M uslim Musallam 1986-yili Namangan shahrida tug’ilgan.
She’rlari viloyat, respublika nashirlarida e’lon qilingan. "Kelajak ovozi - 2008" g'olibi. Yosh ijodkorlarning Zomin, Do’rmon seminarlari ishtirokchisi.
* * *
Derazangda yana o’chdi sham,
Daydi itlar ingragan saxar
Oynalarga yuzini bosdi,
Oppoq qorni sog’ingan shaxar.
Derazangda yana o’chdi sham,
Daraxtlarga qarading homush.
Olamdagi jami maysalar,
Yaratganni ko’rar edi tush.
Derazangda yana o’chdi sham,
Yuraginga g’amlar cho’kdi tiz.
Hech kim seni anglay olmadi,
Shamday erib borayotgan qiz.
* * *
Tun qadahda suzilib turar,
Ohu chopib to’ymaydi qirda.
Hudo shundoq turgan ko’nglimni,
Boy bersama yigirma birda.
Poygaklarda ezildi ko’ngil,
Erib bitdi ilohiy shamlar.
Tirnog’imday o’sib bormoqda,
Tirnog’imday kichkina g’amlar.
* * *
Bu qirlarda yashaydi tarix,
Tulporlari tuyoq qoqarlar.
Singlimdayin muloyim ma’sum,
Ho’rsinadi kunga boqarlar.
Ajriqlari hikmatga molik,
G’orlarida yashaydi xotir.
Tomchi suvga mahtal toshlari,
Ertasidan olar havotir.
Pastlab borar bunda odamlar,
Balandlashar qirlarni qaddi.
O bu qirlar ne,ne zotlarni,
Aytolmagan eng buyuk dardi.
* * *
Ustoz Xurshid Davronga
Bo’g’zimda kuydi so’z aytmoq istadim,
Ko’ksimda qovjirab ming dodim sindi.
Nazdimda olislab bormoqda tog’lar,
Qirlarga kunimmiz qolganday endi.
Nogoh bir tog’ o’sib yordi zaminni,
Yurak forig’ bo’ldi asta dog’lardan.
Yo Rabbim biz kabi irmoqlarga ham,
Obi hayot oqsin buyuk tog’lardan.
* * *
Suv quyarkan pushti gullarga,
Ildiziga keltiray deb naf.
Kitoblarni ko’tara olmay,
Ko’ngli bilan to’kilar shikaf.
Qaldirg’ochlar uchar qaygadir,
Hayotiga solmay nafis tus.
Sentyabr kirar honaga,
Kreslodan turmaydi avgust.
* * *
Yolg’izlikda yig’ladim yuz yil,
Chinorlarni ko’ksini silab.
*Dormon*sendan ketayotirman,
Shavkat Raxmon umrini tilab.
Ko’ksimdagi og’riqlarimni,
Bir bor eshit,bir bora his qil.
Ayo Tangrim manim qalbimni,
Millat degan so’zga egiz qil.
Bisotingda minglion hil ranglar,
Menga bergin yashildan,oqdan.
Faqat asra bu dunyoda sen,
Shunchaki she’r aytib ketmoqdan.
***
Ket deding tishimni tishimga bosdim,
Paltoyim uzatding nafrat bilan so’ng.
Shamol eshiklarni qarsillab yopdi,
Bildim taqdirimmiz hech kelmadi o’ng.
Menga alam qildi bu dunyo ichra,
Shuncha soddaligim,houru hasligim.
Sen axir bilarding ikki dunyoda,
Ket degan jumlani yoqtirmasligim
* * *
Yoshim tomdi chumolining so’qmog’iga,
Silab qo’ydim musichaning patlaridan.
Vatan degan bir tabarruk giyoh undi,
Yuragimning qaqrab yotgan qatlaridan.
Bu Yassaviy,bu Kubroning dodimasmi,
Ketaverdim Hoja Axror hoki qadar.
Qarang tangrim vatan so’zin tikib qo’ymish,
Yuragimni eng omonat choki qadar.
Ne zamonlar,ne urushlar,ne g’avg’olar,
Ne nafaslar yutilmasdan tashta qoldi.
Beshigida go’daklari ingrab,ingrab,
Ayvonida tikilmagan kashta qoldi.
Undan ayro tutolmasman hech o’zimni,
Aziz menga ilonlarni qolgan p’osti.
Ko’kragimni yerga berib yotgan edim,
Mana bugun ko’kragimda Vatan o’sdi.
Kuzgi og'riqlar
* * *
Taqdirlar taqdirga omonat ekan,
Nigohlar, nigohda ketarkan erib.
Shu bugun erishgan sohir lahzalar,
Ertaga ketarkan sog’inchin berib.
Dunyolar dunyodan olar imtihon,
Ko’ngilni chetidan o’chib ketar dog’.
Odamning umriga o’xshab ketarkan,
Yarmi yashil, yarmi sapsariq yaproq.
2008 yil kuz
* * *
Tun. Restoran odamlar gavjum,
Qadahlarda chayqalar ko’zlar.
Yuragimga qilarlar xujum,
Eng daxshatli,eng og’riq so’zlar.
Tashqarida o’ksinadi kuz
Nigohlardan to’kilar riyo.
Restoranda o’ltirar ma’yus,
Odamlardan charchagan dunyo.
2009 yil kuz
* * *
Atirgullar ko’rib sarin tush,
Qolib ketdi ishq sohilida.
Ko’ksimdagi pati to’zg’in qush,
Uchib ketding kuz yomg’irida.
Qolaverdim isming shivirlab,
Buncha ishqning g’amlari uzun,
Ketmoqdaman bog’lar oralab,
Soyabonni ostida mahzun.
Tashlab qo’ymas shu holda meni,
Kuygan bo’g’zim tirnab yotgan dod.
Olamdagi bor maysalarni,
Boshlarini silab turgan zot.
Sen qayg’urma,sira chekma oh,
Ayriliq bor ishq oxirida.
Faqat o’zga yurakka nogoh,
Kirib borma kuz yomg’irida.
2010 yil kuz
* * *
Derazani bu yog’ida men,
Derazani u yog’I yo’lak,
O’rtadagi omonat parda,
Tor honada siqilar yurak.
Yaproqlari sarg’argan o’rik,
Bir chekkada qimtinar kaktus.
Derazani bu yog’I bahor,
Derazani u yog’ida kuz.
2009 yi kuz
* * *
Kuz yana bog’larda yig’laydi yolg’iz,
O’rindiqni yuvar yomg’irlar mahzun.
Titranib,titranib turar bir yaproq,
Buncha sog’ich uzun, ayriliq uzun.
Qaydadir shilliqurt dili shilinar,
Chumoli sargardon topolmasdan in.
Yomg’irda patlari singan muschaday,
Sening diydoringni sog’inganim chin.
|