Muskul haqida tushuncha. Muskul qisqarish biokimyosi
Download 304.66 Kb.
|
2-mavzu G\'ANIYEV SARVAR
Barcha M.ning asosiy xususiyati ularning qisqarishidir (qarang Muskul kisqarishi), bunda muayyan ish bajariladi. M. kuchi muskul tolalaridagi miofibrillar soniga bogʻliq; yaxshi rivojlangan M.da ular koʻp, suyet rivojlanganlarida kam. Yuz va boshning barcha muskullari 2 guruhga: mimika va chaynov M.iga boʻlinadi. Ular yuz mimikasida, chaynashda va pastki jagʻni harakatlantirishda qatnashadi. Bulardan tashqari, boʻyin hamda qoʻl M.i bor. Skelet M.ining deyarli hammasi richaglar qonuniga muvofiq boʻgʻimlardagi suyaklarni harakatga keltiradi. Odam gavdasida 600 ga yaqin muskul bor. Odam gavdasidagi barcha erkin harakatlar oʻzaro bogʻlangan boʻlib, murakkab shartli va shartsiz reflekslar yordamida yuzaga chiqadi va markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Arteriya va venalar devorining asosiy qismi, hazm yoʻlining deyarli hammasi, oʻt pu-fagi va krvuq, bachadon nayi, bachadon silliq M.dan tuzilgan.
Ichki aʼzolar devori silliq M.ining qisqarishi sekin va chuvalchang oʻrmalashisimon boʻladi. Silliq M. refleks yoʻli bilan avtomatik qisqaradi. Ular haddan tashqari kuchli qisqarganda ogʻriq paydo boʻladi (mas, jigar va buyrak sanchigʻi, ichak spazmi va h.k.).
Download 304.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling