Muskullar - Muskullar, mushaklar — odam va hayvonlar gavdasi aʼzolari; nerv impulslari taʼsirida qisqarish xususiyatiga ega toʻqima (muskul toʻqimasi)dan tashkil topgan. Silliq, koʻndalangtargʻil va yurak muskullari birgalikda organizmning muskul sistemasini tashkil etadi. Harakatlanishda asosiy rol oʻynaydi. Koʻndalangtargil va silliq M.ga boʻlinadi. Silliq muskul lardan ichki aʼzolar, qon va limfa tomirlari devorining muskul pardalari, shuningdek, teri muskullari hosil boʻladi.
- Uzun yoki duksimon muskulning yoʻgʻonroq qismi qorni, oxirgi pay qismlari boshi vadumi deb ataladi. Baʼzi M.ning bir emas, balki 2—3 va hatto 4 ta boshi bor (mas, yelkaning ikki boshli, sonning toʻrt boshli muskuli). M.ning qoʻshimcha apparatiga fassiyalar, fibrozsuyak kanallari, sinovi-al qin va xaltalar kiradi. M.da kon tomirlar koʻp, ular kon bilan moʻl taʼminlangan, limfa tomirlari yaxshi rivojlangan. Har bir muskulda harakatlantiruvchi va sezuvchi nerv tolalari bor, ular yordamida markaziy nerv sistemasi bilan aloqa qiladi. Bir harakatni bajaradigan M. sinergistlar, qarama-qarshi harakatlarni bajaradiganlari antagonistlar deyiladi. Skelet Muskullar topografik jihatdan tana, bosh, boʻyin, koʻl va oyoq muskullariga ajratiladi.
Muskullarning guruhma-guruh bo'linishi - Organizmdagi barcha muskullar ikki guruhga: ko‘ndalang-targ‘il va silliq muskullarga bo‘linadi. Muskullarning asosiy vazifasi qisqarish bo‘lib, ularning yordamida organizmdagi barcha harakatlar vujudga keladi. Ko‘ndalang-targ‘il muskullar (skelet muskullari) odam va hayvonlarning faol harakat qilishini ta’minlaydi. Ichki organlaniing devorlari silliq muskullardan tuzilganligi sababli, barcha ichki organlaniing harakatlari ana shu muskullarning faoliyati bilan bog‘liq. Masalan, oziqalarning hazm organlari bo‘ylab harakati, qon tomirlarining kengayib-torayishi va hokazo.
Muskullar topografik jihatdan tana, bosh, boʻyin, koʻl va oyoq muskullariga ajratiladi. - Tana muskullari orqa, koʻkrak va qorin M.idan iborat. Orqa M.i yuza va chuqur boʻladi. Ular kurakni koʻtaradi, uni yaqinlashtiradi va yopishtiradi, boʻyinni yozadi, yelka va qoʻlni orqaga va ichkariga tortadi, nafas olish va chiqarishda qatnashadi. Orqaning chuqur M.i umurtqa pogʻonasini tiklaydi.
- Koʻkrak M.i xususiy tashqi va ichki qovurgʻalararo M., yelka kamari va qoʻl bilan bogʻlangan katta va kichik koʻkrak M.i, oʻmrov usti va oldingi tisheimon M.ga boʻlinadi. Tashqari qovurgʻalar-aro M. qovurgʻalarni koʻtaradi, ichki M. esa nafas olish va chikarishda ishtirok etadi.
- Qorin M.i tashki va ichki qiyshiq M., qorinning koʻndalang va toʻgʻri M.i, shuningdek, belning kvadrat muskulidan tashkil topgan. Qorin M.i toʻgʻri tanani oddinga bukadi, qiyshiq M.i yon tomonlarga egilishini taʼminlaydi. Bu M. qorin pressini tashkil etib, asosiy funksiyasi qorin aʼzolarini funksional qulay holatda ushlab turishdan iborat. Bundan tashqari, qorin pressi M.ining qisqarishi siyish, ichak boʻshashi, tugʻish jarayonlarini taʼminlaydi. Qorin M.i fassiya bilan krplangan. Muntazam mashq qilib, jismoniy ish bilan shugʻullanib muskul tolalarida miofibrillarni koʻpaytirish va shu tarika muskul kuchini oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |