Musiqiy ta`limning tamoyillari
Musiqaning inson hayotiga ta`siri va inson hayotidagi o`rni
Download 299.95 Kb.
|
Musqiy ta`lim tamoyillari
Musiqaning inson hayotiga ta`siri va inson hayotidagi o`rni.
Musiqa madaniy hayotimizda keng o‘rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san’at turidir. Har bir insonni ma’naviy shakllanishida oilani, maktabni, jamiyatni ahamiyati katta. Chunki insonni insoniylik xususiyatlari jamiyatda tarkib topadi. Yosh avlodni kamolot sari yetaklashda tarbiyani ko‘plab omillari qatori musiqa tarbiyasi alohida o‘rin tutadi. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo‘lib, insonni atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishga va qadrlashga o‘rgatadi. Musiqa inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, uni nafosat olemiga olib kirish va axloqiy g‘oyaviy tarbiyalashni muhim vositasidir. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va unga ma’naviy ozuqa beradi. Musiqiy tarbiya insonni go'zallikka yetaklovchi bir vosita bo'lib, u insonning estetik va emotsional xususiyatlarini shakllantiradi. Haqiqiy musiqa asarlari zamonning estetik-axloqiy va siyosiy g'oyalarini umumlashtiradi. Inson hayotini musiqa san'atisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. San'at kishilarga faqatgina ma'naviy ozuqa beribgina qolmasdan, jismoniy kamolotga erishuvida ham muhim o'rin o'ynaydi. Musiqa san'atining axloqiy-estetik tarbiyadagi rolini to'g'ri his etib, uning yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyalini aslo unutmaslik zarur. Musiqiy go'zallik insonning ma'naviy qiyofasi shakllanishida muhim omildir. Musiqa go'zallikka intilish, estetik ehtiyoj tug'ma xislat emas. U insonda mehnat va atrof-tevarakdagi olamni ta'sirida paydo bo'lgan. Tashqi olamni o'zgartirish bilan insonning o'zi ham o'zgarib bordi, bunda faqat u jismoniy jihatdangina taraqqiy qilib qolmay, balki ma'naviy jihatdan ham taraqqiy etdi. Insonning ma'naviy qobiliyati va avvalo, estetik hissi asta-sekin taraqqiy etib, tarbiyalanib bordi. Musiqa san'ati hayotni bilish va odamlarni tarbiyalashning qudratli vositasidir. Ammo uning bilish va tarbiyalashdagi xizmat darajasi kishiga estetik, badiiy jihatdan ta'sir etish kuchiga bog'liqdir. Musiqa san'ati kishi faoliyatining muayyan bir turi bo'lib, uning vazifasi jamiyatga estetik xizmat ko'rsatishdir. Shu ma'noda uning o'rnini hech bir narsa bosa olmaydi. Musiqa ijtimoiy hayotning hamma sohalarida faol sur'atda o'rin oladi. Shunday qilib, voqelikka bo'lgan estetik munosabat bastakorlar tomonidan yaratilgan musiqa asarlarida ham, mehnatga, maishiy hayotga va odamlar munosabatiga olib kiriladigan badiiy asoslarda ham ifodalanadi. Наг bir san'at turi singari musiqa san'ati ham juda qadim zamonlarda, odamlar g'orlarda yashab, tosh qurollaridan foydalanib, hay von terilarini yopinib yurgan o'tmish davrlarida paydo bo'lgan. U odamlaming ma'naviy dunyosi cheklangan, tili kambag'al, atrofdagi voqea - hodisalar haqidagi tasavvurlari juda noaniq edi. Lekin shunga qaramay musiqiy asarlami, garchi u asarlar "yovvoyi" holatda bo'lsa- da, ana shu qadimgi odamlar yaratgan. San'atning deyarli hamma turlari minglab yillar ilgari vujudga kelgan. San'at qandaydir birgina yerdagina emas, balki bir yo'la bir necha qit'alarda, turli kengliklar, iqlim sharoitlarida paydo bo'ldi. Maktabda musiqa o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarda musiqa madaniyatini shak- llantirish ulami zamon talabiga javob bera oladigan barkamol inson qilib voyaga yetkazish. Maktabda musiqa darslarini o‘qitishning asosiy vazifaiari quyidagtlardan iborat: - o‘quvchilarni musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishi va mehr-muhabbatini oshirish; - musiqiy faoliyatlar jarayonida o‘quvchilami musiqiy qobiliyatlari, musiqiy o‘quvi, ovozi, diqqat-e’tibori va ijodkorlik his-tuyg‘ularini o‘stirish; - musiqiy badiiy-g‘oyaviy mazmuni vositasida axloqiy estetik ruhda tarbiyalash; - musiqa darslarida o‘quvchilami kasb-hunarga yo‘naltirish, mehnatga muhabbat, Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish. Mazkur maqsad va vazifalami amalga oshirish o‘qituvchining kasbiy va pedagogik mahoratlariga bog'liq. Har qanday san’atkor ham, maktabda musiqa madaniyati darslarini olib borolmaydi. Buning uchun musiqa o‘qituvchisi pedagogika, psixologiya, boialar fiziologi- yasi, musiqa o‘qitish va metodikasi hamda o‘z musiqiy kasbiy fanlarini puxta o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. Musiqa o‘qituvchisi o‘z kasbiga va bolalarga mehr qo‘ygan, yuksak madaniyatli, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan shxs bo‘lishi lozim. Donishmand xalqimiz azaldan kuy va qo'shiqni bola qalbiga tez yo‘l topa olishi, uning ruhiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, yaxshi xulq va odob, mehr oqibat, sabr-toqat, kattalarga hurmat fazilatlarini musiqa orqali tarkib topishini azaldan anglab yetgan. Oilada farzandni qo‘shiq aytishga, soz chalishga o‘rgatish ota-ona orzusi hisoblangan. Bola musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, musiqadan umrbod ozuqa oladi. Chunki bola hali yurishni, so‘zlashni bilmay turib, musiqani eshitib, turli qo‘l harakatlari bilan musiqaga munosabatini bildiradi. Shuning uchun azaldan har bir oilada musiqa cholg‘u asboblaridan dutor, doira, rubob saqlash urf-odat bo‘lib qolgan. Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson sof qalb egasi, yuksak ma’naviyatli, go‘zallikni his eta oladigan inson bo‘lishi kerak. Xalqimiz kelajagi mustaqil O‘zbekistonning istiqboli ko‘p jixatdan o‘qituvchiga uning dunyoqarashiga, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini kuchayti- rish, ixtisoslarga doir fanlami o‘qitish va pedagogik mahoratni egallash, nazariy bilim larni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish bugungi kun talabidir. Uzluksiz pedagogik ta’lim tizimini amalga oshirilishi munosabati bilan o‘qituvchilami malakasini oshirish va ulami qayta tayy orlash ishlari diqqat markazidadir. O‘qituvchilik kasbi sharafli, lekin juda murakkab kasbdir, o‘qituvchi musiqa nazariyasini egallashi bilan birga, bolalami sevishi, pedagogik amaliyotni ham o‘tgan bo‘lishi kerak. Chunki, maktab hayotidagi pedagogik jarayon juda xilma-xildir. Bu esa musiqa o‘qituvchisidan puxta bilim, amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi kiyinish madaniyati va nutq madaniyatiga ega bo‘lishi kerak. U o‘qituvchilik kasbini va bolalami yaxshi ko‘rishi hamda ularni barkamol inson sifatida kamol topishiga ko‘maklashishi, har bir darsni o‘quvchilarni hayot tajribasiga bogiagan holda olib borishi, hilma-hil metodlar, innovatsion texnologiyalar, ko‘rgazmali qurollar, kompyutnr slayd, tarqatma materiallaridan foydalanishi kerak. O‘z kasbiy mutaxassisligini puxta egallagan bo‘lishi, bolalar ovoziga o‘zining ovozini moslab kuylay olishi, ijrochilik mahoratiga ega bo‘lishi, sinfdan tashqari to‘g‘araklarga o‘quvchilarni jalb etish bilan turli tanlovlarda, tadbirlarda o‘quvchilar faol ishtirok etishi kerak, o‘qituvchi har bir darsini senariy muallifi, artisti, ijrochisi hamda rejissyori bo‘lishi bilan birga zamon bilan hamnafas qadam tashlashi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchilik kasbini egallash uchun albatta kasbiy qobiliyatlar bilan birga jismoniy va ruhiy sog‘lom bo‘lishi darkor. Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, balki sog‘lom ruhiy xislatlarni, sharqona odob-axloq va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz. Buyuk pedagog A.Avloniy shunday degan edilar “Tarbiya qiluvchilar tabib kabidirlar, tabib hastani badanidagi kasallikka davo qilgani kabi, o‘qituvchi ham bolani musiqa orqali, aqliy rivojiga diqqat markaziga ta’sir etib, ularda poklik, vijdon, sadoqat, mehr, kattalarga hurmat, Vatanga muhabbat kabi tuyg‘ulami tarbiyalaydi”. “Tarbiya biz uchun yo hayot yo momot, yo najot-yo halokat. Yo saodat-yo falokat masalasidir” deb yozgan edi. Buyuk mutaffakkir shoir A.Navoiy o‘z asarlarida musiqa tarbiyasining qirralarini chuqur o'rganib, shunday dedi: “Musiqa jamiyat hayotining muhim negizidir. Faqat musiqagina odamning qalbiga tiniqlik, mutanosiblik va o‘z-o‘zidan qanot tuyg‘usini olib kiradi va uni baxtiyor qiladi” Al Forobiy fikricha: “Musiqa - nodir san’at, ezgulikka yetaklovchi kuchdir” , “Kimki ilm xikmat o‘rganmoqchi bo‘lsa, avvalo o‘zi ma’naviy barkamollika erishmog‘i lozim”- deydi Abu Rayxon Beruniy. “Har kimki hikmat o‘rganman desa, yoshlikdan bolasini, il- mli va dono kishilardan saboq olsin, shundagina u komillik darajasiga yetadi”; Shunday ekan, hozirgi davrda, musiqa o‘qituvchisidan mas’uliyat, fanga yangicha yondashuv uning metodologiyasini chuqur o‘rganish talab etadi. Umumta’lim maktablarida esa, musiqa madaniyati darslarning asosiy maqsadi, o‘quvchilarda musiqaga qiziqish uyg‘otish vosita- sida musiqiy madaniyatini tarkib toptirish. Zero kuy va ohang ta’sirida inson ezgulikka in- tilish, go‘zallikni asrash, ona tabiatga, ona Vatanga muhabbat his tuyg‘ularini shakllantirib, ma’naviy dunyosini boyitadi. Musiqa hayotimizda keng o’rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlanishidagi muhim ahamiyatga ega bo’lgan san’at turi. Musiqa nafosatni tarbiyalaydi. U atrofdagi narsalarni to’g’ri idrok etish va qadrlashga o’rgatadi. Musiqa insonlarni did bilan qurollantiradi, ma’naviy dunyoqarashini shakllantiradi. U inson hissiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Musiqa inson ruhiyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Musiqadan ozuqa olgan odam – yuksak madaniyatli, sof qalb egasi, go’zallikni his eta oladigan, kasbiga, vataniga mehr qo’ygan bo’ladi. Shuning uchun Vatanimizning “Ta’lim to’g’risidagi”qonuniga ko’ra “9 yillik umumiy o’rta ta’lim” musiqa darslarini o’rgatish mahorat talab etadi. Ongli mehnat jarayonida inson tafakkuri takomillashidi va taraqqiy etdi. His-tuyg'ularni, kayfiyat, ehtiroslarni ifodalash - musiqaning eng kuchli xususiyatiga aylandi. Kishining his va kayfiyati o'z-o'zicha namoyon bo'lmaydi. Kishining his va kayfiyatlari manbai real hayotdir. Biz vaziyat ta'siriga ko'ra yo g'am chekamiz, yoki xursand bo'lamiz, g'azabimiz oshadi, yoki shodligimiz ichimizga sig'maydi, yoki ranju-alam chekamiz. Binobarin, agar musiqa bunday his-tuyg'ulami ifodalar ekan, demak, u voqelikni aks ettiradi. Ammo musiqa mazmunini muayyan bir hislar ifodasidan iborat qilib qo'yish yaramaydi. Musiqa, shuningdek, fikrlarni o'zida mujassamlantirishga ham qobildir. Musiqiy merosni asrash tushunchasining mohiyati shunchaki o'tmish g'oyalarini ko'r-ko'rona takrorlash va saqlash emas, balki uni ongli dunyoqarash va insoniyat manfaatlari nuqtai nazaridan rivojlantirish, tanqidiy o'zlashtirish va ijodni qayta ko'rib chiqish zarurligini bildiradi. Kompozitorlarimizning xalq musiqa san'atini ijodiy o'rganishi natijasida o'zbek madaniyati xazinasiga bebaho dur bo'lib qo'shilgan san'at asarlari vujudga keldi. Go'zallikka tashnalik sezgan inson qalbidan, yurak to'ridan o'rin olgan qo'shiqlar kompozitorlar ijodini shakllanishida fundamental asos sanaladi. Shunday qilib, musiqa voqelikni alohida, faqat unga xos shaklda aks ettiradi, jamiyat va zamonning asosiy g'oyalarini, kishilar munosabatidagi eng muhim narsalami ifodalaydi. Musiqa voqelikni falsafiy umumlashtirilgan asosda anglaydi. Har bir kompozitor ijodida u yashayotgan zamonning, davming qandaydir xususiyati o'z ifodasini topadi. Musiqaning kishilarga ta'siri juda kuchlidir, chunki u kishilar his-tuyg'ularini o'ziga maftun etadigan, yuksak emotsional san'atdir. Musiqa kishiga ilgari uncha ma'lum bo'lmagan ajoyib yuksak tuyg'ulami ochib beradi, u kishini o'zgartirib yuborishga, uning qalbini noziklashtirishga, ruhan boyitishga qodir. Shuning uchun ham musiqani inson tabiatidagi barcha yaxshi hislatlarning ifodasi deb bekorga aytmaganlar. Musiqani sevgan kishi ruhan boyiydi, qalban noziklashadi, ma'naviyati yuksaladi. Maktablarda olib boriladigan musiqa mashg‘ulotlari badiiy va g‘oyaviy mazmuni bilan bolalarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalaydi. Bola qo‘shiq aytishi orqali tabiat hodisalari, jonivorlar bilan tanishadi, milliy qadriyat, urf-odat va an’analarning mohiyatini anglab boradi. Yoshga qarab guruhga bo‘lingan o`quvchilarga imkoniyatini hisobga olgan holda musiqiy bilim beriladi. Uzluksiz mashg‘ulotlar davomida bola tovush xossalarini biladi, ularni uzun-qisqa, past-baland, cho‘zib, uzib-uzib kuylashni o‘rganadi. Shuningdek, bola musiqa ohangiga qarab shaxdam, sekin, yengil va tez yurish harakatlarini bilib oladi. Bunday tartibdagi mashg‘ulot bolaning nutq madaniyati, dunyoqarashi, aqliy tafakkuri va his qilish imkoniyatini shakllantiradi. Mashg‘ulot tarbiyachisi bolaga o‘zbek musiqa merosi, folklor, xalq kuy va qo‘shiqlarini kuylash, raqsga tushish, musiqa asboblarining ko‘rinishi va ijro etilishini yoshiga qarab belgilaydi va o‘rgatadi. Lirik, mungli va sho‘x raqs harakatlarini bajarish bolada havas va shaxdam yurish xislatlarini shakllantiradi. Bolalarning raqs harakatlariga vals, marsh, polka, vazmin, birga sakrash, o‘ng-chap oyoqda maroq va viqor bilan yurish kiradi. Bola dutor, shaqildoq, qayroq, nog‘ora, doira va boshqa musiqa asboblarini bilishi uning musiqiy bilim va ijro mahoratini oshiradi. Musiqaning nozik sirlari, jozibali jarangi, jo‘shqin va sokin eshitilishi, ritm tuzuklari orqali chiroyli harakatlar birligi o`quvchining ichki hissiyotini boyitadi. Download 299.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling