Musiqiy ta`limning tamoyillari


Musiqiy ta`limning maqsadi, vazifalari va mazmuni


Download 299.95 Kb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi299.95 Kb.
#1506045
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Musqiy ta`lim tamoyillari

Musiqiy ta`limning maqsadi, vazifalari va mazmuni.
Musiqa ta’lim-tarbiyasining maqsadi yosh avlodni milliy musiqa merosimizga qila oladigan hamda umumbashariy musiqiy qadriyatlarni idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazishdan iboratdir. Buning uchun har bir o’quvchining musiqiy iqtidorini rivojlantirib, musiqa san’atiga mehr ishtiyoqini oshirish, musiqadan bilim va amaliy malakalar doiralarini tarkib toptirish, iqtidorli o’quvchilarni musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish, maktab musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifasidir. Mazkur oliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish-musiqa faniga jamiyatni madaniy - ahloqiy rivojlantiruvchi omil sifatida qarash, predmet muammolarini xal etishda keng o’qituvchilar ijodkorligiga tayanish, musiqa o’qitish uslubiyotini ilgor tajribalar va kompleks ilmiy-metodik izlanishlar natijasi asosida takomillashtirish talab etiladi.
Ta’lim jarayoni ikkita shaklda, dars va sinfdan tashqari musiqiy mashg’ulotiar tarzida amalga oshiriladi. O’qitishning asosiy va barcha o’quvchilar uchun zaruriy shakli musiqa darslaridir. Shu bois dars tuzilishlari va o’qitish usullarining xilma- xil shakl va turlarini qo’llash hamda tajriba jarayonida darsning yangi usul va tuzilmalarini kashf etish dolzarb masala bo’lib turadi. Bundan ko’proq Sharq va milliy musiqa ta’limshunosligini o’rganishi va undan unumli foydalanish muhimdir. Dars-o‘quv tarbiya jarayonida maqsadlarni amalga oshirishda asosiy ta’lim shakli hisoblanadi. O‘tkazilgan dars o‘quvchilarni ham, o‘qituvchini ham qanoatlantirish uchun ma’lum darajada umumiy bo‘lgan ba’zi bir talablarga javob berishi kerak. Dars fan ishchi dasturida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, maqsadi aniq belgilangan bo‘lishi kerak. Dars o‘tish jarayonida shakllantirilishi lozim bo‘lgan bilim, iqtidor va ko‘nikmalar alohida aniqlanishi darkor. Shu bilan birga mazkur dars davomida bilim, iqtidor va ko‘nikmalarning erishiladigan darajasi ham belgilanishi ma’qul bo‘ladi. Darsda ishlatiladigan metodlar, vositalar turkumi aniq bo‘lishi oldindan belgilanishi maqsadga muvofiqdir. Darsga qo‘yiladigan didaktik talablardan biri shuki, beriladigan o‘quv materiali tizimli ravishda osondan-qiyinga, oddiydan-murakkabga, o‘quvchilar yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Mavzuni taqvimli rejalashtirish asosida dars o‘tkazishning aniq ishlab chiqilgan rejasi mavjud bo‘lishi va dars o‘z vaqtida boshlanib, o‘z vaqtida tugashi kerak. Darsning mantiqiy izchilligi, tugallanganligi va darsning boshidan to oxirigacha o‘quvchilar ongli intizomi ta’minlanmog‘i lozim. Darsni tashkil etishda turli xil vositalar, jumladan o‘quv-texnik va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish ko‘zda tutiladi. Dars juda ham turli-tuman tarkibiy tuzilishlarga ega bo‘lib, darsni bir marta doimiy ravishda mavjud bo‘ladigan ko‘rinish tarzida rejalashtirish va o‘zgarmaydigan, ya’ni qotib qolgan namuna asosida olib borish mumkin emas. Darsning tarkibiy tuzilishiga yuqorida qayd etib o‘tilgan omillar qatorida mazkur sinfda ishlashning haqqoniy shart-sharoitlari, shuningdek, o‘qituvchi ish faoliyatining ijodiy xarakteri katta ta’sir ko‘rsatadi.
Har bir dars boshqa darslardan o‘zining o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra farq qiladi. Darsda har doim o‘qituvchining maxsus “Pedagogik yondashuv tarzi”ni ko‘rish mumkin. Masalan: Kombinatsiyalashgan ya’ni rejalashtirilgan dars quyidagi ko‘rinishda tashkil etiladi: tashkiliy ish qism, o‘quvchilarga berilgan uy ishlarining bajarilishini tekshirish, o‘qituvchi tomonidan yangi mavzuni bayon etish, o‘rganilgan mavzu materiallarini mustahkamlash, uyga vazifa hamda topshiriqlar berish va hokazo. Darsni yutug‘i va uning natijalari nafaqat o‘qituvchining tayyorligiga, balki o‘quvchilarning bilimiga ham bog‘liq bo‘ladi. Afsuski, ushbu masalaga ko‘pgina o‘qituvchilar o‘zlarining amaliy ishlarida yetarli darajada e’tibor bermaydilar. O‘qituvchi darsda o‘quvchilarga bo‘lgan talabchanlikni, ya’ni hurmat, ziyraklik, pedagogik mavqeini saqlagan holda yondashishni namoyon etish bilan muvofiqlashtirgan holda olib borishi lozim. Darsda o‘quvchilarga o‘qituvchining murojaat shakli ham farqsiz emas. O‘quvchilarni o‘z ism-shariflari bilan atashi maqsadga muvofiqdir. Pedagog sifatida o‘zligini namoyon etishni talab qilish zarur holatlarda o‘qituvchi tomonidan o‘z hissiyotini aks ettirishni inkor etmaydi. U darsda faqatgina ziyrak, mehribon, quvnoq, hushyor, ko‘ngilchan bo‘libgina qolmasdan, balki jiddiy, xafa va noroziligi bilingan qiyofada bo‘lishi ham kerak. O‘qituvchining pedagogik mahorati, uning o‘quvchilarga munosabatidagi ishonch, o‘quv faoliyatini tashkil etishning turlituman shakllaridagi darsda ularning hamjihatligidagi izlanuvchanligini tashkil etish, o‘quvchilarning ishlariga haqqoniy baho berish, ularga doimi zaruriy yordam ko‘rsatishga tayyor turishlik kabi ishlar bularning barchasi juda katta didaktik va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘quvchilarda jamoaviy mehnat malakalarini hamda ijobiy ahloqiy fazilatlarni shakllantiradi.
Umumta’lim maktablarida musiqa darsining asosiy maqsadi–o‘quvchilarga musiqa san’atini go‘zallik qonunlari asosida o‘rganish malakasini singdirish va ularda musiqa madaniyatini tarkib toptirishdan iborat. Mazkur maqsad o‘qituvchi oldiga o‘quvchilarda musiqaviy-badiiy did, axloqiy-estetik his-tuyg‘ularni tarkib toptirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda musiqa san’atiga nisbatan qiziqishni va musiqaviy faoliyatida badiiy ehtiyojni kuchaytirish, musiqa savodxonligi madaniyatini shakllantirish, musiqa orqali inson his - tuyg‘ulari va orzu-umidlari ifodasi ekanligi haqida tushuncha hosil qilish kabi qator vazifalar qo‘yadi. O‘quvchilarda musiqaga mehr va havas uyg‘otish, ularning musiqa saviyasini oshirish uchun ashula va musiqa sohasida olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni har tomonlama kuchaytirish lozim. Maktablarning boshlang‘ich va o‘rta sinflarining har birida xor to‘garaklari, sharoiti bor bo‘lgan maktab sinflarida esa cholg‘u asboblari bo‘lishi kerak. Ayni vaqtda o‘quvchilarga yakka tartibda musiqa o‘rgatish ishlarini amalga oshirishga e’tibor berish, bu ishga ota-onalar, jamoatchiligni jalb etish lozim. Maktabda egallangan musiqa bilimi va malakalaridan kundalik hayotda, maktabda musiqiy kechalar o‘tkazishda, “Mustaqillik”, “Mehrjon”, “Yangi yil”, “Navro‘z”, “8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami, musiqa va san’at bayramlarida hamda ekskursiya-sayrlariga chiqqanda foydalanish kerak. Shuningdek, o‘rganilgan qo‘shiqlar uyda oila a’zolari oldida, o‘rtoqlar davrasida aytilishi mumkin.
Umumta’lim maktablarida 7-yil davomida musiqa darsi muntazam ravishda olib boriladi. Natijada o‘quvchilar musiqa savodiga ega bo‘lib, musiqani sevadigan, yirik musiqa asarlarini, shuningdek, kontsertlarni, radio va televideniya orqali beriladigan musiqali eshittirishlarni mehr qo‘yib tinglaydigan, badiiy havaskorlik to‘garaklarida yetarli tayyorgarlik bilan faol qatnashadigan kishilar bo‘lib yetishishadi. Yuqorida sanab o‘tilgan tadbirlarni amalga oshirishda bosh tarbiyachilar, sinf rahbarlari va ota-onalar musiqa o‘qituvchisiga yaqindan yordam berishlari juda zarur. Darsning har bir faoliyat turida doirachalar, shaqildoqlar, uchburchak, metallafondan foydalanish shuningdek, o‘quvchilar musiqa asboblarida chalish, kuy va qo‘shiqlarga mos raqs elementlarini bajarish, musiqa asboblarini chalinishini qo‘l harakati bilan imitatsiya qilish, qo‘shiqlarga ritmik jo‘r bo‘lib chapak chalish, asarlarga dirijyorlik qilishidan keng foydalanish darsni yanada qiziqarli hamda jozibali bo‘lishini ta’minlaydi.
Inson tarbiyasi, kamoloti, har qanday jamiyatning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib kelgan. Chunki jamiyatning shakllanishi, rivojlanishi, ravnaq topishi shu jamiyatdagi tarbiyasiga bog‘liq .
Tarbiya bu shaxsni ijtimoiy iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlariga tayyorlash maqsadida uning ma’naviy va jismoniy rivojlanishiga muntazam ravishda ta’sir etib borishdan iborat bo‘lgan uzluksiz jarayon. Insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san`atisiz erishib bo`lmaydi.
Prezidentimiz ta`kidlaganidek: “Musiqa sadolari qaysi xalq yoki millat vakili tomonidan ijro etilmasin, eng ezgu , yuksak va nozik insoniy kechinmalarni ifoda etadi”.
Shunday ekan yoshlarga ta’lim tarbiya berish, ularni mustaqilligimizni mustaxkamlash yo‘lida safarbar etish muhim misoldir. Mustaqil Respublikamizda ma’naviyat va madaniiyat masalalariga aloxida etibor berib kelinmoqda .
Shuni ta’kidlash lozimki O‘zbekistonda inson ma’naviy hayotini shakllantirish maqsadida musiqaning madaniy hayotga chuqurroq kirib borishida keng imkoniyatlar yaratilmoqda .
Bunda ma’naviyat va ma’rifat gazetasi markazi xalqaro madaniy – ma’rifiy aloqalar majmuasi kabi ijodiy muassasalarning tashkil etilishi bastakorlar uyushmasi va jamiyatdagi ijodiy siljishlar «O‘zbekiston vatanim manim» nomi bilan mamlakatimizda o‘tkazilayotgan an’anaviy tanlovlar madaniy ma’rifiy isloxotlarni amalga oshirishda metodlar qo‘llanmoqda. Qadimiy va boy tajribaga ega o‘zbek milliy musiqa madaniyati istiqbolini amalga oshirish ta’lim tarbiya ishlari bilan shug‘ullanish maqsadida asrlar davomida rivoj topib kelganligini ta’kidlash joizdir. Bu maktablarda musiqa ta’limi-tarbiyasi bevosita oshirib borilgan. Ushbu maktablarning faoliyat mazmunida insonni dunyoga kelishidan kamol topib butun umri davomida musiqa haqiqiy ma’nodagi tarbiya vositasi ekanligi o‘z ifodasini topgan .
Musiqaning so‘z san’ati va adabiyoti bilan o‘zviy holda bog‘lab o‘rganilganligi musiqa nomi va amaliyoti rivojida katta hissa qo‘shadi.
Shaxs kamolotida musiqa tarbiyasini oshirish albatta ta’lim metodikasiga bevosita bog‘liqdir. Musiqa tarbiyasi metodikasi fan sifatida tizimiga mansub bo‘lib o‘zining mustaqil o‘rniga ega. Bu fan musiqa tarbiyasi metodikasi mazmuni, metodlarini yanada takomillashtirish maqsadida uning qonuniyatlarini o‘rganadi. Musiqa tarbiyasi metodikasi tarbiya muassasalarida nafosat, musiqashunoslik fiziologiya, ruxshunoslik fanlarining umumlashtirilgan tajribalariga tayanadi. Musiqa tarbiya metodikasi ayniqsa nafosat musiqashunoslik fanlari bilan o‘zviy bog‘liq. Nafosat nomi uning metodikasining asosini tashkil etsa, tarbiyaning mazmun va metodlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
O‘quvchilarning quylash faoliyatlaridagi muammolarni hal qilishda metodika fiziologiya tadqiqotlariga taniladi.
Musiqa tarbiyasi metodikasining mohiyati musiqa san’ati hamda madaniyati o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun muhim ahamiyatga ega.
Metodikaning fan sifatida rivojlanishi jamiyatda maorif va musiqa san’atini takomillashib borishi bilan bevosita bog‘liqdir.
Shular bilan birgalikda musiqa tarbiyasi metodikasi umumiy prinsiplarini ilgari suradi. Bo‘lar onglilik badiiy va texnik rivojlanish prinsiplarda ega bu prinsiplar o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish musiqaga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, badiylikni tarbiyalashga qaratilgandir.
Musiqa asarni ongli idrok etish asar mazmunini ochishda va o‘quvchilarga musiqiy tajribalarni to‘plashda, ularning ma’naviy dunyosini boyitishda yordam beradi. Musiqa tarbiyasi emotsional onglilik prinsipi uyg‘unlashish ko‘payishi orqali tinglanadigan asarni to‘g‘ri baholay olish imkoniyatlarini rivojlantiradi:
Ularning musiqaga qiziqishida didlari tarbiyalab boriladi. Badiiy va texnik bosqich prinsipi asarning badiiy va ifodali ijro etish uchun malakali kadrlar talab etadi. O‘quvchilarda kuylash malakalarini egallashlariga e’tibor beradi. O‘quvchilarga musiqaning rivojlanish prinsiplari to‘g‘risidagi tasavvurlarini shakllantirish, qobiliyatlarining rivojlantirilishi natijasida ular yana musiqiy tushunchalarni bilib olishadi. Musiqa tarbiya metodikasi tarbiya jarayonida ko‘pgina omillarga bog‘liq ekanligini e’tirof etadi. Kishilarning musiqiy madaniyati faqatgina maktabning ta’siri ostidagina shakllanmaydi. Uyda albatta tevarak atrof, ommaviy axborot vositalari yaxlit xildagi ijtimoiy vositalar tizimi ham katta rol o‘ynaydi. Musiqa tarbiyasi metodikasi ta’lim metodlarini tashlashda ham pedagogika ravnaqi metodlarini ishlab chiqishda quyidagi muammolar mavjud jumladan:
A) metodlarning musiqa tarbiyasi, mazmunini sinovi, ijro bog‘liqligi.
V) o‘quvchilarda musiqiy va ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishi.
S) musiqiy qobiliyat va ovozning rivojlanishi, musiqani idrok etishning yosh va yakka tartibdagi xususiyatlari.
D) o‘quvchilarning rivojlanishida musiqiy faoliyatlarning turli shakllarda foydalanish imkoniyatlari bilan bog‘liqligi.
Metodikaning vazifalariga esa o‘quv tarbiya jarayonini turlicha shakllantirish yanada rivojlantirish musiqa darslaridan tashqari musiqa mashg‘ulotlari, sinfdan va maktabdan tashqari ishlariga to‘garaklar, bayramlar, ko‘ngil ochish kechalari kiradi. Musiqa tarbiyasi metodikasi musiqa faniga yaqin bo‘lgan adabiyot va tasviriy san’at, tarix bilan bog‘liq holda o‘rganishni taqozo etadi. Bu esa o‘quvchilarning tarbiyasini har tomonlama samarali amalga oshirishga muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Ta’lim metodi tushunchasi anchagina murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida munozara haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli ta’riflariga qaramay, ularning nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham ta’kidlash mumkin. Ko‘pchilik mualliflar ta’lim metodini o‘quvchilarning o‘quv- bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga moyildir. Shu qoidani boshlang‘ich nuqta bilib, mazkur tushunchani yanada batafsil ko‘rib chiqish va uning ilmiy ta’rifiga kelishga harakat qilamiz. Metod so‘zi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Bu so‘zning etimologiyasi (kelib chiqishi) uning ilmiy kategoriya sifatidagi talqinida ham aks etgan. “Metod – eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat”. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi.
Bundan xulosa qilish mumkinki: ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilar o‘kuv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushunilishi lozim.
Didaktikada, shuningdek, ta’lim usullari atamasi ham keng qo‘llanadi. Ta’lim usuli – ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni, Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha xuddi shu metod turli o‘qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.
Ta’lim metodlari va metodik usullar bir-biriga tig‘iz aloqadorlikda, aniq pedagogik vaziyatlarda bir-biriga o‘tib turadi. Bir holatda metod pedagogik vazifani hal qilishning mustaqil yo‘li sifatida yuzaga chiqsa, boshqa holda qism ahamiyatiga ega. 


Download 299.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling