Musobaqa faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari reja


MUSOBAQA NATIJALARINI BAHOLASH


Download 0.59 Mb.
bet9/34
Sana03.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1691235
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Bog'liq
Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish va xakamlik q (1)

MUSOBAQA NATIJALARINI BAHOLASH



  1. SHaxsiy - komandalar musobaqalarini o’tkazganda komandalarning
    olgan o’rnini aniqlash uchun (shuningdek ko’pkurash bo’yicha
    o’tkaziladigan musobaqalarda ham) ayrim ishtirokchilarning erishgan
    natijalari programmaning har bir nomeriga qarab baholanadi.

  2. Erishilgan natijalarni baholash yengil atletika joriy jadvali
    bo’yicha odatda ochkolar bilan baholansa-da, baholashda boshqa
    sistemalardan foydalanish (masalan, egallangan o’rinlar) ga qarab
    boshlash ruxsat etiladi.

  3. har bir musobaqa nizomida qanday baholash sistemasi qabul qilinishi albatta ko’rsatilishi lozim.

  4. SHaxsiy-komandalar musobaqalarida natijalar jadvali bo’yicha baholaganda erishilgan eng yaxshi natijalar komanda birinchiligi uchun sinov hisoblanadi. Garchi bunday natija klassifikatsiya musobaqalarida dastlabki musobaqalarda yoki final musobaqalarda ko’rsatilgan bo’lsa ham hisobga olinaveradi.

  5. Komandalar musobaqalarida va match uchrashuvlarida bir xil natijalarga erishilsa va bu natijalar o’rinni belgilash uchun qo’shimcha musobaqalar o’tkazishni talab qiladigan darajada bo’lsa ham (qaytadan yugurish, sakrash va hokazo) qo’shimcha musobaqalar o’tkazilmaydi va o’rtadagi o’rinlar ochkolar teng bo’linadi.



MUSOBAQALARNI BEKOR QILISH

1. Musobaqa o’tkazayotgan tashkilot musobaqaning bir yoki bir necha turni, yoki programmaning hammasini bekor qilishga haqli.


ESLATMA: musobaqa o’tkazuvchi tashkilot o’z fikrini bosh hakamga yozma hoda bildirishi kerak.
2. Musobaqani bekor qilish, uning boshlanishini kechiktirish. Boshlangan musobaqani to’xtatish yoki vaqtincha tanaffus e`lon qilish musobaqa bosh hakamining ixtiyorida bo’ladi va qo’yidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) agar musobaqa o’tkaziladigan joy noqulay yoki tayyorlanmagan
bo’lsa;
b) agar asbob-anjomlar yoki invertar bo’lmasa, yoki bunday narsalar
yo buzilgan bo’lsa;
v) agar musobaqalarning o’tkazilishiga ob-havo sharoiti imkon
bermasa, qorong’i tushib qolsa yoki musobaqaning normal borishiga xalal
beradigan boshqa sabablar bo’lsa;
g) agar meditsina xodimlar bo’lmasa;
d) agar programmaning ayrim nomeri bo’yicha o’tkaziladigan
musobaqa startiga zayavkada ko’rsatilgan qatnashuvchilardan faqat
bittasigina chiqqan bo’lsa.
ESLATMA: Agar programmaning bu nomeri komanda birinchiligi uchun sinov hisoblansa, qatnashuvi bitta bo’lganida ham musobaqa o’tkazilaveradi. Bunday holda qatnashuvchi erishgan natija komandaga hisoblanib, shaxsiy birinchilik o’ynalgan hisoblanmaydi.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling