Yurak muskul tо‘qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasi. Yurak muskul tо‘qimasi segmentlanmagan mezodermadan, aniqrog‘i, splanxnotomning visseral varag‘idan rivojlanadi. Bu varaqdan mioepikardial plastinka hosil bо‘lib, uning hujayralaridan miokard va epikard hosil bо‘ladi. Mioepikardial plastinkaning mezenxima hujayralari mioblast hujayralarga differensiallashib kardiomiotsit hujayralarni hosil qiladi va sо‘ngra plastinkalar orqali birlashadi1.
Yurak kо‘ndalang-targ‘il muskul tо‘qimasining regeneratsiyasi yoshga qarab о‘zgaradi. Gо‘daklarda kardiomiotsit hujayralar bо‘linish qobiliyatiga ega bо‘lsa, balog‘atga yetgan organizmda va qari odamlarda yо‘ldosh (satellit) hujayralar bо‘lmagani uchun va kardiomiotsit hujayralar bо‘linish qobiliyatini yо‘qotganni uchun nobud bо‘lgan kardiomiotsit hujayralar qayta tiklanmaydi va nobud bо‘lgan kardiomiotsitlar о‘rnida (miokard infarktida) biriktiruvchi tо‘qimali chandiq hosil bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |