Musobaqa davrida yosh futbolchilarni psixologik tayyorlashning vositalari va uslublari
Download 43 Kb.
|
1 2
Bog'liqmaqola davomi bor
NATIJALAR.
Yosh futbolchilarni musobaqa davrida psixologik tayyorlash, ularni musobaqa oldidan ichki hayajonlari, diqqatni jamlay olish hamda irodaviy sifatlarni shakllantirish eng muhim vazifa hisoblanadi. Sportchini psixologik jihatdan umumiy tayyorlashning maxsus vazifalariga quyidagilar kiradi: Sportchini g’oyaviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash; Xarakterga jobiy ta’sir qilish; Idrok jarayonini taraqqiy ettirish, jumladan ixtisoslashtirilgan idroklarning shakllantirish va takomillashtirish; Diqqatni xususiyatlarini taraqqiy ettirish; Musobaqa jarayonida vaziyatning muhim momentlarini tez payqay olishga o’rgatish. Bu kuzatuvchanlikni o’stirish natjasida egallanadi; Sportchini tez fikrlash qobiliyatini o’stirish; Muskul tasavvurlarini rivojlantirish; O’z xarakatlarini nazorat qilishni tarbiyalash; Stenik emoqiyalarni safarbar qilish qobiliyatini o’stirish, kurash vaqtida o’zini tuta bilishni shakllantirish. Sportchi aniq maqsadga erishishga harakqilishida vizualizatsiya juda muhim hisoblanadi. Vizualizatsiya – maqsadning tasavvurdagi obrazini yaratish. Nimaga erishishni istashingizni, buni qanday amalga oshirishni tasavvur qilasiz. Opra Uinfri, Jim Kerri, Uill Smit kabi ko‘plab muvaffaqiyatli kishilar vizualizatsiyani muvaffaqiyatlarining bir qismi deb hisoblashadi. Sport ruhiyatshunoslari vizualizatsiya atletlar ko‘rsatkichlarini yaxshilash, qo‘rquvni yengish va jarohatlardan keyin tezroq tiklanishda yordam berishini qayd etishadi. Rus tadqiqotchisi V. M. Bexterev o‘zining ijtimoiy psixologiyaga oid tadqiqotlarida guruhlarda o‘tkaziladigan maqsadli munozaralarning alo’hida olingan shaxs dunyoqarashi va fikrlash jarayonlariga ta’sirini, buning natijasida o‘rganilgan jarayonlarning o‘zgarishini va jamoadagi faoliyatining samaradorligini oshishini qayd etdi. Download 43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling