Must aqil ish Mavzu


Download 23.28 Kb.
bet2/2
Sana06.04.2023
Hajmi23.28 Kb.
#1334303
1   2
Bog'liq
Zahro3.0

III. Yangi mavzu bayoni:
(O’qituvchi yangi mavzu haqida qisqacha annotatsiya qiladi)
XX asr boshlariga kelib Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona vodiysi shaharlarida o‘nlab yangi usuldagi maktablar ochildi. Jadidlar maktablarda yoshlarni tarbiyalab, ular orqali Turkistonda
mustaqil davlat barpo etish uchun milliy davlatchilik g‘oyalarini ilgari surganlar. XX asr boshiga kelib Turkistonda jadid ziyolilarining butun bir avlodi, o‘lka ma’naviy-ma’rifiy soha taraqqiyotiga, milliy madaniyatning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan namoyandalari vujudga keldi. Turkiston jadidlarini birlashtirishda «O‘rta Osiyo jadidlarining otasi»deb tan olingan Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–1919) ning xizmati katta bo‘ldi.
3.Jadidchilarini faoliyati
Mahmudxo‘ja Behbudiy O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining asoschisi va yo‘lboshchisi bo‘lgan.
Turkistonda ma’rifatparvarlik harakatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan shaxs hisoblanadi. Behbudiy tashabbusi bilan uning otasi sharafiga «Behbudiya kutubxonasi » deb atalgan kutubxona tashkil qilingan.
Munavvarqori Abdurashidxonov (1878–1931) – Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri. U jadid maktablari ochilishining tashabbuskori va amaliyotchisi, milliy gazeta va jurnallar asoschisi, muharriri hamda jadid teatri targ‘ibotchisi bo‘lgan. Munavvarqori maktablar uchun «Adibi avval», «Adibi soniy», «Yer yuzi» kabi darsliklarni yaratdi.
Abdulla Avloniy 1878-yil Toshkent shahrida hunarmandlar oilasida tug‘ildi. U maktab va madrasada
ta’lim olib, o‘z zamonining ma’rifatli va chuqur bilimga ega insonlaridan biriga aylandi. Avloniy o‘lkada ta’lim, matbuot, teatr sohalarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib, 1907-yil «Shuhrat» gazetasiga asos soldi. O‘zi tashkil qilgan yangi usul maktabi uchun «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darsliklarni yaratdi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy kabi boshqa milliy
taraqqiyparvarlar ham ma’rifatparvarlik faoliyatini olib borib, yangi maktablar, xayriya jamiyatlari,
kutubxona va kitob do‘konlari ochdilar. Turkiston jadidchilik harakatining namoyandalari jaholat, bilimsizlik, madaniyatsizlikni qoralaganlar. Turkiston taraqqiyparvar sarmoyadorlari yoshlarni chet ellarga yuborib, zarur kasblarni egallab, xalqqa foydali xizmat qiladigan yoshlarni va ular uchun qayg‘urgan jadidlarni qo‘llab-quvvatladilar. Andijonlik Mirkomil Mirmo‘minboyev o‘z hisobidan ana shu ishga katta miqdorda mablag‘ ajratgan.
1908-yilda Buxoroda Abduvohid Burhonov, Mukammil Burhonov, Hamidxo‘ja Meqriy, Ahmadjon Abdusaidov va boshqalar «Tarbiyai atfol» («Bolalar tarbiyasi») jamiyatini tashkil qilib, 1911-yilda 15 nafar, 1912-yilda esa 30 nafar talabani Turkiyaga o‘qishga yuborganlar. XX asrga kelib mamlakatda bir tomondan turli
Mustamlaka davrida sha’riy masalalarni hal qilish, hanafiylik mazhabini sofligicha keyingi avlodga yetkazish masalasi dolzarb muammolardan biriga aylandi. Shu maqsadda 1917-yili 10-avgustda Toshkent shahrida «Fuqaho jamiyati » tashkil topdi. Ushbu jamiyat to‘rt qozi va ular yonidagi muhrdor, a’lam va muftiylardan iborat bo‘lib, u fuqarolar ijtimoiy-maishiy hayotlarida duch kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni shar’iy yo‘l bilan hal qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. «Fuqaho jamiyati»ning nashri bo‘lgan «Izhor ul-Haq» jurnalidagi bir maqolada: «Tahzib va tasfiyai axloq degan narsa maktablarimizda hech yo‘q. Muddati tahsil ko‘b uzoq bo‘lgani uchun ko‘b kishilar bolalarini 8-15 yil maktabga qo‘yolmaydurlar, chunki qudrat va iste’dodlari yetmaydur. Ham maktablarimizga intizom yo‘qdur. Shuning uchun maktabda yurgan aziz, gavhari noyob bolalarimizdan o‘n besh yo sakkiz nafardan ikki yo uch nafari ahli savod bo‘lib chiqadurlar», — deyiladi.Maqolada maktablarda faqat kitoblarni yodlatish, savod chiqarish bilan jamiyatni rivojantirib bo‘lmasligi ta’kidlanadi. Shu bilan birga har bir maktab va madrasada qat’iy intizom va tartib bo‘lishi zarurligi aytilgan. Jadidlar ko‘plab yoshlarni rivojlangan xorijiy davlatlarga, jumladan, Germaniyaga o‘qishga yuborish, u yerda ular tahsil olib kelib, yurt va millat uchun xizmat qilishi g‘oyalarini ilgari surdi. Ularning sa’y-harakatlari bilan mahalliy aholi tomonidan yoshlarning xorijda o‘qib kelishiga ketadigan xarajatlari uchun mablag‘lar yig‘ildi. O‘lkada savdo-sotiq, sanoat va qishloq xo‘jaligi rivojining qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalar e’lon qilindi. Turkiston taraqqiyparvarlaridan biri, Toshkentning «Qoryog‘di» mahallasidan bo‘lganAsadullaxo‘ja o‘g‘li Ubaydullaxo‘ja Rossiyada huquqshunoslik sohasi bo‘yicha ta’lim olib, birinchi oily ma’lumotli o‘zbek advokati bo‘ldi. Turkiston taraqqiyparvarlari XX asrning boshlarida dunyoda ro‘y berayotgan siyosiy jarayonlarni diqqat bilan
kuzatib bordilar. Bu davrda xorijda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalarning dasturlarini tahlil
qildilar. Keskin vaziyatda taraqqiyparvarlar mahalliy xalqning tinchliksevarligi, bosiqligidan kelib chiqib, barcha muammolarni tinch yo‘l bilan hal etishga intildilar. 1917-yilga kelib Turkiston jadidchiligi siyosiy harakatga aylandi. Rossiya imperiyasi urushdan chiqqanidan keyin jadidlar parlamentar monarxiya uchun kurashgan bo‘lsalar, fevral voqealaridan keyin ancha keng qamrovli, bir qator siyosiy talablarni ilgari surdilar. Jumladan, mahalliy aholi huquqlarini kengaytirish, o‘lkani boshqarish yuzasidan islohotlar o‘tkazish, Davlat Dumasida o‘lka aholisi sonidan kelib chiqib o‘rin ajratish, milliy matbuot erkinligini ta’minlash kabilar. Ayni vaqtda, milliy-siyosiy partiyalar va tashkilotlar, masalan,
«Sho‘royi islomiya», «Ittifoq» kabi bir qator tashkilotlar tuzildi. Bu paytda jadidlar tub yerli aholi ijtimoiy tarkibining barcha qatlam vakillarini o‘z ortidan ergashtira oldilar. Turkistonda jadidlar faoliyati mahalliy aholining ma’rifatiga, ularda milliy o‘zlikni anglashning kuchayishiga, ozodlik uchun kurashlarning ko‘tarilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Jadidchilik harakati o‘lkada imperiya hukumatining mustamlakachilik siyosatiga qarshi turuvchi asosiy ma’naviy kuch sifatida namoyon bo‘ldi.
Download 23.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling