Musobaqa faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari reja
Download 0.59 Mb.
|
Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish va xakamlik q (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOSH H AKAMI
HAKAMLAR KOLLEGIYASI
hakamlar kollegiyasining sostavi. 1. Musobaqalar uchun hakamlar kollegiyasi tashkil etiladi. Bu kollegiyani musobalarni o’tkazayotgan tashkilot uyushtiradi. Musobaqani bosh hakamini tegishli sport jamiyatlari va tashkilotlari musobaqani o’tkazayotgan tashkilot tasdiqlaydi. 2. hakmlar kollegiyasining qarorini tegishli sport jamiyatlari yoki hakamlar kollegiyasini tasdiqlagan tashkilot qaytadan ko’rib chiqishi va o’zgartirishi, faqat hakamlar kollegiyasi musobaqa qoidalarini buzgan taqdirdagina mumkin. hakamlar kollegiyasi quyidagicha tuziladi. (jadvalga qarang) Musobaqaning muayyan bir to’rini o’tkazish uchun hakamlardan brigada tuziladi va bunday brigadaga katta rahbar hakamlik qiladi. Bosh hakam, uning o’rinbosari va bosh sekretar oldinroq belgilanishi lozim, toki ular musobaqa tayyorgarligiga oldindan hozirlik ko’rsinlar. ESLATMA: 1. Boshqarmalar musobaqalari tegishli teritoriya musobaqalariga tenglashtiriladi. 2. Bunday musobaqalarda brigada va hakamlar soni programma hajmiga, o’tkazish grafigiga va musobaqaning ayrim turlarida qatnashuvchilar soniga qarab belgilanadi. 3. Programmada maydondan tashqarida yugurish bo’lsa, hakamlar kollegiyasiga qo’shimcha ravishda distantsiyalardagi va ovqatlanish punktlaridagi hakamlar kiritiladi. Bu hakamlarni distantsiya boshliqlari va ularning yordamchilari boshqaradi. hakamlar soni distantsiyalarning uzun va qisqaligiga va xususiyatiga bog’liq bo’ladi. 14. Musobaqalarda elektromexanik apparatlar (fotofinish, avtoxronometraj, elektor ko’rsatgichlar va q. k) ishlatilsa tegishli brigadalar zarur miqdorda hakamlar va texnik xodimlar bilan tugatilish kerak.
BOSH HAKAMI Bosh hakam musobaqa rahbari hisoblanib, hakamlar kollegiyasi ishini boshqaradi Bosh hakam: a) musobaqa joyinig to’g’ri tayyorlanganligiga javob beradi. Musobaqa joyini tayyorlash va uning sifatli bo’lishi stadion direktsiyasi va shu musobaqani o’tkazayotgan tashkilot tomonidan ta`minlanishi lozim. b) musobaqa boshlanguncha musobaqa o’tkazish uchun ajratilgan joylarning hammasini, stadiondagi yugurish yo’llarini qay ahvolda ekanligini va stadiondagi tashqaridagi yugurish distantsiyalarni, yugurish yo’li va distantsiyalarini o’lchanganlik haqidagi aktni tekshirib chiqadi, musobaqa o’tkazish uchun zarur inventar’ va asbob-uskunalarning saranjomligini (ularning yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini va musobaqa qoidalariga muvofiq yoki muvofiqligini) tekshiradi, qatnashuvchilar va hakamlar uchun ajratilgan binolar qay ahvolda ekanligini ko’rib chiqadi: s) hakamlarni musobaqa programmasining ayrim turlari bo’yicha taqsimlab chiqadi: d) musobaqalarning to’g’ri va uzluksiz borishiga qarab turadi, musobaqa davomida vujudga keladigan masalalarni va tushunmovchiliklarni hal qiladi: e) agar birorta qatnashuvchining qoidani buzishi boshqa qatnashuvchilarning natijalariga ta`sir qilgan bo’lsa va bosh hakamning fikricha ular qaytadan musobaqalashishga haqli bo’lsalar, bunday qatnashuvchilar uchun yangidan musobaqa tayinlaydi: e) barcha rekord natijalarni to’g’riligini tekshiradi va tasdiqlab beradi; j) musobaqa boshlanishi oldidan shuningdek tugaganidan so’ng (yoki ayrim musobaqa turi uchun) musobaqani va natijalarini tasdiqlash hamda muhokama qilish uchun hakamlar kollegiyasi kengashi o’tkaziladi; z) musobaqa tugaganidan so’ng 3 kun ichida shu musobaqani o’tkazgan tashkilotga va hakamlar kollegiyasiga prezidiumiga musobaqa haqida yozma hisobot beradi. ESLATMA: hisobotda quyidagilar yoritilishi lozim: Musobaqaning aniq nomi: Musobaqani o’tkazayotgan tashkilotning nomi: Musobaqa o’tkazish vaqti va joyi: qatnashgan komandalar (tashkilotlar) soni: qatnashgan sportchilar soni (hammasi, shu jumladan ayollar, erkaklar, qizlar, yigitlar): Sport masteri birinchi, ikkinchi, uchinchi va yoshlar razryadi nomerlarini bajargan qatnashuvchilar soni (hammasi, shu jumladan ayollar, erkaklar, qizlar, yigitlar): Musobaqalar o’tkaziladigan joyning qanday tayyorgarligi va holati: Ob-havo (temperatura, yog’ingarchilik, shamol yorug’ligi): Ariza va shikoyatlar (ariza va shikoyatlar tushdimi, ular qanday hal qilinadi): Oldingi olti o’rinni egallagan komandalar: Programmaning shaxsiy birinchiligi uchun har bir nomerda oldingi olti o’rinni egallagan sportchilar: Rekordlar va eng oliy yutuqlar (kim tomonidan qo’yildi?, qanday natijaga erishdi?, akt tuzildimi?): Jarohatlanish (shikastlanishlar yuz berdimi?, qanday choralar ko’rildi?): Eng yaxshi va eng yomon komandalar qatnashuvchilarining texnik tayyorgarligi: Musobaqalarni a`lo darajada o’tishiga xizmat qilgan eng yaxshi vakillar, hakamlar va boshqa shaxslar: Bosh hakamlar kollegiyasining tarkibi (familiyalari bilan): Musobaqalarga kelgan tomoshabinlar soni ularga xizmat ko’rsatish (informatsiya, savdo-sotiq, qo’shimcha binolar va boshqalar): Xulosa va takliflar: hisobotga musobaqalarda qatnashgan hakamlarning to’liq ruyxati albatta ilova qilib berilishi kerak, unda hakamning lavozimi ko’rsatilishi va uning har bir bajargan ishi baholanishi kerak. Bosh hakam: a) musobaqani qoldirishi uning boshlanishi, kechiktirishi, musobaqa tugamasidan uni tuxtatishi va ko’zda tutilgan holatlarda vaqtincha tanaffus e`lon qilishi; b) juda zarur bo’lib qolsa, musobaqa programmasi va jadvaliga o’zgartirishlar kiritish mumkin; ESLATMA: Bosh xakam nizomda berilgan musobaqa shartlarini o’zgartira olmaydi. v) bosh hakam shu musobaqa nizomiga yoki qoidalariga o’z yoshi, razryadi, kostyumi va boshqalar jihatidan to’g’ri kelmaydigan sportchilarni musobaqaga qo’ymasligi mumkin; g) qo’pollik qilgan yoki sportchi nomiga nomunosib harakatlar qilgan qatnashuvchilarni musobaqadan chiqarib yuborishga haqli; d) qo’pol holatlarga yo’l qo’ygan yoki unga bklatilgan vazifalarni bajara olmagan hakamlarni ishdan chetlatishi mumkin; e) agar biror hakamning qarori noto’g’ri ekanligiga ishonch ishonsa, u qarorni o’zgartirish huquqiga ega; ESLATMA: Agar bosh hakam start berilgan joy yaqinida turgan bo’lsa startyor qarorini ham o’zgartira oladi. Bosh hakam shu zahotiyoq muayyan bir qarorga kelishi kerak. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling