Musiqiy-ritimik faoliyatlarini shakllantirish uslubi mundarija kirish
Musiqiy-ritimik faoliyatlarini shakllantirish
Download 162.81 Kb.
|
Musiqiy-ritimik faoliyatlarini shakllantirish uslubi KURS ISHI
1.3. Musiqiy-ritimik faoliyatlarini shakllantirish
Har bir guruh o‘z raqsiga mos ritmda harakat bajaradilar. O‘qituvchi esa musiqaga mos, ritmik va harakterini aniq ifoda eta olgan guruhni aniqlaydi va rag‘batlantiradi. Musiqiy ritmik faoliyatda nafaqat milliylikni rivojlantirish, balki harakatning madaniyligini, bolalarning badiiy didini rivojlantirish ham nazarda tutiladi. O‘qituvchi musiqiy qo‘llanmani tanlayotganida qaysi tayyor asarni olish mumkinligini va qaysilarini badihago‘ylikka berish kerakligini aniqlashi kerak. Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda ularning tashabbuskorlarini qo‘llab - quvvatlash zarur, o‘z raqsiga o‘ylab topgan harakatlarni asar mazmuniga mos va unga xos xususiyatlari mujassam bo‘lishi kerak. Boshlang‘ich sinflarda musiqiy-ritmik faoliyat quyidagicha maqsadga muvofiq rejalashtiriladi. Birinchi sinfda o‘qituvchining faoliyati bolalardagi maktabgacha ta’lim tashkilotdagi tajribalarini yanada faollashtirish, shuningdek harakatlarni o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lishi kerak: a) raqs bo‘laklari b) jismoniy tarbiya qismlari. Bu yoshdagi o‘quvchilar harakatlarni o‘zlari o‘ylab topadilar. Keyin esa o‘qituvchi harakatlarning ifodali bajarilishiga e’tibor qaratadi, Chunki, bolalar harakatlarni musiqa bilan aloqasini tushunishlari, ularga tanish bo‘lgan musiqiy o‘yinlardagi harakatlarni qo‘llay olish malakasini shakllantirishga yordam beradi. Bolalar musiqaning mazmuni va ifoda vositalarining o‘zgarishini aniq sezishlari kerak. Musiqiy nutq bo‘laklari, ifoda vositalari haqidagi taassurotlar ijodiy vazifalarda mustahkamlanadi. Birinchi sinf musiqa darsida musiqiy - ritmik harakatlarni tashkillashtirishda - bosh o‘rinni o‘yinlarga ajratish lozim. O‘yinlar bolalarni musiqaga bo‘lgan qiziqishini orttiradi, musiqiy ko‘rinishini qabul qilishga yordam beradi. Ikkinchi sinfda - darsdagi musiqiy - ritmik faoliyat o‘quvchilarni avvalgi malakalarini yanada murakkabroq harakatlar orqali mustahkamlashga qaratiladi. Tanish bo‘lgan harakatlarni raqslarda ijodiy ishlata olishni shakllantirish ham kiradi. Marsh va raqs harakatlarini bajarishdagi malakalari musiqadagi kuchli va kuchsiz xissalarni farqlashga, ikki ritmik birlikning muttanosibligini, nota yozuvini o‘rganishga yordam beradi. Uchinchi sinf o‘quvchilarida o‘zgargan qismlarda harakatlarni o‘zgar-tirish malakasi mavjud bo‘ladi. Musiqiy rivojlanish qonuniyatlarini va musiqiy shakllarning tuzilishini o‘rganish jarayonida musiqiy jumlalar ishlatiladi. Raqsning, qo‘shiqning, marshning ritmik mazmunini ajratish, cho‘zimlarini bo‘g‘inlar yordamida belgilash, ya’ni «ti» va «ta» kabilar, nota yozuvida ko‘rsata olish, musiqiy intonatsiya haqidagi tushunchani o‘zlashtirishga yordam beradi. To‘rtinchi sinfda - improvizatsiya va folklor - qo‘shiq qo‘llanmalari, xalq musiqasining xususiyatlari haqidagi taassurotlar keng ishlatilinadi. Bu yoshdagi bolalar milliy raqs bo‘laklari bilan tanishadilar. Ularning ritmik intonatsiyalari jihatdan o‘ziga xosligidan o‘quvchilar alohida millat musiqa «tili» ni, uslubini tushunib oladilar. Ilk bosqichda o‘quvchilarda aniq musiqiy taassurotlarni shakllantirish o‘yin shaklida o‘tkaziladi. Musiqiy o‘yinlarda bolalar xona bo‘ylab harakatlanishni, shartli musiqiy signallarga ahamiyat berishni, tovushlarni balandligini, qattiqli-gini, oddiy musiqa cholg‘ularining tembriga qarab farqlashni o‘rganadilar. Xususan, doyraning bir tekis urilishiga bolalar yugursalar, kichik uchburchakning tovushiga tuxtaydilar. Bolalarni yengil yugurishga, yo‘nalishni tezda o‘zgartira olishga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘yin davomida cholg‘ular o‘rtasidagi masofani o‘zgartiradi, ya’ni doirani ma’lum vaqtgacha urib turadi yoki kamroq uriladi. Bu esa bolalarning eshituv diqqatini oshiradi, cholg‘ularning tembriga bo‘lgan munosabatini, ya’ni reaksiyani mustahkamlaydi. Ammo, o‘qituvchi bolalar oldiga vazifa qo‘yayotganida dinamika haqida bolalarga tushuntirishi kerak, jumladan qattiq zarblarga yurish, xuddi «ayiqqa» o‘xshab borish; sekin zarblarga - yengil «qushlar»ga o‘xshab qo‘llarini qanot qilib oyoq uchida yugurish. O‘qituvchi o‘yin davomida o‘quvchilarni kuzatishi kerak, harakatlarni ritmik aniq, bolalarning qaddi-qomati to‘g‘riligiga ahamiyat berishi kerak. O‘yinga turli mazmuniga o‘zgarishlar kiritilishi unga quvnoq, qiziqarli tus beradi. Bunday mashqlar va o‘yinlar uchun o‘qituvchi o‘z xohishiga qarab musiqa tanlaydi, lekin dastur bo‘yicha bo‘lishi shart. Agar birinchi harakatlanuvchi mashqlar o‘quvchilarda musiqiy hodisalarda mazmuni aniqlash bo‘lsa, keyingisida aniq musiqiy-eshituv taassurotlarini shakllantiruvchi mashqlar bo‘lishi kerak. Bunday boshlang‘ich mo‘ljal olish mashqalaridan so‘ng dars jarayonida o‘quvchilarga harakatlarda musiqiy ko‘rinishning mazmuni xususiyatlarini ko‘rsatib berish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan vazifalar beriladi. Masalan, marshlar turiga qarab harakat qilishda sport marshiga - shahdam, bayram marshiga - tantanavor, soldatchalar marshiga - baland qadamlar tashlab harakatlanish; raqs musiqalarini ohang mazmuni va tempiga qarab turlash orqali qo‘l, bilak va yelka harakatlarini asarga mos holda o‘ynatish: yengil raqs «Bahor keldi», o‘ynoqi raqs «Ufor», Xorazmcha raqs «Lazgi», ohista, ravon, mayin raqs «Bahor valsi» kabilar. Chapaklar, qarsaklar, oyoq do‘pillatishlar harakat bo‘laklarining eng oddiylaridandir. Ular o‘qituvchiga kuy ritmlari, nota cho‘zimlari to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Masalan, o‘zbek xalq kuylari «Do‘loncha» va «Chertmak» asarlariga chapakda jo‘r bo‘lish orqali bolalar «Do‘loncha» quyidagi tovushlar cho‘zimi «Chertmak» quyidagi cho‘zimlarga nisbatan qisqaroq ekanligi hamda qisqa tovushlar yugurish uchun, uzunroq tovushlar qadam tashlashga qulayligini xis etadilar. Bu kuylarning ritmik xususiyatlarini taqqoslab, o‘quvchilar musiqa mazmuni va uning ifoda vositalari o‘zaro bog‘likligini aniqlaydilar. Download 162.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling