Muskul larni qisqarish apparat oqsillari
Odam va hayvonlarning targ’il mushaklari
Download 55.74 Kb.
|
MUSKUL LARNI QISQARISH APPARAT OQSILLARI
Odam va hayvonlarning targ’il mushaklari (yurak mushaklari bundan mustasno) MAT tomonidan to’liq boshqariladi, avtomatizm xususiyati bo’lmaydi, ya’ni MATning buyrug’i bo’lmasa ishlamaydi. Ular ixtiyoriy mushaklar deb ataladi, chunki odam xoxishiga bo’ysunadilar.
Silliq mushaklar - yuksak hayvonlarning ichki a’zolariga xizmat qiladi. Ular MAT tomonidan sust boshqariladi, avtomatik ishlash xususiyatiga ega. Umurtqali hayvonlarning silliq mushaklari bir yadroli duksimon hujayralardan tashkil topgan bo’lib me’da, ichak, siydik yo’llari, bronxalar, qon tomirlar va boshqa ichki a’zolarning mushak qatlamlarini shakllantiradi. Silliq mushak hujayralarning ichida o’z-o’zidan, xech qanday ta’sirotsiz, kalsiy tabiatli harakat potenstialini vujudga keltirish qobiliyatiga ega peysmekerlar, ya’ni ritmni yetaklovchi hujayralar mavjud. Umurtqali hayvonlarning yuragi uzunchoq, bir yadroli mushak hujayralari - kardiolitsitlardan tuzilgan bo’lib, ularda ko’ndalang chiziqsimon iplar mavjud. Demak, yurak mushaklari ko’ndalang-targ’il mushaklar tipiga xos. Yurak mushaklari tuzilishining asosiy xususiyati shundan iboratki, uning kardiolitsitlari, o’zaro, past omli elektr kontaktlar - neksuslar bilan bog’langan. Umurtqalilar yurak tolalari harakat potensialining ionli mexanizmi,kaliyli kanallarning depolyarizatsiyalovchi rag’bat tomonidan tezlik bilan faollashuvidan iborat. Mushak faoliyatlarini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlar ularning kuchi va ishlash qobiliyatidir. Kuch - mushakka boshqa jismlar tomonidan mexanik ta’sir ko’rsatadigan o’lchov birligi bo’lib, nyuton yoki kg-kuch larda o’lchanadi. Eng kuchli mushaklar ko’p patsimon, ulardan keyin bir va ikki patsimon, yarim patsimon, duksimon (urchuqsimon) ko’ndalang-tolali mushaklardir. Mushaklarning charchashi - alohida a’zo yoki butun organizmni, ma’lum darajadagi ishdan so’ng, ish qobiliyatini vaqtincha pasaytirishi yoki butunlay yo’qotishidir. Mushaklar charchashi ularning uzoq muddatli qisqarishi (taranglashishi) oqibatida sodir bo’ladi va resurslarni qisman kamayishi to’g’risida signal beruvchi biologik ahamiyatga ega. Tabiiy sharoitda charchash, avvalam bor, MAT apparatini ishlashdan bosh tortishi sifatida rivojlanadi. Bunda, elektr ta’siroti, mushakning faoliyat ko’rsatish qobiliyatini yo’qotganligini ko’rsatadi. Barcha sarkomerlarda, miozin iplarni aktin iplar bilan birlashtirib turadigan, ko’ndalang joylashgan ko’prikchalar mavjud. Mushak tolasi qisqarganda miozin va aktin iplari kaltalashmaydi, biri ikkinchisi ustida sirpanadi: aktin iplar miozin iplar orasiga sirpanib kiradi, natijada I disklar kaltalashadi, A disklarning uzunligi o’zgarmaydi. Bir-biriga ulangan sarkomerlarning har bittasini uzunligi taxminan 30 foizga kamayadi, shu bilan birga tola ham kaltalashadi. Mushak qisqarishi uchun to’g’ridan-to’g’ri zarur bo’lgan erkin energiya manbai bo’lib ATF hisoblanadi, u qisqarish akti paytida ATF va noorganik fosfatgacha gidrolitik parchalanadi. Mushakda ATF zahirasi ko’p bo’lmaydi va uzluksiz ishlash davrida 10-12 qisqarishga yetadi. Shuning uchun, sarflangan ATF qayta tiklanishi shart. Zarur bo’lgan yuqori energetik fosfat guruhlarning stabil manbalaridan bittasi kreatinfosfat hisoblanadi. Fosfokreatindan fosfat guruhlarni ADF ga o’tkazilishi kreatinkinaza enzimi tomonidan amalga oshiriladi. Mushaklar jadal qisqarganda ATF ning sarflanishi qon bilan keladigan doimiy substrat va kislorod bilan qoplanmaydi. Bu paytda, mushaklar zahirasidagi polisaxarid-glikogen asosiy energetik substrat bo’lib qoladi. Skelet mushaklarda glyukozo-6-fosfataza enzimi bo’lmaganligi tufayli, mushakdagi glikogendan energiya olish uchun faqat glikolitik yo’l bilan foydalanadi. Mushak qisqarishlarining kuchi (ish quvvati) qancha katta bo’lsa, mushaklardagi glikogenni sarflash tezligi shuncha yuqori bo’ladi. Yana ham yuqori darajadagi qisqarish paytida anaerob glikogenoliz jarayonining tezligi keskin ortadi va uning yakuniy mahsuloti bo’lib sut kislotasi hisoblanadi. Energetika jihatidan, bu jarayon, glikogenni aerob oksidlanib H2O va CO2 gacha parchalanishiga nisbatan taxminan 15 marta samarasiz (laktatning bitta molekulyasi ATF ning uchta molekulasini resintez bo’lishini ta’minlaydi). Mushaklarni energiya bilan ta’minlashning bunday yo’li katta quvvat bilan qisqa muddatli ishni bajarish paytida asosiy rol o’ynaydi. Uzoq muddatli ish natijasida charchagan mushaklar ham energiyani asosan anaerob glikoliz hisobiga oladi. Download 55.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling