Muslim Vosidiy turk tilini mustaqil o’rganamiz


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/61
Sana22.07.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1661827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
Turk tilini o‘rganamiz fayl 11 02

 
ŞİMDİKİ ZAMAN FİİLİ – HOZİRGİ ZAMON FE’Lİ
Avvalgi darsda hozirgi zamon fe’li bilan qisqacha tanishgan edik. Ushbu darsda bu 
haqda batafsil o’rganamiz. Ma’lumki o’zbek tilida hozirgi zamonda gap tuzish uchun 
Shaxs + buyruq fe’l +qo’shimcha kabi tartibda tuziladi.
Masalan: Men borayapman (Men + bor+ayapman). Xuddi shu kabi, turk tilida ham 
ana shu ketma-ketlikda qo’yiladi. Masalan: Ben çalışıyorum (Ben + çalış+ıyorum) 
Ammo fe’l oxiridagi harfga ko’ra ba’zan qo’shimchalar harfi o’zgaradi.
 
Ben __fe’l_- iyorum
Sen __fe’l_- iyorsun
O ___fe’l__- iyor
Biz __fe’l_- iyoruz
Siz __fe’l__- iyorsunuz
 Onlar _fe’l_- iyorlar  
Masalan: 
Ben yapıyorum – Men bajaryapman 
Sen ev’de yasıyorsun – Sen uyda yashayapsan 
O kitap okuyor – U kitob o’qiyapti 
Biz çalışıyoruz – Biz ishlayapmiz 
Siz nerede çalışıyorsunuz – Siz qayerda ishlayapsiz 
Onlar burada ne yapıyorlar - Ular bu yerda nima qilyaptilar 
Fe’l(ish-harakat) dagi oxirgi unli (oxirgi yoki oxirgidan avval kelgan unli) harflarga 
ko’ra qo’shimchaning ilk harfi o’zgaradi 
Masalan:


Yapmak – qilmoq. yap – qil => Ben yap ı yorum. 
(Yap - so’zida oxirgi unli a bo’lgani uchun -ıyor qo’shiladi) 
Gelmek – Kelmoq. gel – kel => Ben gel i yorum
(Gel - so’zida oxirgi unli e bo’lgani uchun -iyor qo’shiladi) 
Okumak – o’qimoq. Oku – o’qi => Ben oku u yorum 
(Oku – so’zida oxirgi harf u bo’lgani uchun –uyor qo’shiladi. Ammo ikkita unli ketma 
ket kelishi lozim bo’lsa ulardan biri o’qilmaydi) 
Qo’shimchalar 
e, i = iyor (iyorum, iyorsun .... ) 
a, ı = ıyor (ıyorum, ıyorsun .... ) 
o, u = uyor (uyorum, uyorsun .... ) 
ö, ü = üyor (üyorum, üyorsun .... ) 
Masalan 
bekle-mek => bekliyor 
anla-mak => anlıyor 
otur-mak => oturuyor 
söyle-mek => söylüyor 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling