga qo‘ymoqda. “Musiqa o‘qitish metodikasi” maqsadi va vazifalari quyidagilar asosida ta’riflab o‘tish mumkin. Musiqa o‘qitish metodikasi – pedagogika fani tarmog‘i sifatida Metodika – pedagogika fanining bir sohasi bo‘lib, turli predmetlarni o‘qitish uslubiyatidir. Qisqacha qilib aytganda metodika – bu uslub, keng ma’noda – ta’limot. Musiqa o‘qitish metodikasi – musiqa san’ati vositasida bola shaxsini maqsadga yo‘naltirgan holda unda musiqa madaniyatini shakllantirish yo‘llarini o‘rganadi. Musiqa o‘qitish metodikasi didaktik va xususiy prinsiplar, usul, vosita va metodlar yordamida musiqiy ta’lim-tarbiya jarayonini olib borish hamda uning umumiy va xususiy vazifalarini hal etish yo‘llarini belgilaydi. Umumiy vazifalarga – musiqaning tarbiyaviy ta’sir kuchini ko‘rsatish, o‘quvchilarda musiqaga bo‘lgan muhabbatni, ehtiyojni o‘stirish, musiqa tinglash jarayonini tashkil etish, musiqa madaniyatini shakllantirish masalalar kiradi. Xususiy vazifalarga esa qo‘shiq o‘rgatish usullari, ovoz diapozonini mustahkamlash va kengay-tirishga yordam beruvchi mashqlarni tavsiya etish, musiqa idrokini, tinglash qobiliyatini rivojlantirish, musiqa savodini egallash bosqichlarini belgilash masalalar kiradi. Musiqa o‘qitish metodi-kasi pedagogika-psixologiya fanlarining turli sohalari bilan uzviy bog‘liq. Bu esa hayotimizda jamiyat oldida turgan vazifalar, umumta’lim maktab-lari va o‘qituvchilar oldiga qo‘yiladigan talablar, o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, maktabda musiqiy ta’lim-tarbiyaning maqsad va vazifalarini aniqlash, ularning rivoj-lanish istiqbolini belgilash imkoniyatini beradi. Metodika o‘z oldida turgan muammo-larni hal etishda ham psixologiyaga tayanadi. Masalan, musiqa idroki, ijodiy va musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun bola ruhiyati, ongi, tafakkuri, xotirasi, tasav-vuri qonuniyatlari, uning ko‘rinishlari, rivojlanish bosqichlari haqidagi bilimlarga, musiqiy qobiliyat, inson faoliyati nima ekanligi xususidagi tushunchalarga ega bo‘lish shart. Musiqa o‘qitish metodikasi umumiy ta’limning murakkab va ko‘p qirrali maqsadlarini hamda musiqa ta’lim-tarbiyasi vazifalarini samarali hal etish uchun pedagogika va psixologiya fanlari bilan bir qatorda musiqashunoslik ilmi va musiqa ijrochiligi sohalariga ham tayanadi. Musiqashunoslik ilmining musiqiy tarixiy-nazariy fanlar mazmuni o‘quvchilarga musiqiy san’at xususiyatlarini yetkazish yo‘llarini topishga, ularga hayotning musiqiy tasavvurlarda aks etishi, musiqiy ifoda vositalarining ahamiyatini tushuntirishda, musiqiy asarlarni badiiy tahlil qilish metodlari va texnologiyalarini aniqlashda yordam beradi. Musiqa tarixi, asosiy yo‘nalishlar, uslub va janrlarning rivojlanishi, yirik kompozitorlarning o‘ziga xos ijod yo‘li haqidagi bilimlar maktab o‘quvchilarining musiqiy didini tarbiyalash, ular-ning dunyoqarashini kengaytirishga asos bo‘ladi. Har bir ijrochilik sinfi yakka kuylash, dirijyorlik, musiqa asbobi bo‘lg‘usi muallimda o‘quvchilar bilan ishlashda ularda ovozni saqlash va rivojlantirish, xor bilan ishlash musiqiy asarni ifodali ijroda ko‘rsata olish o‘quvchilarda musiqaga ijodkorlik hissini o‘stirish malakalarini shakllantirish bilan metodikaga o‘z hissasini qo‘shadi. Musiqa o‘qitish metodikasi fanining asosiy tushunchalari “tarbiya-ta’lim» – «rivojlantirish» va ularning o‘zaro bog‘liqligidir. Pedagogika-da tarbiya - deganda bolalar, o‘smirlar, yoshlarning jismoniy, ma’naviy kuchlarini rivojlantirish, ularning dunyoqarashini shakllantirish tushuniladi. Hayotni aks ettirishi, hayot bilan bog‘liqligi, uning musiqa ijodkori, ijrochisi va tinglov-chisining hayotiy qarashlariga bog‘liqligi musiqani tarbiya vositasiga aylantiradi. Musiqiy tarbiya jarayonida o‘quvchida axloqiy, aqliy, estetik jismoniy sifatlar tarkib topadi. Ta’lim – bilimlar majmuasini o‘zlashtirish jarayonidir. Xususan, musiqiy ta’lim o‘quvchilarni turli musiqiy faoliyatga o‘rgatish, musiqiy tasavvur, bilim, malaka va ko‘nikmalar berish va bu bilimlarning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish jarayonidir. Rivojlantirish – eng oddiy, sodda musiqiylik ko‘rinishlaridan murakkablariga qarab takomillashish. Boshqacha aytganda, musiqiy qobiliyatning o‘sishi va shakllanishi jarayoni rivojlanishni hosil qiladi. O‘quvchilarga musiqiy ta’lim berish, ularni tarbiyalash va rivojlantirish ishlari yaxlitlikda olib borilishi musiqa pedagogikasining eng muhim qonuniyatlaridir.


Download 162.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling