Musobaqa faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari reja
Download 0.59 Mb.
|
Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish va xakamlik q (1)
DISTANTSIYALAR, TUSIQLAR VA ESTAFETA ETAPLARIDA TURADIGAN HAKAMLAR
1. Distantsiya va tusiqlardagi hakamlar: a) qatnashuvchilarning yugurish qoidalariga rioya qilishlarini (distantsiyani to’g’ri bosib o’tishlarini) tekshirib turadilar va bu qoida buzilsa, darhol katta hakamga habar qiladilar. qoidani buzganlik haqida faktni talabnomada ko’rsatadilar; b) bar’erlar osha va to’siqlar osha (stipel-chez) yugurishda ular ustida qay yo’sinda oshib o’tayotganligini kuzata borib, yiqilib tushgan bar’erlarni o’z vaqtida va to’g’ri o’z o’rniga qo’yilishini tekshirib turadilar; 2. Ayrim yo’lkachalardan yugurish musobqasi o’tkazilayotganda har bir qayrilishda kamida ikkita hakam turishi lozim. 3. estafeta etaplaridagi hakamlar: a) o’z etaplarida komanda qatnashuvchilarini registratsiya qiladilar; b) shu etapda tartibni yo’lga soladilar; v) estafetaning qo’ldan-qo’lga berilishini tekshirib turadilar va qoida buzilgan tartibda tezlik bilan katta hakamga xabar qiladilar. qoida buzilganligini aniqlagan taqdirda bu faktni talabnomada ko’rsatadilar. Etaplardagi xakamlar soni yugurishda qatnashayotgan komandalar soniga qarab belgilanadi, biroq har bir etapda hakamlar ikkitadan kam bo’lmasligi kerak. Stadionda o’tkaziladigan musobqalardagi distantsiyalar, to’siqlar va etap hakamlari marradagi katta hakamga bo’ysunadi. Katta hakam ish taqsimlab beradi. Stadiondan tashqari o’tkaziladigan musobqalarda (poygalarda, krosslarda, yurishda) distantsiya boshlig’i tayinlanib, u: a) distantsiyani tanlaydi va ulchaydi. Bu hakda akt tuzadi; b) nazorat qilish va ovqatlanish joylarini belgilaydi; v) distaniiyalarga xakamlarni qo’yib chiqadi, distantsiya ishiga va uni belgilab chiqishga rahbarlik qiladi; g) musobqalar boshlanishi oldidan bosh hakamlarga distantsiyalarning tayyor ekanligini haqida doklad qiladi; d) musobqalar tamom bo’lishi bilan distantsiyalardagi hakamlarni olib ular bilan birgalikda taqqoslab chiqish varaqlarga qarab qatnashuvchilarning distantsiyaga to’g’ri bosib o’tganliklarini tekshiradi; e) bosh hakamga (yozma shaklda) qatnashuvchilarning distantsiyani bosib o’tganliklari va qoidani buzilganligi haqida xabar beradi. 7. Distantsiyadagi hakamlar qatnashuvchilarning to’g’ri bosib o’tishlarini nazorat qiladi, qatnashuvchilar qoidani buzganliklari haqida shu zahotiyoq talabnomaga yozib qo’yadi (musobqa tugashi bilan bunday talabnoma distantsiya boshlig’iga topshiradi) lar, o’z oldidan yugurib o’tgan musobqa qatnashuvchilarining shaxsiy nomerlarini yozib boradilar, qatnashuvchining (ommaviy krosslarda) kartochkasini talonni yirtib topshirayotganligini nazorat qiladilar. Distantsiyadan chiqib ketgan qatnashuvchining shaxsiy nomerlarini yozib boradilar. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling